M u n d a r I j a


Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,79 Mb.
#202303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
M u n d a r I j a

Avtomobil dvigatеllarining ishlash sharoiti
Neft hamda gaz er qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli-tuman g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida yotadi. Bosim, harorat va ichki o’zgarishlar ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin.
Tashqi ko’rinishiga ko’ra neft o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo’lib, turli tusdagi jigar rang ko’rinishga èga. Neftning zinchligi 770-920kg/m3, yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.
Neftda uglerod miqdori taxminan 83-86%, vodorod miqdori -12 -14%, oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3% dan bo’ladi. Massa bo’yicha uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil ètadi.
Tarkibidagi èlementlarning o’xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi. Bunga sa-bab, uglerod va vodorod atomlarining o’zaro turli shaklda birika olishidir.


Nеft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi
Neft maxsulotlari tarkibidagi barcha uglevodorodlarning kimyoviy strukturasi bo’yicha quyidagi 3 xil guruxga bo’linadi:
1. Parafin uglevodorodlar.
2. Naften uglevodorodlar.
3. Aromatik uglevodorodlar.
1. Parafin uglevodorodlar, kimyoviy formulasi: CnH2n-2
Parafin uglevodorodlar neftning tarkibida asosan past temperaturada qaynaydigan(engil) fraktsiyalarda ko’proq bo’ladi. Bu uglevrdorodlarning birinchi 4 ta vakili 00S xaroratga va 0,1 MPa bosim ostida gaz holatida bo’ladi. Bularga: metan CH4, ètan S2N6, propan S3N8, butan S4N10 kiradi. Parafin uglevodorodlarining beshinchi vakili pentan S5N12 dan S16N34 vakiligacha suyuq holatda va S17N36 dan boshlab qattiq holatda bo’ladilar.
Parafin uglevodorodlar kimeviy strukturasiga qarab ikki xil guruxga bo’linadi:
- normal-parafin uglevodorodlar:
- izomer-parafin uglevodorodlar.
Normal parafin uglevodorodlarda uglerodlar va vodorod o’zaro to’g’ri zanjir orqali bog’langan bo’ladi. Masalan, oktan S8N18 ning kimeviy strukturasini ko’ramiz:

Н Н Н Н Н Н Н Н



Н С С С С С С С С Н

Н Н Н Н Н Н Н Н

Benzin tarkibida normal-parafin uglevodorodlarning bo’lishi maqsadga muvofiq èmas, chunki shunday uglevodorod bo’lgan yonilg’i dvigatelda yomon yonadi. Normal-parafin uglevodorodlar yuqori harorat ta’siriga beqaror bo’lib, tez oksidlanadi va detonatsion(portlab) yonishi tufayli tezyurar dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanish qobiliyatini oshiradi. Normal-parafin uglevodorodlarning qotish harorati yuqori bo’lgani uchun ular ko’proq yozgi sort dizel yonilg’i va moylarida ishlatiladi.


Izomer-parafin uglevodorodlar normal-parafin uglevodorodlarning izomerlari hisoblanadi. Ular turli-tuman tarmoqlangan strukturalar hosil qiladi. Bitta oktanning kimyoviy formulasiga S8N18 izooktanlar deb ataluvchi 17 xil birikma javob beradi. Ularning tarkibidagi èlementlar bir xil bo’lsa ham, ular turli xil tuzilishga èga (molekulalarda atomlar turlicha joylashadi). Shuning uchun ham ularning kimyoviy va fizikaviy xossalari har xildir.
Masalan: 17 ta izooktandan biri 2,2,4-trimetilpentan deb ataluvchi birikma ko’yidagicha tuzilishiga èga:
Н Н

Н Н С Н Н Н С Н Н

Н С ­­ С С С С Н

Н Н С Н Н Н Н

Н
Izomer-parafin uglevodorodlar benzin tarkibida qancha ko’p bo’lsa, shuncha yonilg’i to’liq yonadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin