12-mavzu: Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarini
shakllantirish
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga bolalarda predmetlarning shakli haqida bilimlar
berish
Tayanch so‘zlar va iboralar: mashg‘ulot geometric figura, buyumlar, tasavvur,
taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash.
Reja:
1. Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning shakli va
geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
2. Buyumlarning shakli va geometrik figuralar haqidagi bilimlarning maktabgacha
yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
3. Har xil yosh guruhlarida bolalarni buyumlarning shakllari va geometrik figuralar
bilan tanishtirish
Katta guruh.
Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va
shakllarni tekshirish ko‘nikmasi takomillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarning
geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o‘rta guruh
materialini takrorlagandan keyin, ularga
atrofdagi buyumlardan doira. Uchburchak,
kvadrat shaklini topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tegi,
stol ustining sirti,
fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday geometrik figurapni, eslatadi, deb
so‘raydi. Tarbiyachi ―Loto‖ tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har
biriga 3-4 tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan figuraga
o‘xshash figurani izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi va gapirib
beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik figuralardan har xil naqshlar, o‘zlariga
tanish buyumlar uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, kvadratlar va
chburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzidilar.
Katta guruhda bolalar
yangi tushuncha –―kvadrat‖ bilan tanishtiriladi.
Bunda
tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalaniladi.
Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi.
Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga
qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu figuralar nimasi bilan
o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e‘tiborini har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha
burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi
borligini eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan
figurani uchburchak deyiladi, agar figurada 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtbuchak deb atash
mumkin. O‘zlarida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak borligini so‘raydi.
Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak –kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak
oladilar; ikkala figurani taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq
qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uun
ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklar chizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng
to‘rtburchak chizishni va ular
nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng
to‘rtburchak chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak
shaklidagi buyuchlarni topish va aytishni;№ 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng
kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik figuralarning shakllarini bilganliklari
uchun ular bilan qiyinlik
darajasi har xil bo‘lgan, masalan, ―Tavsifi bo‘yicha top‖, ―Har qaysi figurani o‘z joyiga
qo‘y‖, ―Shakli bo‘yicha tanla‖ kabi didaktik o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot
ajratiladi. Ularning Mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchak bilan kvadratni va
nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotning birinchi qismida
geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning ikkinchi
qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil
mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga
buyumlarning shaklini
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar bilan
bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma- ket savollar
qo‘yadi, bolalarning e‘tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o‘xshashlik va
farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini
aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda
tarbiyachi ovaldan barmoqni
yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani eslatishini so‘raydi. Bunda
tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan
hosil bo‘lganini ta‘kidlaydi, bolalardan figurani stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni
yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan imasi bilan farq qilishini ko‘rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira
ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasini topishni va
unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga – yuqoriga, chapga, o‘ngga
bir xil
kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi. Oval bilan ham xuddi
shunday ish bajariladi. Boloalar odatda doira bor xil, oval esa uzoqroq, cho‘ziqroq
kengayishini ta‘kidlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma –ket
savollar beradi; o‘xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam beradi.
Bu boradagi suhbat quyidagicha o‘tkazilishi mumkin.
Tarbiyachi: Bu figuralar nima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan
o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan barmoq
yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (bolalar kvadratning
tomonlari va burchaklarini
topishadi va ko‘rsatishadi).
Tarbiyachi: To‘g‘ri to‘rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to‘g‘ri
to‘rtburchakda nechtada tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab
chiqish o‘arurligi aniqlanadi).
- Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakda burchaklar soni tengmi?
- Kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqida nima
deyish mumkin?
- Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: