13-mavzu: Bolalarda fazoviy tasavvurlarini shakllantirish
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga bolalarni fazoviy tasavvurlarini shakllantirish
yuzasidan tushuncha hosil qilish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Fazo, maktabgacha ta‘lim, o‘ng chab, oldi – orqaga,
baland – past
Reja:
1. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
2. Kichik yoshli bolalarda fazoni his etish hususiyatlari
3. Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.
Insonning fazoda mo‘ljal olish muammosi keng va ko‘p qirrali. Fazoda farqlash va
fazoni
idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy munosabatlarni, masalan,
obektlarning shakli, o‘lchami, fazoviy yo‘nalishlari, fazoda joylashgan o‘rni, hajmi,
bo‘yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir.
Ularni idrok qilish va ular haqidagi tasavvurlar fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo‘yicha, fazoda mo‘ljal olish ―fazoviy idrok va
tasavvurlarning seminar ifodas‖dir. Fazoda mo‘ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va
aytib o‘tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi.
Bunda diqqat, xotira,
tafakkurning qatnashishi majburiydir. Mana shuning uchun ham ―fazoda mzljal olish‖
tushunchasining mazmunini aniqlashda ba‘zi mualliflar u atrof tevarakdagi buyumlarning
holatlari, o‘zaro masofalari, kattaliklari shakllari, o‘zaro joylashuvlari va ularning mo‘ljal
olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini o‘z ichiga oladi, deb hisolaydilar.
Birmuncha torroq ma‘noda fazoda mo‘ljal olish‖ ifodasi joyda mo‘ljal olish
deyignada, quyidagilar tushuniladi: a) ―Turish nutqasi‖ni, ya‘ni subektning uni o‘rab
olgan obektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o‘ng
tomonda
turibman va h.k. b) atrofdagi obektlarni fazoda mo‘ljal olayotgan odamga nisbatan
yakkalashtirish. Masalan, javon mendan o‘ngda turibdi, eshik esa mendan chap tomonda;
v) buyumlarning bir – biriga nisbatan fazoda joylashuvlarini,
boshqacha aytganda, ular
orasidagi fazoviy munosabatlarni aniqlash.
Faol harakat qilish fazoda mo‘ljal olishning zarur komponentidir, chunki inson
fazoda ―joyning bir nutqiasidan ikkinchi nuqtasiga harakat qilib, muvaffaqiyatli o‘tishini
amalga oshirish uchun‖ fazoda mo‘ljal oladi. Shu sababli, fazoda mo‘ljal olish amalda har
doim quyidagi uchta topshiriqqa bog‘liq harakat (yo‘nalishi)
ni tanlash; shunga rioya
(amal) qilish (yo‘nalishni saqlash); harakat qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan
harakatlarning o‘zaro muvofiqligi va aniq fazoviy mo‘ljal olganligi muhim komponentlar
va shu bilan birga. Insonning fazoda mo‘ljal olishini egallashning ko‘rsatkichi ekanligi
ko‘rinadi.
Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni
va uslubitining asosiy
yo‘nalishlarini qaraymiz.
Bolalar bog‘chasida tarbiya va tahlim dasturi‖ning ―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘limi
ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok va elementar
tasavvurlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadga muvofiq ishni,
bizning fikrimizcha, ilk
yoshdayoq boshlash kerak. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda tevarak –atrofda 9uy
sharoiti, guruh ―onasida, buyumlarning, o‘yinchoqlarning odatdagi joylashuvlarida) juda
katta qiziqini qiziqish bilan seminar orientir (mo‘ljal) olish bo‘yicha har xil tajriba
to‘plash davridir. Shuning uchun ham katta odam bolani xonalarning (guruh xonasi,
uxlash
xonasi,
yuviniladigan
xona,
hojatxona),
buyumlarning,
narsalarning,
o‘yinchoqlarning fazoviy joylashuvlari bo‘yicha erkin mo‘ljal olishga o‘rgatishi kerak.
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona
yoki uning
qismini) ancha aniq tasavvur qila boshlaydilar, tanish buyumlarning joylashuvidagi ba‘zi
o‘zgarishlarni hech bir qiynalmay payqay oladilar. Ikki yoshligidanoq bolalarda tanish
chegaralangan fazoda harakat qilish yo‘li haqida dastlabki elementar tasavvurlar tarkib
topa boshlaydi, bu tasavvurlar hayot faoliyatida takomillashadi.
Bolalarning dastlabki fazoviy tasavvurlari ular hayotining
ikkinchi yilidanoq
nutqlarida ham aks eta boshlaydi (―Mana‖, ―bu erda‖, ―u erda‖, ―bunda‖). Buning ustiga
so‘zlar harakat yo‘nalishini yoki qiziqtiruvchi buyumni ko‘rsatuvchi imo – ishoralar bilan
kuzatiladi. Ana shu yoshda bolalar ―o‘ziga‖, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal (orientir)
olishni egallay boshlaydilar. Kattalarning takliflariga binoan, qo‘g‘irchoqning ko‘zlari,
og‘zi, biqini, qo‘lchalari qaerdaligini mamnuniyat bilan ko‘rsatadilar. Uch yoshga qadam
qo‘ygan bolalar, masalan, o‘zlarining chap va o‘ng qo‘llaini farqlay boshlaydilar. Bunda
katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam berishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: