M u n darij a


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

 
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Turli yoshdagi bolalarda geometric figuralarni farqlash va nomini aytishga 
o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasini tuzish. 
 Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. Sh.Abdullaeva "Ilk yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi" -Toshkent 
O'qituvchi - 1983 y. 
2. N.U.Bikboeva Z.Ibrohimova, H.I.Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
matematik tasavvilrlarni shakllantirish" Toshkent –O‘qituvchi 1995yil 
3. Maktabgacha ta'limjurnali. 
4. Maktab va hayot jurnali. 
 


 
13-mavzu: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga bolalarni fazoviy tasavvurlarini shakllantirish 
yuzasidan tushuncha hosil qilish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Fazo, maktabgacha ta‘lim, o‘ng chab, oldi – orqaga, 
baland – past
Reja: 
1. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni 
2. Kichik yoshli bolalarda fazoni his etish hususiyatlari 
3. Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni. 
Insonning fazoda mo‘ljal olish muammosi keng va ko‘p qirrali. Fazoda farqlash va 
fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan, 
obektlarning shakli, o‘lchami, fazoviy yo‘nalishlari, fazoda joylashgan o‘rni, hajmi, 
bo‘yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. 
Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar fazoviy idrok tasavvur qilishdir. 
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish ―fazoviy idrok va 
tasavvurlarning seminar ifodas‖dir. Fazoda mo‘ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va 
aytib o‘tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda diqqat, xotira, 
tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham ―fazoda mzljal olish‖ 
tushunchasining mazmunini aniqlashda ba‘zi mualliflar u atrof tevarakdagi buyumlarning 
holatlari, o‘zaro masofalari, kattaliklari shakllari, o‘zaro joylashuvlari va ularning mo‘ljal 
olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o‘z ichiga oladi, deb hisolaydilar. 
Birmuncha torroq ma‘noda fazoda mo‘ljal olish‖ ifodasi joyda mo‘ljal olish 
deyignada, quyidagilar tushuniladi: a) ―Turish nutqasi‖ni, ya‘ni subektning uni o‘rab 
olgan obektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o‘ng tomonda 
turibman va h.k. b) atrofdagi obektlarni fazoda mo‘ljal olayotgan odamga nisbatan 
yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o‘ngda turibdi, eshik esa mendan chap tomonda; 
v) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini, boshqacha aytganda, ular 
orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash. 
Faol harakat qilish fazoda mo‘ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson 
fazoda ―joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o‘tishini 
amalga oshirish uchun‖ fazoda mo‘ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo‘ljal olish amalda har 
doim quyidagi uchta topshiriqqa bog‘liq harakat (yo‘nalishi) ni tanlash; shunga rioya
(amal) qilish (yo‘nalishni saqlash); harakat qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan 
harakatlarning o‘zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo‘ljal olganligi muhim komponentlar 
va shu bilan birga. Insonning fazoda mo‘ljal olishini egallashning ko‘rsatkichi ekanligi 
ko‘rinadi. 


Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubitining asosiy 
yo‘nalishlarini qaraymiz. 
Bolalar bog‘chasida tarbiya va tahlim dasturi‖ning ―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘limi 
ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar 
tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadga muvofiq ishni, bizning fikrimizcha, ilk 
yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda tevarak –atrofda 9uy 
sharoiti, guruh ―onasida, buyumlarning, o‘yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda 
katta qiziqini qiziqish bilan seminar orientir (mo‘ljal) olish bo‘yicha har xil tajriba 
to‘plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi, 
uxlash 
xonasi, 
yuviniladigan 
xona, 
hojatxona), 
buyumlarning, 
narsalarning, 
o‘yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo‘yicha erkin mo‘ljal olishga o‘rgatishi kerak. 
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki uning 
qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba‘zi 
o‘zgarishlarni hech bir qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish 
chegaralangan fazoda harakat qilish yo‘li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib 
topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi. 
Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining ikkinchi yilidanoq 
nutqlarida ham aks eta boshlaydi (―Mana‖, ―bu erda‖, ―u erda‖, ―bunda‖). Buning ustiga 
so‘zlar harakat yo‘nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko‘rsatuvchi imo – ishoralar bilan 
kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar ―o‘ziga‖, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal (orientir) 
olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo‘g‘irchoqning ko‘zlari, 
og‘zi, biqini, qo‘lchalari qaerdaligini mamnuniyat bilan ko‘rsatadilar. Uch yoshga qadam 
qo‘ygan bolalar, masalan, o‘zlarining chap va o‘ng qo‘llaini farqlay boshlaydilar. Bunda 
katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan 
iborat. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin