M u n d a r I j a



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
M u n d a r I j a

M U N D A R I J A:



Kirish. Nеft va uni qayta ishlash usullari



Karbyuratorli dvigatellar uchun yonilg’ilar

Dizel dvigatellari uchun yonilg’ilar

Gazli yonilg`ilar

Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari

Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar

Transmission moylar

Avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylari

Yurgazib yuborish suyuqliklari

Sovitish suyuqliklari

Tormoz va amartizator suyuqliklari

Neft maxsulotlari sarfini kamaytirish va tejash yo’llari




1-MAVZU: KIRISH. NЕFT VA UNI QAYTA ISHLASH USULLARI


O’quv rejasi:
1. Kirish. Fanning o`qitilish maqsad va vazifalari
2. Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti
3. Nеft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi
4. Yonilg`i va moylarning olinishi haqida tushuncha
5. Nеft maxsulotlarini tozalash


Kirish. Fanning maqsad va vazifasi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston avtomobilsozligiga asos solindi va u jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. “GM-Uzbekistan” qo’shma korxonasi O’zbekistonni jahondagi 27 ta rivojlangan avtomobil ishlab chiqariladigan mamlakatlar safiga kiritdi va iqtisodiyotimizning rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo’jaligini rivojlantirishda respublikamizni korxonalariga, tashkilotlariga va aholisiga ko’rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir. Тransport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan iborat. Avtomobillarning mustaxkamligi, ishonchliligi, samaradorligi, uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan materiallarning sifatiga bog’lik.
Avtomobil ekspluatatsiyasiga bo’lgan xarajatni 20-30% ni yonilg’i va moy maxsulotlariga bo’lgan harajatlar tashkil etadi. Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilganlishi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan, kelgusida neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori sifatli yonilg’i va moylar olish ko’zda tutiladi. Chunki, avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog’liq. Bundan tashqari energiya ressurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish xaqidagi fan - Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini o’qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi.
Hozirgi kunda Тransport vositalarida ishlatiladigan materiallar fani bo’yicha davlat tilida adabiyotlarning kamligi sababli, ushbu o’quv qullanma shu fandan birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan ma’ruzalar matni asosida tayyorlandi.
Ushbu fanni o´qitishdan maqsad talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan materiallar bo´yicha bilim va mahorat olishi, ularning olish usullarini, ishlatilish sohasini, vazifasini va markalarini o´rgatishdir. Mehnat-material va energetik resurslarni ekspluatasiya jarayonida tejashni transport vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini tejash, ularni hisobga olish va qayta ishlatish bo´yicha bilim berishdan iboratdir.
Oliy ta'lim Davlat standartiga asosan fanni bakalavr tayyorlashdagi vazifalari quyidagilardan iborat:

    • markaziy osiyo hududlarida olinadigan neft haqida tushuncha berishdan;

    • neft mahsulotlarini olish usullarini o´rganishdan;

    • transport vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan;

    • transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklarni xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan;

    • neft mahsulotlarini sarfini kamaytirish, ifloslanishini oldini olish, hisobga olish, ishlatilgan moylarni tozalashni o´rganishdan.

Maskur fanning o’rganish uchun iqtisodiy-siyosiy umumta'lim, umum tеxnikaviy va maxsus muhandislik fanlarini, jumladan matеriallar qarshiligi, nazariy mеxanika, chizma gеomеtriya, chizmachilik va mashina dеtallari, konstruktsion matеriallar tеxnologiyasi, o’zaro almashuvchanlik, strandartlash va tеxnikaviy o’lchashlar, avtomobillarni tеxnikaviy ishlatish va boshqa fanlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashtirish zarur bo’ladi.
Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish davrida ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun bo’lajak mutaxassislar avtomobillarning umumiy tuzulishini, agregat, uzel, mexanizmlar va tarmoqlarni tuzilishi, ishlash jarayonlari bilan tanishgan bo’lishi kerak. Zamonaviy avtomobillarga kiritilgan yangi konstruksiyalar va o’zgarishlarni bilishi, ularni ishlashi hamda ishdan chiqqan detallarini yangisi bilan almashtirish va ta’mirlash uchun ularning materiallari va qaysi yig’ma birlikda ishtirok etishini bilish kerak.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin