nima hosil bo‘lganini, ya‘ni u yoki bu guruhga qancha va qanday figuralar kirganini
gapirib berishlari shart.
Bolalarga u yoki bu figurani tavsifi bo‘yicha topishni yoki ―Paypaslab bil‖ kabi
o‘yinlarda figurani mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin.
Mashg‘ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi. Masalan,
―Har qaysi figurani o‘z o‘rniga qo‘y‖ o‘yini geometrik figuralarning bir qator alomatlarga
ko‘ra o‘zgarishini,
jumladan, proporsiyalar bo‘yicha, kattaliklari bo‘yicha o‘zgarishini
ko‘rsatish imkonini beradi.
Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash
asosida aniqlashni o‘rgatishga katta ahamiyat beriladi.
O‘yin va mashqlar uchun o‘yinchoq qushcha, matryoshka va boshqa narsalar
tanlanadi.
Buyum
shaklini
baholab,
bolalar
uning
biror
geometrik
obrazga
o‘xshashliklarinigina emas, balki undan farqlarini topishlari ham muhimdir. Tajriba
bolalarga bu juda qiynnlik qilishini ko‘rsatmoqda.
Buyumlarning o‘zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni
tanlaydilar. Ular oddin geometrik obraz bo‘yicha, keyinroq esa og‘zaki ishlaydilar.
- To‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarining kattaliklari haqida nima deyish mumkin?
Qanday tekshirish mumkin?
Har xil usullardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi:
figurani teng ikki buklab,
oldin qarama – qarshi tomonlarni, so‘ngra burchaklarni (burchakni burchak bilan) ustma
– ust tushurish mumkin, tomonlarni qog‘oz poloska bilan o‘lchash ham mumkin.
Oxirida tarbiyachi so‘rasdi: ―Kvadrat nimasi bilan to‘g‘ri to‘rtburchakka
o‘xshaydi?‖.
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashga
o‘rgatishda bu figuralar har xil o‘lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda
tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog‘oz, karton, faner, plastilindan
tayyorlangan figuralar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida bolalar, ular
netasalar ham,
istamasalar ham, hajmli geometrik figuralar (shar, kub, silindr) bilan
uchrashadilar. Tarbiyachi bolalar bu figuralarni yaxshilab o‘zlashtirishlariga yordam
berishi mumkin. Ushbu o‘yinlar o‘tkaziladi: ―Xaltachadagi nima?‖, ―Top va jim tur‖,
―Xonamizdan sharga o‘xshagan predmetlarni top‖, ―Kim dumaloq jismlarni ko‘p
aytadi?‖, Bolalar ―Geometrik loto‖, ―Yettitasi qatorasiga‖ va boshqa stol ustida
o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘ynashadi. Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi bo‘yicha yaqin
figuralarni ham (oval – doira), hajmli va yassi shakldagi figuralarni ham (oval – doira),
hajmli va yassi shakldagi figuralarni ham (shar – doira, kub – kvadrat)
farq qila olish
malakalari takomillashtiriladi, shakl bo‘yicha orientir olish tezligi hosil qilinadi, atrof –
borliqdagi shakllar ko‘p xilligigiga nisbatan bolalarning qiziqishlari rivojlantiriladi.