M u n d a r I j a



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
M u n d a r I j a

Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini onson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Krekinglash jarayoni 2 xil bo’ladi.
- ulevodorodlarning 2-7 Mpa bosim ostida va yuqori haroratda(470-5400S) parchalashga termik kreking deyiladi;
- ulevodorodlarning yuqori harorat(450-5000S), past bosim(0,06-0,14 Mpa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga Katalitik kreking deyiladi.
Katalitik krekingda yordamida og’ir neft maxsulotlari, gazoyildan tortib mazutgacha 8-15% miqdorida benzin olish mumkin:
Masalan,
C2nH4n+2 Þ CnH2n+2 + CnH2n
C16H34 Þ C8H18 + C8H16
geksadekan oktan okten

Termik kreking benzin tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to’g’ri xaydalgan benzindan farq qiladi, oktan soni 30-40% (68-70)ga yuqoriroq bo’ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi, chunki vaqt o’tishi bilan undagi to’yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi. Katalitik krekingda yuqori sifatli (oktan soni motor usulida 72-82) benzin olish imkoniyatini beradi. Katalitik krekingda parchalanish reaktsiyalari bilan birga izomerlanish reaktsiyalari, ya’ni normal tuzilgan zanjirli uglevodorodlarning tarmoqlangan uglevodorodlarga aylanish ham kamroq hosil bo’ladi. Shu afzalliklari uchun xozirgi vaqtda asosan katalitik krekingda foydalaniladi.


Benzin sifatini yaxshilash uchun Reforming usulidan foydalaniladi. Bu jarayon xam 2 xil yo’nalishda bo’ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Termik reformingda vodorod ishtirokida (4800S-5200S haroratda va 3Mpa bosim ostida) to’yinmagan uglevodorodlar to’yingan holga o’tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.
Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foydalaniladi. Bundan tashqari uglevodorodlarni aromatizatsiyalash ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Bunda to’yinmagan uglevodorodlar yoki ŝikloparafinlar aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Masalan, geptan va siklogeksanni benzolga aylanishi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin