YO N I L G’ I T U R L A R I
Benzin (karbyuratoril dvigatellar uchun) 0.09-1.15
Dizel yonilg’isi (tezyurar dizellar uchun) 1.20-1.60
Motor yonilg’isi (sekinyurar dizellar uchun) 1.50-1.70
Qattiq 1.50-2.00
Changsimon 1.10-1.20
Gazsimon (siqilgan,suyultirilgan gazlar) 1.05-1.15
Yonilg’ining qovushqoqligi qancha past bo’lsa, u havo bilan shuncha yaxshi aralashadi va havo kam bo’lganda ham yonilg’ining to’la yonishi ta’minlanadi.
Yonish issiqligi deb, yonilg’ining massa birligi -1kg suyuq yoki qattiq yonilg’i 1 m3 gazsimon yonilg’i to’la yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miq-doriga aytiladi. Xalqaro birliklar tizimi(SI)ga ko’ra barcha energiya miqdori joulda(J) o’lchanadi. Joul -1 nyuton(N) kuchni 1m yo’lda bajargan ishi. Joul uncha katta bo’lmagani uchun ko’pincha jouldan 1000 marta katta bo’lgan kilojouldan(kJ) foydalaniladi. Issiqlik kaloriyalarida(kal) va kilokaloriyalarda(kkal) o’lchanardi. 1 kal q 4.1868J; 1 kkal q 4.1868kJga teng.
Turli markadagi suyuq yonilg’ilar(dizel yonilg’isi, benzin) to’la yongada deyarli bir xil mikdorda issiqlik ajraladi. Uning foydali(yoki past) yonish issiqligi Qpastq10200¸10500 kkal/kg yoki 4250¸43800 kJ/kg ga teng. Dvigatelga yonilg’i èmas, balki yonilg’i va havodan iborat yonuvchi aralashma keladi. Yonuvchi aralashmada havo kam bo’lsa issiqlik ortadi, yonish uchun ko’proq havo berilganda èsa kamayadi.
Jadval 1
Yonilg’i va yonuvchi aralashmalarning yonish issiqligi.
Yonilg’i
|
Hisoblab topilgan havo miqdori, kg/kg
|
Yonilg’ining yonish
issiqligi
kJ/kg(kkal/kg)
|
Yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi,
kJ/kg(kkal/kg)
|
Avtomobil benzini
|
14.8
|
43961 (10500)
|
2780 (664)
|
Aviatsiya benzini
|
14.9
|
44380 (10600)
|
2788 (666)
|
Dizel yonilg’isi
|
14.4
|
42700 (1020)
|
2771 (662)
|
Ètil spirti
|
8.4
|
25958 (6200)
|
2763 (660)
|
Benzol
|
13.2
|
39356 (9400)
|
2771 (662)
|
Yonilg’i bug’larining havo bilan har qanday aralashmasi ham dvigatelda alangalanib yonavermaydi. Aralashmaning yuqori va past alangalanish chegaralari bo’ladi aralashmaning yuqori chegarasiga havoda yonilg’i bug’lari shuncha miqdorda bo’ladiki, aralashma bundan ham quyuqlashib ketganda u alangalanmaydigan bo’lib qoladi. Alangalanishning past chegarasida havoda yonilg’i bug’lari etarli bo’lmaydi, agar èndi aralash-ma bundan xam suyuqlashsa, u yonmaydigan bo’lib qoladi. aq0.45¸0.5 bo’lganda benzinning alangalanish chegarasi yuqori, aq1.35¸1.40 da past bo’ladi. Bosim va haroratni ko’tarilish bilan bu chegaralar bir oz kattalashadi.
Karbyuratorli dvigatellar uchun asosiy yonilg’i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.
Benzinlar oson bug’lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo’yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz mikdorda kislorod, azot va oltingugurt bo’ladi. Benzinlarning zinchligi 0,712-0,742 g/sm3, yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m3. Zichligi nisbatan katta va yonganda ko’p issiqlik ajralib chiqqanligi uchun yonilg’ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar ancha katta yurish yo’liga èga èkanligi (400 km va undan ortiq) bilan farq qiladi.
Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchligi va samarali ishlashi ko’p jixatdan tanlanadigan benzinning xossalariga bog’liq bo’ladi.
Benzin ko’yidagi èkspluatatsion talablariga javob berishi kerak.
1) karbyuratsion xossalari yuqori bo’lishi, ya’ni barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak;
2) yuqori detonatsion barqarorlikka èga bo’lishi, ya’ni har qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim;
3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo’lishi zarur;
4) baklarda, yonilg’i berish apparatlarida smolalar xamda dviga-telning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum xosil qilishi zarur;
5) uzoq saqlanganda ham xossalari o’zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka èga bo’lishi kerak;
6) rezervuar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish maxsullari èsa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |