Birinchi mashg‘ulot uchun nima muhim? Bolalarga shuni ko‘rsatish kerakki,
sanash uchun o‘lchash mumkin va o‘lchash kerak, o‘lchamay turib, sanash mumkin emas.
Bu o‘rinda mashg‘ulotda har xil kattaliklarni (sochiluvchi va masofali) ko‘rsatish kerak.
Bolalarni o‘lchov hamda
―o‘lchash‖ atamasining o‘zi bilan, bir xil ma‘noli har xil
so‘zlarni, ya‘ni
―o‘lchashda‖, ―o‘lchab bo‘lishdi‖, ―o‘lchov‖ kabi so‘zlarni berish
orqali tanishtirish kerak.
Mashg‘ulotni stolda turgan qandaydir buyumlarni (masalan, kubchalarni)
sanashdan boshlash mumkin. Bolalar kubchalarni sanab chiqishadi
va natijaviy sonni
aytishadi: hammasi bo‘lib 8 ta kubcha. Shundan keyin tarbiyachi stolga don (bizning
mashg‘ulotda guruch) solingan kosani qo‘yadi. ―Bunda qancha guruch borligini qanday
bilish mumkin?‖ – deb so‘raydi tarbiyachi bolalarga murojaat qilib. Bolalar ―Qancha‖
savoliga javob berish uchun sanash kerakligiga odatlanib qolishgan. Shu sababli bunday
deyishadi: ―Sanash kerak‖ ―Qanday sanash kerak?‖ Ana shu erda sanash yo‘llari izlana
boshlanadi. Odatdagi usul bilan guruchni sanab chiqish deyarli mumkin emas: bittadan
sanab chiqish uzoq vaqt oladi.
Bolalar eng yaxshi hol ―tortish kerak‖, deb javob berishadi. ―To‘g‘ri‖, ammo bizda
tarozi yo‘q-ku, - deydi tarbiyachi. Uyda ham har doim tarozi bo‘lavermaydi, biz esa
shavla pishirishimiz kerak. Buning uchun bio‘ nima qilamiz?‖ Tarbiyachi bitta stakanni
olib, uni bolalarga ko‘rsatadi va so‘raydi. ―Bunda qancha guruch
borligini stakan bilan
bilish mumkinmi? Mana ko‘rsataman‖. Stakanni guruchga to‘ldiradi va bolalarning
e‘tiborini stakanning to‘laligiga qaratadi, shundan keyin guruchni bo‘sh kosaga soladi va
uni stol ustiga qo‘yadi. ―Bolalar, - deydi tarbiyachi, - biz sanoqdan adashib ketmasligimiz
uchun, siz o‘z patnislaringizga fishkalarni, men esa kubchalarni qo‘yaman. Kosaga nechta
stakan, guruch solsak, shuncha kubcha va shuncha fshka qo‘yamiz.
Shundan keyin
so‘raydi:
- Men necha stakan guruch soldim?
- Bir stakan.
- Mekn stolga nechta kubchani qo‘yishim kerak?
- Bitta
- Sizlar oldingizga nechta fishka qo‘yishingiz kerak?
- Bitta.
Mashg‘ulot boshidayoq qilingan bunday aniqlashtirishdan keyin,
tarbiyachi
bolalarning kosaga har qaysi ag‘darilgan stakan guruch uchun bittadan fishka qo‘yib
borishlarini kuzatib borishi kerak. Bu o‘rinda mashg‘ulotdagi asosiy moment –
o‘lchashni
Dostları ilə paylaş: