M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

O‘rta guruh 
―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘yicha ishlash bir necha yo‘nalishda o‘tkaziladi. Eng 
oldin seminar tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustaqil bo‘lib 
qolishadi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyni bilishadi, o‘rnatilgan tartibga amal qilishadi. 
O‘rta guruhda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga o‘rgatiladi, o‘quv 
yilining ikkin iyarmidan boshlab esa, materialni mashg‘ulotga tayyorlash o‘rgatiladi. 
Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, o‘quv ashyolarining fazoviy 
joylashuvlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bolalar endi binoda va bolalar bog‘chasi 
uchastkasida erkinroq mo‘ljal oladilar. Masalan, boshqa guruhlar, musiqa zali, vrach 
xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi 
atrofni o‘rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo‘ljal olishdan darak beradi. Pedagogik 
ishning ushbu yo‘nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik 
muloqotlarda, ya‘ni o‘qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilishadi. 
O‘rta guruhda o‘quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa 
masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni 
kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma‘lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni 
o‘yinlarda, dasturning boshqa bo‘limlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda har xil hayotiy 
situasiyalarda qo‘llashga o‘rgatadi. ―Bolalar bog‘chasida ta‘lim tarbiya dasturi‖ning 
―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘limiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga o‘ziga nisbatan 


yo‘nalishni aniqlashni, berilgan yo‘nalishda harakat qilishni (oldiga – orqaga, yuqoriga – 
pastga, o‘ngga -chapga), o‘ziga nisbatan buyumlarning holatini so‘zlar bilan tushuntiradi. 
Ammo oldin bolaga nsibatan qarama- qarshi yo‘nalishda turgan, ya‘ni oldida 
orqasida, o‘ngda – chapda turgan 1-2 ta o‘yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga 
dir topshiriq beriladi. O‘yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta –sekin 4 taga 
yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning 
yoniga) joylashtirish ma‘qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. 
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bola xonaning ma‘lum bir joyiga turadi va o‘z 
oldida chapida va o‘ngida qanday buyumlar turganini aytadi. shundan keyin tarbiyachi 
boladan o‘ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo‘nalishda 
turganligini aytishni so‘raydi.
Fazoda (―Top-chi, bunda nima bor?‖, ―Biling –chi, nima o‘zgaribdi?‖ tipidagi) 
mo‘ljal olishga doir mashqlar o‘yin xarakteriga ega bo‘lishi kerak. 
Bolalarda berilgan yo‘nalishda harakat qilish malakaisni tarbiyalash maqsadida 
―Qayerga borsang, shuni topasan2, ―Buyumni top‖, ―Bayroqchani top‖ kabi didaktik 
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bolalar o‘yin topshiriqlarni bajarishda asosiy fazoviy 
yo‘nalishlarni farqlashni va ularni belgilashni, mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi 
bolalar yo‘qligida o‘yinchoqlarni xonaning har xil joyiga (rasm orqasiga, gilam ostiga, 
shkafga va h.qga) berkitadi. O‘yin boshlanishidan oldin, u bolalarga berkitilgan 
o‘yinchoqlarni qidirishlarini aytadi. shundan keyin, u bolalarni navbati bilan stol yoniga 
chaqiradi, o‘yinchoqni qaysi yo‘nalishda qidirish kerakligini aytadi. Izlanishni 
boshlashdan oldin bola qanday o‘yinchoq va qaysi yo‘nalishni takrorlashi kerakligiga 
alohida e‘tibor beriladi. 
Ishning mazmuni aniq va ixcham ifodalangan. Uni sharhlaymiz. Besh yoshga 
qadam qo‘ygan bolalar fazoviy yo‘nalishlarni farqlashlarigina emas, balki unga amal 
qilishlari ham kerak. ―Dastur...ja‖ bolalarni berilgan yo‘nalishda harakat qilishga 
o‘rgatish kerakligi ta‘kidlanadi. Shunday qilib, bilimlar bolalar tajribasida akslanishi, 
asosiy yo‘nalishlarni hisobga olgan olda mo‘ljal olish malkalarida sezilishi kerak. Bu 
yangi masala. Mana shuning uchun ham o‘quv –o‘yin topshiriqlarining bajarilish sur‘ati 
dastlab sustroq bo‘ladi. Axir bola berilgan yo‘nalishni aniqlashdan oldin, ikki taklifdan 
birini tanlab olishi uchun (―Qayerga borasan? nima topasan?‖ deb ataluvchi mashhur 
o‘yin namunasida) oldin o‘ylab olishi kerakda. 
Dasturga muvofiq o‘rta guruhda bolalar ko‘proq fazoda o‘zlaridan mo‘ljal olishlari 
kerak, fazoda buyumlarning ―o‘ziga nisbatan‖ joylashganligini elementar tasavvur 
qilishlari kerak. Bu mazmun elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga 
bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda didaktik vositalar – didaktik o‘yinlar, qiziqarli mashqlar, 
―Nima o‘zgardi?‖ tipidagi o‘yin –mashqloar yordamida ro‘yobga chiqadi. O‘yinchi oldida 
turgan vazifa o‘yinchoqlarning joylari o‘zgartirilmasdan va o‘zgartirilgandan keyingi 
joylashuvlarini topishdan iborat. Buyumlar oldin bir – biridan uncha uzoq bo‘lmagan 


masofada joylashtiriladi. Ushbularni aniqlash kerak, uy qanday rangda, u qayerga 
joylashgan, boladan boshlangan yo‘lning oxiridami, boladan oldindami, orqadami, undan 
o‘ngdami yoki chapdami, uyga borishda yo‘lda qanday o‘yinchoqlar uchraydi, ulardan 
qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan va h.q atrofdagi buyumlarning fazoviy 
xarakteristikalarini tushunishlari, uning fazodagi xususiy joylashuviga bog‘liqligi asta –
sekin mana shunday oydinlashtiriladi.
Bu xil o‘yin – mashqlar real buyumli atrofni alohida buyumlar joylashuvining 
fazoviy xarakteristikasi bilan birgalikda idrok qilishga tayyorlaydi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin