Organik perekis birikmalarining xosil bo’lishi.
Yonilg’ining detonatsiyaga qarshilik ko’rsatish qobiliyati oktan soni bilan baholanadi. Shu sababli dvigatelning detonatsiyali ishlashini kamaytirish uchun benzinni dvigatel konstruktsiyasiga tug’ri keladigan oktan sonli rusimini tanlab olish zarur(alangalanishi optimallashtirishni biroz kamaytirish, drosselni yopish, valning xarakat tezligini ko’paytirish natijasida ham detonatsiyani to’xtatish mumkin).
Benzinning oktan soni bir ŝilindrli dvigatelda ishlatilib ko’rilib, namunaviy (ètalon) yonilg’i bilan taqqoslanib ikki xil usulda aniqlanadi.
1) Motor usuli (qo’zg’almas) - GOST 511-66, dvigatel IT9-2
2) Tadqiqot (avtomobilda tekshirish)-GOST 8226-66,IT9-2
Ikkala usulda ham dvigatelda siqish darajasini o’zgartirish imkoniyati mavjud bo’lib, benzin va namunaviy yonilg’i ishlatilib ko’riladi va dvigatel detonatsiya bergandagi siqish darajasi bo’yicha solishtiriladi.
Yonilg’ining oktan soni deb, izooktan va geptandan sun’iy tayyorlangan, detonatsiya turg’unligi sinalayotgan yonilg’inikiga teng bo’lgan aralashmadagi foyzda beriladigan(hajm bo’yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.
Namunaviy yonilg’i sifatida ikkita uglevodorod aralashmasi olinadi.
1) Izooktan - S8N18 izomer tuzilishga èga bo’lgan parafin qatordagi uglevodorod bo’lib, detonatsiya bardoshligi 100 deb qabul qilingan.
CH3 CH3
C H2 CH CH2 CH CH3 uning struktura formulasi
CH3
2) Normal-geptan - C7H16 - parafin qatoridagi uglevodorod bo’lib, zanjirsimon normal tuzilishga èga, uning struktura formulasi quyidagicha:
Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detanatsiyaga bardoshligi 0 ga teng.
Oktan sonini ikki xil yo’l bilan oshirish mumkin:
1) Prisadkalar - ya’ni tarkibdagi uglevodorolarni o’zgartirish yuqori oktan sonli uglevodorod qo’shish yo’li bilan (izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar).
2) Detonatsiyaga qarshi birikmalar qo’shish yo’li bilan - ètil suyuqligi tarkibida (S2N4)4Rv qo’rg’oshin bo’lib, bu suyuqlik zaxarli bo’ladi. Ètil suyuqligi qo’shilgan benzin ètillangan deyiladi va ranglanadi.
Antidetonatorlarning ish mexanizmi qo’yidagicha yoziladi:
Rv(C2H5) ® Rv + C2H5; Rv+O2 ® RvO2
R-CH2-OOH+PbO2®COH +Pb + H2O +1/2 O2
(yuqori haroratda boradi)
Xozirgi zamon avtomobillari dvigatellarida ishlatiladigan va oktan soni katta bo’lgan benzinlar kreking va katalitik reforming yo’li bilan olingan benzinlarga oktan soni katta bo’lgan qo’shimchalarni va ètilli suyuqlikni aralashtirib olinadi, ètilli suyuqlik tarkibida tetraètilqo’rg’oshin bilan ètil bromid(bromètan) aralashmasi va boshqa moddalar bor. Buroq, ular juda zaxarli bo’lganligi tufayli, bunday antidetonatorli benzinning ishlatilishini cheklashni taqozo ètadi. Benzinga tetraètillqo’rg’oshi o’rniga izopentan va alkilbenzin(tabiiy gazdan olinadi) qo’shgan ma’qul, lekin izopentan 280S da qaynay boshlaydi, shu sababli uning benzindagi miqdori 15-20% dan oshirilmaydi. Alkilbenzin qaynash xarorati jihatidan avtomobil benzinlariga yaqin bo’lganligidan uning miqdorini cheklamasa ham bo’lardi, biroq u ancha qimmat turadi. Shunday qilib, yuqori sifatli, ètilsiz AI-93 markali yonilg’i olish uchun uning tarkibiy qismlari qatoriga yangi va murakkab texnologik jarayonlar natijasida hosil bo’lgan benzin kiritilishi va yonilg’iga alkilbenzin bilan izopentan qo’shilishi zarur.
Xozirgi kunda Tetraètilqo’rg’oshin(TÈS)ni o’rnini bosadigan suyuqlik topish ustida bosh qotirilmoqda. Marganets asosli birikmalarning, masalan, ŝiklopentadieniltrikarbonil MnC2H5 (qisqacha - ŜTM)ning istiqboli porloqdir. Bu moddaning zaxarli ta’siri TÈS nikiga nisbatan 50 baravar kamroq èkan. Garchi uning tannarxi yuqori bo’lsada, ŜTM li benzin ètillangan benzindan arzonga tushadi. TÈS odamni zaxarlashi bilan birga, dvigatelga xam zararli ta’sir ko’rsatadi. Ètillangan benzin qurumining 60-70% ini qo’rg’oshin birikmalari tashkil ètadi: detallarni bunday qurumdan tozalash juda qiyin. Qurum bosishi natijasida yonish kamerasining hajmi kichrayishi, termoizolyatsiya xossalari va yonish maxsullarining harorati ortishi talab qilinadigan oktan sonining 5-8 birlikka ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Buning ustiga, qo’rg’oshin o’t oldirish svechalari èlektrodlariga xam tarqalib, ularning o’rtacha yo’l bosish resursini 80 ming km dan 25-35 ming km ga kamaytiradi (shuning uchun xam o’t oldirish svechalarining o’rtacha resursi 40 ming km ga yaqin, ularni bundan kamroq yo’l bosilgandan keyin almashtirish tavsiya ètiladi).
Benzinga aralashgan oltingugurt dvigatel detallarining eyilishini tezlashtiradi, masalan, benzin tarkibidagi oltingugurt mikdori 0,003 dan 0,1% ga etsa, detallarning eyilishi 2,7 barvar, oltingugurt miqdori 0,2% ni tashkil ètganda èsa deyarli to’rt baravar ortadi, shuningdek, ularni qurum bosishi ham zo’rayadi, bu èsa benzindagi smolali moddalar miqdoriga bog’liq.
Davlat sifat belgisi qo’yilgan Ai-98 markali benzinda oltingugurt va smolali moddalar miqdori 0,05%ni, A-66 markali benzinda oltingugurt miqdori 0,15%ni, A-72 markali benzinda èsa 0,12% ni tashkil ètadi. Boshqa markali benzinlarning xammasida oltingugurt 0,1% dan oshmaydi.
9 rasm. Benzenni saqlash mobaynida smolali birikmalarning hosil bo’lishi.
1- to’la to’ldirilgan idish, 2- 50% to’ldirilgan idish.
Avtomobil benzinini tarkibida oksidlanishga moyil bo’lgan to’yinmagan uglevodorodlar ham bor. Shu sababli, benzin saqlab qo’yilganida va ishlatilayotganida smolali maxsullar xosil bo’lib, karbyuratorning ichki yuzasini va klapanlarni qora qurum bosadi. Benzin tarkibidagi xaqiqiy smola miqdori 0,1dan 1,0 g/l ga etsa, o’t oldirish shamlari qisqa tutashishi, porshen xalqalarini qurum bosishi, klapanlar (agar profilaktika tadbirlari ko’rilmagan bo’lsa) "salqib" qolishi mumkin. Oqibatda dvigatelning foydali ish koèfitsienti kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |