M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Ikkinchi kichik guruh 
Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni ―o‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishga 
o‘rgatishdan, iborat, boshqacha aytgancha, kichkintoy bunda ―o‘ziga‖nisbatan o‘ng, 
chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo‘la olishi kerak. O‘z tanasiga 
nisbatan fazoda tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning birinchi 
umumlashtirilgan usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ga nisbatan mo‘ljal olish bu mo‘ljal 
olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ ga nisbatan mo‘ljal 
olishda ―o‘ng – chapni‖ni farqlash eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Mana shuning uchun 
ham bola oldin o‘z qo‘llarini farqlashga o‘rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash 
keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. 
Bolaning o‘ziga nisbatan mo‘ljal olishi dasturining yangi vazifasiga –boshqa 
odamga, buyumlarga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish vazifasiga – o‘tish uchun 
zarur asos bo‘ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish faqat o‘z gavdasi 
sxemasini bilgandagina mumkin bo‘ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa obektlarga 


nisbatan ko‘chiradi va o‘xshashlik bo‘yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan 
ajratadi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi. 
Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e‘tiborini haarkterli detallarga qaratadi. Masalan, 
mashina qaralayotgan bo‘lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va keyingi 
g‘ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda 
detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya‘ni obektning fazoviy 
buyumlarini (ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomoni –yosh 
tomonidan va ikkinchi tomonidan) o‘zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali obektning 
o‘ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi, bu murakkab malaka maktabgacha katta 
yoshda o‘zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy harakteristikasini tushunish 
qisman o‘zlashtiriladi. U holda, deb so‘raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga 
nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish zarurmi? ―O‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishning o‘zi etarli 
bo‘lishi mumkinmi? 
Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya‘ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil 
buyumlar to‘plami to‘lib toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo‘ljal olish ularning har xil 
parametrlarini, jumladan, ―oldindan‖, ―orqasidan‖, ―yonidan‖, ―ustidan‖, ―ostidan‖, 
keyinroq buyumning ―chap‖ yoki ―o‘ng‖ tomoni kabi parametrlarini hisobga olish 
majburiyatini yuklaydi. Oldin o‘ziga, so‘ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan 
qarama –qarshi tomonlarni ajratish, birichidan, istiqbolda bolaning faqat ―o‘ziga‖ 
nisbatangina emas, balki boshqa obektlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish 
malakasini egallashini ta‘minlaydi. 
Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni 
bilib olish uchun zarur. Biz bu munosabatlar haqida ularning tomonlariga – oldingi (yuz 
tomonga), yon, yuqori 9ustki) va h.k. tomonlarga mos kelishlariga qarab, mulohaza 
yuritamiz. Nihoyat, uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham 
(guruh xonasi, yoki xonaning bir qismi, stolning usti, qog‘oz varag‘i va h.k.) mo‘ljal 
olishning asosiy yo‘nalishlarini bilishni nazarda tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to‘liq 
o‘zlashtirilgandan keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin. 
Maktabgacha kichik yoshda bolalar yo‘nalishlarning asosiy guruhlarini farqlashga 
(oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o‘ngga –chapga) o‘rgatiladi. Bola bu yo‘nalishlarni 
o‘z gavdasining tomonlarini bilganligi asosida o‘zlashtiradi. Bolakaylar bungu kundalik 
turmush faoliyatida o‘rgatiladi. Masalan, yuvinish, kiyinish jarayonida tarbiyachi 
bolalarning gavda qismlarini aytib ularni o‘ng va chap qo‘lni farqlashga o‘rgatadi; tushlik 
vaqtida qoshiqni o‘ng qo‘lda ushlashni, chap qo‘lda esa bir burda nonni ushlashni 
o‘rgatadi, bolalarga chap qulog‘i, o‘ng qulog‘i, chap oyog‘i, o‘ng oyog‘i qaerdaligini 
ko‘rsatishni taklif qiladi; chap oyoq, chap ko‘z, chap quloq, chap qo‘l joylashgan 
tomonda, o‘ng oyoq, o‘ng ko‘z, o‘ng quloq esa o‘ng qo‘l tomonda joylashganligini 
tushuntiradi. 


Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarida bu vazifalar. 
―Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish‖, ―Qo‘g‘irchoqni uzlashga yotqizish‖, ―Qo‘g‘irchoqni 
kiyintirish‖ kabi didaktik o‘yinlarda aniqlashtiriladi. Masalan, tarbiyachi kichkintoylarga 
qo‘g‘irchoqning boshini, yuzini (oyoqlarini) yuvishni, so‘ngra esa, uning (bolaning) o‘zi 
yuzi, boshi va boshqa a‘zolari qaerda ekanligini ko‘rsatishni so‘raydi. 
Bolalarga fazoviy yo‘nalishlarni o‘z gavdasining aniq qismlariga mos qo‘yishni 
o‘rgatish kerak, yuqoriga – bosh tomonga, pastda – oyoqlar, oldinda yuz, chapda – chap 
qo‘l, o‘ngda – o‘ng qo‘l. 
Mashg‘ulotlarda kichkintoylarni pastda – yuqorida, oldinda – orqada, chapda – 
o‘ngda kabi juft qarama – qarshi yo‘nalishlarni farqlashga o‘rgatish kerak. 
Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni ―o‘zidan‖ga nisbatan oldinga- orqaga, 
o‘ngga –chapga kabi fazoviy yo‘nalishlarni ko‘rsatish va aytishga o‘rgaish kerak. 
Masalan, ayiqchaga oldin o‘ng qo‘l, keyin chap qo‘l bilan silkashni, qo‘g‘irchoq qaysi 
tomonga ketganini (o‘ngga, chapga, zinadan yuqoriga, pastga), koptok qayoqqa 
dumalaganini ko‘rsatish va aytishni so‘raydi; bayroqchalarni oldin tepaga ko‘tarish, 
so‘ngra pastga tushirishni; qo‘llarni oldinga (o‘z oldiga, to‘g‘risiga), chapga, o‘ngga 
cho‘zish, ularni orqaga yashirishni va h.k.ni so‘raydi. Bu xil mashqlar vaqtida hg‘amma 
bola va tarbiyachi bir tomonga qarab o‘tirishlari yoki turishlari kerak. 
Dastur vazifa (masala) larini amalga oshirish ―Bayroqcha qaysi tomonni 
ko‘rsatmoqda?‖ kabi o‘yin-mashqlar yordamida bajariladi. Bolalar, masalan, bayroqcha 
bilan qaysi yo‘nalish (yuqori yoki past, to‘g‘ri yoki orqa, chekaa) ko‘rsatilayotganini 
payqab olishlari kerak. Ularning o‘zlari bayroqchalar, lentalar, pufaklar (sharlar), 
koptoklar yordamida ko‘rsatilgan o‘yin – topshiriqlarni bajaradilar. Yo‘nalishlarni 
hisobga olgan holda fazoda mo‘ljal olishning birinchi tajribasi, fazoning o‘zini idrok 
qilishning qayta qurilishi shunday sekin – asta tarkib topadi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi dunyoning fazoviy tavsifini o‘zlashtirish uzoq 
davom etadigan jarayondir. Maktab yoshidagi o‘quvchilarda fazoni bunday idrok qilish 
va asosiy yo‘nalishlarni bilganlik asosida mo‘ljal olish uchun ba‘zi asoslargina yaratiladi. 
Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, tekislikda mo‘ljal olishning ba‘zi malakalari 
(rasm solish, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarining 
borishida) egallanadi. Bolalar varaq o‘rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini 
farqlashni, har xil yo‘nalishlarda (chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga qarab) oziqlar 
o‘tkazishni o‘rganadilar, sanoq materialini ustki va pastki poloskalarga qo‘yishni, uni 
varaqda, kartochkada chapga yoki o‘ngga joylashtirishni o‘rganadilar. 
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ish mazmunida yana bitta vazifani,ya‘ni 
buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarning ba‘zi variantlarini (―ustida‖, ―ostida‖, 
―orqasida‖, ―ichida‖, ―oldida‖, ―orqasida‖, ―yuqorisida‖, ―pastida‖) bilib olish vazifasini 
ta‘kidlash kerak. Bu vazifa o‘yinlar (―O‘yinchoqlar berkinmachoq o‘ynaydi‖, ―Quyoncha 
qaerga yashirindi?‖, ―O‘yinchoqni qaerdan topdingiz?‖ shaklida qiziqarli hal qilinadi. 


Dastur vazifasini bajarish kontekstida lug‘at ustida ishlash ham olib boriladi. 
Maktabgacha yoshdagi kichik bolani dasturda nazarda tutilgan fazoviy belgilashlarni 
to‘g‘ri tushunishining o‘zi, u (hatto ba‘zida) yo‘naltiruvchi savollar yordamida bu 
munosabatlardan mustaqil foydalana oladigan bo‘lishining o‘zi mutlaqo kifoya. 
Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o‘ng va chapni farqlash juda qiyinlik bilan 
amalga oshadi. ―O‘ngga –chapga‖ yo‘nalishlarini farqlashga o‘rgatishning dastlabki 
bosqichida qanday pedagogik yo‘l -yo‘riq amalga oshirilishi kerakligi haqida fikr 
yuritamiz. 
O‘z qo‘llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o‘ng va chap qo‘llari chun xos 
bo‘lgan harakatlarni bajarish jarayonida seziladi. Masalan, ovqatlanish vaqtida u qoshiqni 
o‘ng qo‘li bilan, nonni esa chap qo‘li bilan ushlaydi; rasm cholish mashg‘ulotlarida bola 
chap qo‘li bilan rasmni tutib turadi, o‘ng qo‘lida esa qalam, mo‘yqalam bo‘ladi. Bu ikki 
vaziyatdan tarbiyachi, bunday foydalanadi; mashg‘ulot boshlanishida (yoki ovqat eyish 
oldidan) bolalar e‘tiborini qalam (yoki qoshiq) ni har doim o‘ng qo‘lda tutish kerakligini, 
chap qo‘l bilan esa, qog‘oz varag‘ini (yoki taqsimchani) tutib turish (nonni ushlash) 
kerakligini uqtiradi. Tarbiyachi bunga bolalar e‘tiborini tortibgina qolmay, balki 
ko‘rsatadi ham. Hatoga yo‘l qo‘ygan (yanglishgan) bolaga tarbiyachi ikkinchi marta 
ko‘rsatadi (―Mana endi hammasi to‘g‘ri; qalam o‘ng qo‘lingda, chap qo‘ling bilan esa 
qog‘ozni tutib turasan‖) 
Bolalarning harakatlarini tekshirishda tarbiyachi ular bilan suhbatlashadi, 
ma‘qullaydi. Pedagogik baho his –tuyg‘uga to‘la bo‘lishi, to‘la qanoatlanganlikni 
ifodalashi, o‘z tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishi‖ni ifodalashi 
muhimdir. 
Bunday baholash o‘ziga xos pedagogik usul bo‘lib, bolaning harakatlari 
to‘g‘riligini ifodalabgina qolmay, balki his – hayajonli kayfiyat hosil qilida, ularning 
bunday mashqlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, o‘z qo‘llarining fraqlashni tezroq 
o‘rganib olishga istak uyg‘otadi. 
1.Tarbiyachi dastlab bolalarga qo‘llarini nomlari bo‘yicha farqlashni o‘rgatadi.
Tarbiyachi bolalarning qo‘llarini belgilaydi, bolalar ularni fraqlashadi. Shu 
maqsadda bu bolaga murojaat qilib so‘raydi: 
- Sening o‘ng qo‘ling qani? 
- Mana (ko‘rsatadi) 
- Sening o‘ng qo‘lingdagi nima? 
- Qoshiq. 
- Sening chap qo‘lingdagi nima? 
- Non 
- Balli, sen qaysi qo‘ling o‘ng, qaysi qo‘ling chap ekanini juda yaxshi bilar ekansan. 
Bir necha mashg‘ulotdan keyin, bunday deb so‘rash mumkin: ―Hozir, men 
sizlardan o‘z o‘ng va chap qo‘lingizni bilish bilmasligingizni so‘rab, tekshiraman. 


―Odatda, bolalar tarbiyachining savollariga faollik ko‘rsatib, mamnuniyat bilan javob 
beradilar (―Mendan hali so‘ramandingiz‖, ―Men g‘am bilaman‖, ―Qoshiq qaysi qo‘limda 
ekanini mendan so‘rang‖, ―Toping-chi, qalam qaysi qo‘limda‖). Bunda tarbiyachining 
vazifasi bu faollikni quvvatlab turishdan iborat. U so‘raganda, bolalar ba‘zida xato 
qiladilar (bunday xatolardan bolakaylarning hayajonli ta‘sirlanishini ko‘ra bilish kerak). 
Xato o‘ziga xos pedagogik usuldir. Unda bola qaysi qo‘li o‘ng, qaysi qo‘li chap qo‘l 
ekaini pedagogga mamnuniyat bilan tushuntiradi. 
Bunday kichik mashqlar nihoyatda zarurdir. Bu xid mashqlarning davomiyligi bir 
yarim – ikki minutdir. Mashqlar bolalar e‘tiborini asosni faoliyatdan chetga tortadi, deb 
aslo xavotir olmaslik kerak. Aksincha, bunday mashqlar bolalarning hayotiy faoliyatiga 
to‘liq ravishda ijobiy ta‘sir etib, ularni faollashtiradi. Mashqlar o‘ziga xos ―ma‘naviy – his 
– tuyg‘uga to‘la tetiklashtirishning o‘rnini bosadi, e‘tiborning yo‘nalishini o‘zgartirish 
mexanizsomini mashq qildiradi. Ularning ta‘limiy samarasi ravshan, bu samara 
mashqlarning kollektiv shakllarini o‘tkazish rejimida (―haftasiga 3-4 marta individual ish 
bilan qo‘shib olib borilganda) atigig bir – bir yarim oy o‘tganidan keyin so‘zila boshlaydi. 
Shunga qaramay, bunday savol paydo bo‘lishi mumkin: ―Aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan ta‘limning boshlanishida nega ilk bor bunday mashqlar, albatta, faqat 
ma‘lum pedagogik vaziyatlarga jiddiy ―Bog‘langan‖ bo‘lishi zarur? Gap shundaki, rasm 
solish mashg‘ulotlarida, noneshta, tashki ovqat, kechki ovqat vaqtida bolalar har qaysi 
qo‘l uchun ―arakterli bo‘lgan harakatlarni bevosita bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar 
bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli 
noto‘g‘ri beriladigan javoblar miqdori ortib ketadi. Ana shuning uchun ham mashqlar 
samaradorligini orttirishning muhim sharti – oldinggi tajribani aktuallashtirib borishdan 
iborat. Qiyinchilik paydo bo‘lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini eslatib qo‘yish 
zarur (―O‘ng qo‘lingda har doim qoshiqni ushlaysan‖ va h.q) Harakaterli tmooni 
shundaki, tarbiyachining yordami bolalarda faol harakat reaksiyasini uyg‘otadi: ular 
tasavvurdagi qoshiqni (qalamni) qaysi qo‘lda ushlash qulay ekanini qandaydlir darajada 
sinab ko‘rishadi. Shu bilan ilgari shakllangan sensomator bog‘lanishlar kompleks 
ravishda jonlantiriladi, shundan keyin bolalar taklif qilingan topshiriqlarni ko‘proq 
ishonch bilan bajaradilar. 
Mashqlardan bog‘cha tartibotining har xil momentlari (yuvinish, kiyinish, sayrga 
chiqishga yig‘ilish)da foydalanish mumkin. O‘z qo‘llarini fraqlash malakasi uchun 
konkret pedagogik vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalash mashg‘ulotlarida, 
harakatli o‘yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish 
mumkin. 
Masalan, ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan matematika mashg‘ulotlarida 
tarbiyachi dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning 
uchun galdagi vazifa xuddi oldingidek, o‘z qo‘llarini farqlash ko‘nikmasini 
takomillashtirishdan iborat. Shu asosda keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o‘z 


tarbiyalanuvchilarini o‘ng va chap oyoqlarini, ko‘zlarini bir – biridan farqlashga 
o‘rgatadi. Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi 
tomonlarni aniqlashga olib keladi. 
Mashg‘ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o‘tkazish ham mumkin. 
Mashqlarning o‘yin shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng 
foydalanishning mumkinligi mazkur didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana 
shu o‘yin – mashqlarning varaintlari bo‘lib, ularning maqsadi – qo‘llarni o‘z nomlari 
bo‘yicha amalda fraqlashdan iborat. Bu mashqlarning davomiyligi 4-5 minutdan 
ortmaydi. 
―Qo‘llaring qayerda?‖ Topshiriq: qo‘llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin 
bolaning o‘ng qo‘li qayerda, chap qo‘li qayerda ekanini topadi, so‘ngra bitta (yoki bir 
nechta) bolaga o‘z qo‘llarini ko‘rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi. 
―Zoldir qani?‖ Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi zoldir 
qaysi qo‘lda – o‘ng qo‘ldami yoki chap qo‘lda ekanini topish. Shundan keyin tarbiyachi 
bolalarga navbati bilan o‘zlarining chap va o‘ng qo‘llarini ko‘rsatishni, ularni atashni, 
zoldir qaysi qo‘lga yashirilganini aytishni taklif qiladi. 
―Bayroqchani ol‖. Tarbiyachi bolalar qaysi qo‘l o‘ng (chap) qo‘l ekanini 
eslashlarini, shu qo‘l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo‘lga o‘tkazishni, 
qo‘lni yuqori ko‘tarishni, bayroqlani silkitishni va yana boshqa (chap) qo‘lga o‘tkazishni 
taklif qiladi. Yoki ko‘k bayroqcha (chap) qo‘lga o‘tkazishni taklif qiladi. Yoki ko‘k 
bayroqcha (lentacha) o‘ng qo‘lda, sariq bayroqcha chap qo‘lda. Topshiriq: bayrochalar 
o‘rinlarini almashtirish. Shunday keyin tarbiyachi so‘raydi: ―Bayroqning rangi qanday? U 
qaysi qo‘lda?‖. 
―O‘yinchoq qaysi qo‘lda?‖ Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o‘yinchoqni o‘ng 
(chap) qo‘l bilan olishni aytadi. keyin esa, bola o‘yinchoqni qaysi qo‘liga olishni xohlasa, 
o‘sha qo‘liga olishini va o‘yinchoq qaysi qo‘lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o‘ng 
qo‘lida qanday o‘yinchoq, chap qo‘lida qanday o‘yinchoq borligini aytishi kerak. 
―Toshlarni boshqa qo‘lingga o‘tkaz‖. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo‘ldan ikkinchi 
qo‘lga o‘tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o‘z qo‘llarini farqlaydi, 
ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola ―bitta‖ va ―ko‘p‖ atamalarini farqlashni 
o‘rganadi. 
O‘z qo‘llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan 
bajariladi. 
―Nima og‘ir?‖ Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og‘ir )yengil) ekanini aniqlang: 
qaysi qo‘ldagi (o‘ng yoki chap qo‘ldagi) buyum og‘ir, qaysi qo‘ldagisi yengil ekanini 
aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlar asosida ―o‘ngga chapga‖ ―fazoviy 
yo‘nalishlar) bilan tanishadilar. Bu yosh guruhlarida bolalar bu yo‘nalishlarni 
farqlashgagina o‘rgatiladi. (bilib olish, mustaqil aytish va ko‘rsatish). 


Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizontal tekislikda (qog‘oz 
varag‘i, sanoq mateirallini qo‘yish uchun kartochka) ―O‘ngga chapga) yo‘nalishlari 
bo‘yicha mo‘ljal olishning dastlabki malakalarini rivojlantirishdan iborat. Bolalar o‘ng 
qo‘llari bilan sanoq materialini tanlab olib, ularni kartochkaga chapdan o‘ngga yo‘nalish 
bo‘yicha qo‘yishni o‘rganadilar. Topshiriq; tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki 
lentacha bilan taqqoslash uchun teksilik ush, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo‘ljal 
olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan 
cheklanamiz: 
1. Bolalar o‘ng va chap 
qo‘l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang seminar tajribasini 
to‘plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o‘ng qo‘lda qoshiqni, 
qalamni, mo‘yqalamni ushlash, chap qo‘lda taqsimcha, qog‘oz varag‘i va hokazolarni 
tutib turish) mustahkamlash, so‘ngra bolalarni qo‘llarining nomlari bo‘yicha farqlashsh, 
nihoyat, uchinchidan tekislikda mo‘ljal olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni 
(tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan cheklanamiz: 
1. Bolalar o‘ng va chap qo‘l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang 
barang seminar tajribasini to‘plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial 
harakterini (o‘ng qo‘lda qoshiqni, qalamni, mo‘yqalamni ushlash, chap qo‘lda taqsimcha, 
qog‘oz varag‘i va hokazolarni tutib turish) mustahkamlash, so‘ngra bolalarni qo‘llarining 
nomlari bo‘yicha farqlash va mustaqil nomlashga undash zarur. 
