M u n darij a


Mustaqil ish topshiriqlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattaliklar bilan tanishtirish bo‘yicha ma‘lumot 
to‘plash. 
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. T.1997. Uzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish — T., «Uqituvchi» 1995. 
3. Bikbaeva N.U. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish» T., 1996 y.
 
 


 
12-mavzu: Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga bolalarda predmetlarning shakli haqida bilimlar 
berish 
Tayanch so‘zlar va iboralar: mashg‘ulot geometric figura, buyumlar, tasavvur, 
taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash. 
Reja: 
1. Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning shakli va 
geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari. 
2. Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha 
yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati. 
3. Har xil yosh guruhlarida bolalarni buyumlarning shakllari va geometrik figuralar 
bilan tanishtirish 
Katta guruh. 
Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va 
shakllarni tekshirish ko‘nikmasi takomillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarning 
geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o‘rta guruh 
materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlardan doira. Uchburchak, 
kvadrat shaklini topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tegi, stol ustining sirti
fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday geometrik figurapni, eslatadi, deb 
so‘raydi. Tarbiyachi ―Loto‖ tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har 
biriga 3-4 tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan figuraga 
o‘xshash figurani izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi va gapirib 
beradi. 
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik figuralardan har xil naqshlar, o‘zlariga 
tanish buyumlar uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, kvadratlar va 
chburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzidilar. 
Katta guruhda bolalar yangi tushuncha –―kvadrat‖ bilan tanishtiriladi. Bunda 
tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalaniladi. 
Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi. 
Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga 
qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu figuralar nimasi bilan 
o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e‘tiborini har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha 
burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi 
borligini eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan 
figurani uchburchak deyiladi, agar figurada 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtbuchak deb atash 
mumkin. O‘zlarida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak borligini so‘raydi. 
Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak –kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak 


oladilar; ikkala figurani taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq 
qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uun 
ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklar chizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng 
to‘rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng 
to‘rtburchak chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak 
shaklidagi buyuchlarni topish va aytishni;№ 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng 
kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi. 
Bolalar geometrik figuralarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik 
darajasi har xil bo‘lgan, masalan, ―Tavsifi bo‘yicha top‖, ―Har qaysi figurani o‘z joyiga 
qo‘y‖, ―Shakli bo‘yicha tanla‖ kabi didaktik o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. 
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot 
ajratiladi. Ularning Mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchak bilan kvadratni va 
nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi. 
Mashg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotning birinchi qismida 
geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning ikkinchi 
qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil 
mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini 
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi. 
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar bilan 
bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma- ket savollar 
qo‘yadi, bolalarning e‘tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o‘xshashlik va 
farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini 
aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni 
yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani eslatishini so‘raydi. Bunda 
tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan 
hosil bo‘lganini ta‘kidlaydi, bolalardan figurani stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni 
yuritib chiqishni taklif qiladi. 
Oval doiradan imasi bilan farq qilishini ko‘rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira 
ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasini topishni va 
unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga – yuqoriga, chapga, o‘ngga bir xil 
kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi. Oval bilan ham xuddi 
shunday ish bajariladi. Boloalar odatda doira bor xil, oval esa uzoqroq, cho‘ziqroq 
kengayishini ta‘kidlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishadi. 
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma –ket 
savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi. 
Bu boradagi suhbat quyidagicha o‘tkazilishi mumkin. 
Tarbiyachi: Bu figuralar nima deb ataladi? 
Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak. 


Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan 
o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan barmoq 
yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (bolalar kvadratning tomonlari va burchaklarini 
topishadi va ko‘rsatishadi). 
Tarbiyachi: To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri 
to‘rtburchakda nechtada tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab 
chiqish o‘arurligi aniqlanadi). 
- Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar soni tengmi? 
- Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqida nima 
deyish mumkin? 
- Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish 
mumkin. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin