ya‘ni taxminan o‘lchaovning yarmida chiziq bilan belgilab qo‘yib.yu bunga bolalarning
e‘tiborini tortish kerak, vaqtidan oldin fio‘ka qo‘ymoqchi bo‘lgan shoshqaloqlarni
to‘xtatish kerak. Shundan keyin to‘g‘ri bajarish kerak. Shuningdek, o‘sha lentani
navbatdagi o‘lchashlardan birida o‘lchovdan ancha katta bo‘lakni belgilash kerak, bunda
yana bolalar e‘tiborini shunga qaratish va shundan keyin qanday qilib to‘g‘ri bajarishni
bolalar bilan aniqlab olish kerak. Natijada bolalarining stollarida bio‘ning o‘lchov lenta
uzunligiga necha marta butun joylashgan bo‘lsa, shunacha fishka (sizning stolingizda esa
shuncha kubcha) yotadi. Shundan keyin bolalar bilan lentaning
uzunligini topish uchun
nima qilganliklarini aniqlashtirish kerak. Biz o‘lchadik va bu lenta uzunligida mana
bunday karton tasmachalardan shuncha bor. Bolalarga boshqa o‘lchovlarni ham
ko‘rsating: qog‘oz tasma, faner tasmasi, qalam, o‘lchanayotgan lentadan ancha qisqa
lentacha. Bu buyumlar bilan lentani qanday o‘lchashni ko‘rsating.
Shundan keyin o‘z stolingiz chetiga (yaxshi ko‘rinib turadigan qilib) bolalar bilan
bugun o‘lchagan buyumlariningizning hammasini qo‘ying. Qo‘lingizga stakan va karton
tasmachani oling. Bu buyumlar o‘xshashmi, deb bolalardan so‘rang. Bolalar ularga qarab,
―yo‘q‖ deyishlari mumkin, bu tushunarli. – ―Shunday bo‘lsa ham, - deydi tarbiyachi, - bu
o‘xshashmas buyumlar nimasi bilandir o‘xshash. Nimasi bilan?‖ Agar bolalar javob
berishmasa, o‘zingiz javob bering: ―Biz ular bilan o‘lchadik. Biz piyola bilan ham, qalam
bilan ham, karton tasmacha bilan ham o‘lchadik. O‘lchadik, o‘lchab chiqdik‖. Gapirganda
so‘zning ildizi –
o‘lchashni ovoz bilan ajrating. Shundan keyin bolalarga ayting: ―Agar
men stakan haqida ham, piyola haqida ham, karton tasmacha haqida ham bular o‘lchovlar
desam, to‘g‘ri bo‘ladimi, siz nima deb o‘ylaysiz? To‘g‘ri, Bularning hammasi o‘lchov,
bio‘ guruchni stakan, piyola, taqsimcha, qoshiq bilan o‘lchadik. Bio‘ lentani karton tasma,
qog‘oz tasmachi, faner tasmasi, qalam bilan o‘lchadik‖.
Birinchi mashg‘ulotda bolalarga berishi kerak bo‘lgan
asosiy masalalar mana
shulardan iborat. Ularning mustaqil roli chegaralangan bo‘ladi.
Shunday hollar ham bo‘ladiki, donni yoki suvni birinchi marta o‘lchash bolalarda
qiyinchiliklar vujudga keltirishi mumkin. Stakan bilan o‘lchanab, boshqa idishga solingan
guruchni bolalar guruch uyumi (to‘plami) deb tasavvur qilishadi. Shuning uchun ular
―Bunda necha stakan guruch bor?‖ – degan savolga javob berishda qiynalishadi.
Birinchi mashg‘ulotning ushbu variantini taklif qilish mumkin. Tarbiyachi
tog‘arachadagi guruchni stakanlarga soladi. Natijada bolalar oldida stolda guruch bilan
to‘ldirilgan va bo‘shab qolgan tog‘aracha bilan bir qatorda stakan paydo bo‘aldi.
Bu holda o‘lchash natijalarini fishka bilan belgilamaslik kerak, chunki bu holda
sanoqdan adashib ketish qiyin, bolalar to‘g‘ridan –to‘g‘ri guruchli stakanlarni sanaydilar.
Bu xil o‘lchash ko‘rsatilganidan keyin, biz yuqorida aytganimizdek, shartli o‘lchov – bitta
stakan bilan bo‘lmasligi kerak. Yana bitta eslatma. Bolalar o‘lchovning qanday to‘la
bo‘lishini ko‘rishlari va mashg‘ulotda yanglishib qolmasligi uchun (bunda guruchni oltita
stakanga
solib emas, balki bitta stakanga solib o‘lchanish holi nazarda tutilmoqda)
tarbiyachi ikkita stakan oladi. Guruch bilan to‘ldirilgan bitta stakan etalon uchun olinadi
va butun o‘lchash davomida stolda turadi.
Biz o‘lchashga oid birinchi mashg‘ulot haqida gapirib, dasturning miqdor va sanoq,
shakl, fazo va vaqt bo‘limlariga oid masalalar haqida to‘xtalmadik. Bu dastur
masalalalrining bittasi yoki bir nechtasi mazkur mashg‘ulot mazmuniga kiradimi?
O‘lchashga bag‘ishlangan birinichi va ikkinchi mashg‘ulotga dasturning boshqa
masalalarini kiritmaslikni maslahat bermoqchimiz. Bolalarning e‘tiborlarini tevarak –
atrofning miqdori tomonni bilishning yangi usulini –o‘lchashni o‘rganishga qarating.
Baholanki, bu o‘rinda mashg‘ulotning tuzilishi haqida, bu jarayonninng
mufassalligiga
berilmagan holda, ya‘ni biz bitta mashg‘ulotga oladigan dastur
masalalarning miqdori haqida, ularning kombinasiyalari haqida, har bir mashg‘ulotga
o‘yinni kiritish majburiy yoki majburiy emasligi haqida to‘xtalmay turib so‘zlash o‘rinli.
Gap boshqa haqla, ya‘ni har qanday matematik mashg‘ulot shunday tuzilmog‘i kerakki,
unda pedagog stoli yonida ishlash, topshiriqni tushuntirish, tarbiyachining ko‘sratishlari
bilan bir qatorda, albatta
bolalarning mustaqil ishlashi, o‘z stolida tarqatma materiallar
bilan ishlash haqida bormoqla. Bu ikki qismning (ya‘ni tarbiyachining tushuntirishi va
bolalarning mustaqil ishlari) solishtirma salmog‘i har qaysi darsda har xil bo‘ladi.
Chunonchi, yuqorida tavsiflangan o‘lchashga doir birinchi mashg‘ulotda asosan
tarbiyachi ishladi, bolalar uning o‘lchash natijalarini fishkalar bilan qayd qilib bordilar.
Bu hol o‘zini oqladi. Ikkinchi mashg‘ulotda biz eslatib o‘tgan qismlarning solishtirma
salmog‘i keskin o‘zgaradi. Endi asosan bajarib, ishlaydilar. Tarbiyachi ularning ishlarini
nazorat qilib, so‘z bilan, ko‘rsatish bilan yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: