qancha guruch bo‘lsa, shuncha guruch borligiga, shuning uchun fishkani uydagi guruch
ikkinchi kosaga to‘kib bo‘linganidan keyingina qo‘yilishi kerakligiga qaratadi.
Navbatdagi, ya‘ni uchinchi stakanga tarbiyachi ataylab, yarmidan oshiribroq guruch
soladi, uni
kosaga yaqinlashtiradi, shu vatqtgacha stakanlar guruchga to‘ldirilib, kosaga
to‘kilgan edi, bolalar o‘lchash natijasini belgilash uchun fishkaga cho‘zilganlarini ko‘radi.
Shu vaqtda tarbiyachi bolalar e‘tiborini stakanning to‘la emasligiga
qaratadi,
oldingi
stakanlarning to‘laligi qanday bo‘lganligini ko‘rsatadi, tushuntiradi, bolalarga shu
mashg‘ulotda belgilangan o‘lchov bo‘yicha stakanni guruch bilan to‘ldirishni taklif qiladi,
shunga amal iqlish majburiyligini ta‘kidlaydi, shundan keyingina
bolalarga guruchni
to‘kish va navbatdagi fishkani qo‘yishga ruxsat beriladi. To‘rtinchi stakanni to‘g‘ri
to‘ldirish, beshinchi stakanni iloji boricha uyub to‘ldirish kerakki, undagi guruch
oldingilaridan ko‘proq bo‘lsin. Shundan keyin siz bolalarning qancha to‘la bo‘lsa,
shuncha yaxshi, kam bo‘lgandagina noto‘g‘ri, deb hisoblab, yana fishkaga vaqtidan oldin
intilayotganlarini ko‘rasiz. Bolalar e‘tiborini yana oldingi stakanlarning qanday
bo‘lganligiga qaratish, ularga guruch ko‘p bo‘lganini, ammo bundagidan kam bo‘lganiga,
guruch ko‘p bo‘lganini, ammo bundagidan kam bo‘lganiga, guruch miqdori bir xil, ya‘ni
baravardan bo‘lgan stakanlaringina sanash kerakligiga qaratish kerak.
Shundan keyin
ortiqcha guruchni to‘king va aytganingizdek qiling, so‘ngra oldin to‘rt stakan guruch
solingan tog‘arachaga soling, shundan keyingina bolalar fishkani qo‘yishlari kerak.
Oxirgi stakanni tog‘aragacha ag‘darayotganda tarbiyachi bolalar e‘tiborini yana
stakanning to‘laligiga qaratadi, oldingi to‘kilgan stakanning to‘laligiga qaratadi, oldingi
to‘kilgan stakanlardagi guruchlar shunday to‘la bo‘lganinieslatadi (o‘lchash uchun 6-8
stakan guruch olish maqsadga muvofiq. Ba‘zi tarbiyachilar bolalarni 10
gacha sanash
bo‘yicha ko‘proq mashq qildirish maqsadida 16 stakan olishni yaxshi ko‘radilar, 6-8
stakan guruch olinganda bolalar uzoq o‘lchashlar va qayta sanashlar bilan charchab
qolmaydilar, biz aytgan momentlarning hammasini ko‘rsatishga ulgurish mumkin bo‘ladi.
Shundan keyin bolalar fishkalarni sanab chiqadilar va bizda qancha guruch bo‘lganini
aytishadi.
Bu mashg‘ulot uchun guruch solingan va solinadigan idishlar shaffof bo‘lgani
yaxshi, shunda bolalar bir idishda guruch kamayib, ikkinchisida ko‘payib borayotganini
ayoniy ko‘rib turadilar, ya‘ni shunday qilinganda bolalar butun o‘lchash
texnologiyasining guvohi bo‘ladilar. Shu mashg‘ulot uchun
ham shaffof stakanlar olish
ma‘quldir.
Endi, hamma guruch o‘lchanib, bolalar hamma stakanlar sonini aytganlaridan
keyin, tarbiyachi istalgan natijaga bolalar qanday susul bilan erishganlarini aytishi kerak.
Shu sababli tarbiyachi: ―Bolalar biz sizlar bilan nimalar qildik‖ – deb so‘raydi.
- Biz sanadik.
- To‘g‘ri. Sanash uchun esa biz nimalar qildik?
- Biz stakanlarga guruch soldik va uni to‘kdik.
- Biz sizlar bilan guruchni o‘lchadik. Biz o‘lchadik va tog‘arachamizda qancha
guruch borligini bildik.
Endi guruch faqat stakanlar bilan o‘lchanmasligini [bolalar don (yorma)
faqat
stakanlarda o‘lchanadi, degan noto‘g‘ri tasavvur shakllanib qolmasligi uchun] ko‘rsatish
payti keldi. Bolalarga piyolani ko‘srating va ―Guruchni piyola bilan o‘lchash
mumkinmi?‖ – deb so‘rang. Bolalar javoblariga bog‘liqmas holda o‘lchash mumkinligini
ko‘rsating, buning uchun tog‘arachadagi guruchdan ikkita piyolani to‘ldirib, ikkinchi
tog‘arachaga ag‘daring.
Dostları ilə paylaş: