Bolalar olgan bilimlarini keyingi mashg‘ulotda mustahkamlash zarur. Shu maqsadda
sutkaning har bir qismiga oid belgilar yorqin tasvirlangan ertak aytib berish
mumkin. Masalan, tarbiyachi quyonchani stolga o‘tkazadi va u o‘rmondan
kelganligini aytadi. Quyoncha bolalar bilan salomlashadi «Hozir, — deydi
tarbiyachi, — shu quyoncha haqida ertak aytib beraman». Urmonda bir quyoncha
yashar edi. Bir kun ertalab vaqtli uyg‘ondi, derazadan qaradi va o‘rmon yorug‘,
quyosh ko‘tarilib kelayotganini, qushlar sayrayotganini ko‘rdi.
Quyoncha
bo‘sag‘aga chiqdi — kun issik, badantarbiya qildi. Tishlarini tozaladi, yuvindi.
Shundan keyin nonushta qilish uchun stol yoniga o‘tirdi... Nonushta qilib
bo‘lganidan keyin, o‘z do‘stlari — quyonchalar bilan o‘ynash uchun o‘rmonga
chopib ketdi.
Tush payti bo‘ldi. Urmon juda islb ketdi. Quyoncha uyiga chopib bordi,
panjalarini yuvdi va ovqatlanish uchun stol yoniga o‘tirdi. Tushlikdan keyin
hordiq
olish uchun karavotchaga yotdi, uxlab u yg‘onganidan keyin yana o‘ykash
uchun o‘rmonga chopib ketdi.
Mana endi quyosh bota boshladi. Qorong‘u tushaboshladi. Qushchalar
sayrashdan to‘xtashdi. Qyech bo‘ldi. Quyoncha o‘z o‘rtoqlari bilan xaprlashib,
uynga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uxlash uchun yotdi.
Tym qorong‘i kecha boshlandi. Urmonda hamma narsa — quyoncha ham, qushcha
ham, kapalak ham uxlamoqda, quyosh ham uxlamoqda, Faqat yulduzlar bilan oy
bedor. Ular tim qorong‘u kechada yorqin nur sochib turishibdi.
Bolalar, quyoncha o‘z fotosuratini o‘rmondan
keltirdi, u qachon suratga
tushganini, ya‘ni ertalab, kech-qurun, kunduzi yoki kechasi suratga tushganini
bilishni istaydi».
Tarbiyachi quyonning sutkaning har vaqtidagi hara-katlari tasvirlangan
rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi-Bolalar qachon nima bo‘lishini aniqlaydilar va nega
bunday deb o‘ylashlarini tushuntirib beradilar.
Keyingi mashg‘ulotda tarbiyachi har qaysi bolaga ertalab, kechqurun, kunduzi
va kechasi tasvirlangan to‘rttadan rasm beradi va sutkaning u yoki bu vaqti
tasvirlangan rasmni ko‘rsatishni so‘raydn. Eng yaxshisi bolalarning va
kattalarning harakatlarn yoki tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni tanlash
maqsadga muvofiq. Bu mashg‘ulotda vazifa yanada murakkablashtiriladi. Bolalar
mustaqil ravishda sutkaning har-xil qismlari uchun xarakterli bo‘lgan
belgilarni
ajratishlari kerak, bitta emas, balki birdaniga to‘rtada rasmni tahlil qilib, ularni
tarbiyachi aytgan tartibda joylashlari, ketma-ketligini aniqlashlari kerak.
To‘rtinchi mashg‘ulotda bolalarning sutkaning qism-larn haqidagi bilimlari
mustahkamlanadi. Mashg‘ulot didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Tarbiyachi
bolalarga qachon nima bo‘lishini topishni taklif qiladi.
O‘yinda sutkaning har xil qismi uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aytishadi,
bolalar esa bu qachon bo‘lishini aniqlashadi. Masalan, «Quyosh chiqadi. Onalar va
otalar ishga ketishadi, bolalar esa bog‘chaga borishadi».
Quyosh yuqori
ko‘tariladi. Bolalar sayr vaqtida o‘ynashadi. Yoki «Ko‘cha qorong‘i. Osmonni oy
yoritmoqda, uylarning derazalarida esa chiroqlar yorug‘i ko‘rinib turibdi» va h.k.
Kichik guruhda bolalarni sutkaning qismlarini ularning xarakterli belgilari
bo‘yicha farqlashga taxminan shunday o‘rgatish mumkin.