2. Qo‘llarning nomi bilan har qaysi qo‘l uchun xos bo‘lgan harakatlar xarakteri 
(bola o‘ng va chap qo‘li bilan nima qiladi) orasidagi aloqani mustahkamlash. 
3. O‘rgatuvchi mashqlarda ikkala qo‘lning nomi va harakat xarakteri bo‘yicha 
qiyoslash kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi. 
4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtira borilishi kerak. 
a) o‘ng va chap qo‘l uchun xarakterli bo‘lgan tabiiy harakatlarni bajarish jarayonini 
aniqlashdan bu harakatlar haqidagi tasavvurlar asosidagina farqlashgacha; 
b) berilgan masala yagona va mustaqil bo‘lgan (―Sening qo‘llaring qayerda?‖, 
―Bayroqchani ol‖, ―Zoldir qani?‖) vaiyatda aniqlashdan, natijada uni bajarish jarayonidan 
(―Qaysi qo‘l bilan uzoqqa?)‖, ―Qaysi qo‘l bilan aniqroq?‖) farqlashgacha murakkablashib 
borishi kerak. 
Pedagogik tajribani tahlil qilish ko‘pincha bolalar bilan ishlash natijalari 
kutilganidan anchagina past ekanini ko‘rsatmoqda. Buning sababi uslubiy harakterlagi 
xatolarga yashirinib yotibdi. Ularni harakterlab o‘tamiz. 
Ko‘pincha tarbiyachilar qo‘llarning aniq nomlari (―chap, ―o‘ng‖) o‘rniga bu qo‘l‖ 
yoki ―yo‘q, bu qo‘l emas, boshqasi‖, deyishadi. Boshqa bir xato. Tarbiyachi qo‘llarni o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri belgilaydi, bolalarni ularni mustaqil nomlashga undaydi. Ammo og‘zaki 
bilimlarda asosiy mezon – har qaysi qo‘l uchun haarkterli bo‘lgan haarkat faoliyatini 


tushunib yetishdan uzilgan holda shakllantiriladi. Sensor komponentdan uzilgan holda 
og‘zaki farqlash jiddiy uslubiy xatodir. 
Navbatdagi xato. Tarbiyachi ko‘pincha xatoni mustaqil tuzatish muhimligini 
yetarlicha baholamaydi. U yerdan berishga shoshiladi, bayroqchani chap qo‘ldan o‘ng 
qo‘lga o‘tkazadi. Natija ravshan: kichkintoy endi bayroqchani o‘ng qo‘lida ushlab turibdi, 
yo‘l qo‘yilgan xatoga tushunib yetilmagan. Yana bitta xato. Bilish jarayonini 
jadallashtirish maqsadida tarbiyachi mezon sifatida mo‘ljallangan buyumlarni aytadi, 
masalan, ―derazaga yaqin turgan qo‘l o‘ng qo‘l, chap qo‘l esa devorga yaqin turgan 
qo‘ldir‖. Aniq shart – sharoitda, tushunarliki, hammasi xatosiz aniqlanadi. Ammo shuni 
hisobga olish kerakki, bu holda bolalar eng oldin buyum oriyentirlarni farqlaydilar. 
Bizning hozirgi ―o‘ng – chap‖ dunyomiz keng va turli tumandir. Uni hatto katta 
yoshdagi bolaning ham mustaqil ravishda tushunib olishi oson emas, unda, masalan, 
fazoviy xarakteristikaning nisbiyligi, uning hisob boshlanadigan nuqtaga nisbatan 
bog‘liqnligi aralashib ketishi mumkin. Bunday holda nima absolyut va o‘zgarmas? 
Bolaning o‘z fazoviy sxemasi (koordinatlari) o‘zgarmas. Har qaysi odamning sxemasi va 
buyum olmi obyektlarining fazoviy sxemasi o‘zgarmas. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning maktabgacha muassasalar dasturining ―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘limi 
bo‘yicha elementar ―fazoviy ta‘limi‖ mana shu haqiqatlarni o‘zlashtirib olishdan 
boshlanadi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin