M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Ikkinchi mashg‘ulot. Navbatdagi (uchinchi, to‘rtinchi va b.) mashg‘ulotlarni 
tavsiflashda bunday mufassal to‘xtalmaymiz. Ikkinchi mashg‘ulot esa bolalarda o‘lchash 
malakalarini tarkib toptirish uchun prinsipial jihatdan muhim. 
Bolalarning stollarida har qaysi bola uchun yog‘och idish (unda don bo‘ladi), 
taqsimcha, ong qoshiq, cho‘p (yoki fishkalar nabori) qo‘yilgan bo‘ladi. Tarbiyachi 
oldindan stakanlarga besh osh qoshiqdan don solib qo‘yadi. Ammo bu haqda bolalarga 
indamaydi. Tarbiyachining stolida ham o‘sha buyumlar turadi. Mashg‘ulot 
tog‘arachadagi, qog‘oz xaltadagi don miqdorini qanday aniqlashni oydinlashtirishdan 
boshlanadi. Bolalar o‘lchash haqida, o‘lchov haqida eslaydilar. Tarbiyachi bir qoshiq 
donni qanday to‘lalikda olishni ko‘rsatadi. Shu maqsadda o‘z idishidan ikki osh qoshiq 
don olinadi va cho‘tning ikkita toshi surib qo‘yiladi. Bolalar ham mustaqil 
o‘lchanayotganlarida har bir qoshiq olinib. To‘kilganidan keyin cho‘tning bitta toshini 
surib qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Tushuntirib va ko‘rsatib bo‘linganidan keyin 
bolalarishlashga kirishmoqlari mumkin. Tarbiyachi boallarning ishlarini kuzatib turadi, 
ammo har bir bolaga qoshiqni qanday to‘ldirishni ko‘rsatmaydi. U so‘z bilangina eslatib 
turadi, ya‘ni og‘zaki eslatib turadi: ―Esingizdami, men sizga qoshiqqa qancha don 


solishni ko‘rsatgan edim, yana esingizdami, hamma qoshiqlarni bir xil to‘ldirish 
kerkligini aytgan edim‖. 
Bolalar dastlab xato qiladilar, anglashadilar. O‘lchash jarayoni ularni o‘ziga jaob 
qiladi, shu sababli ular o‘lchash mazmuniga kiradigan hamma komponentga ham alohida 
e‘tibor bermaydilar. Odatda ular qoshiqqa qancha guruch olinganidan qat‘i nazar, 
qoshiqda qo‘l bilan bajarilgan harakatlar miqdorini sanaydilar. Birinchi mashg‘ulot uchun 
bu qayg‘uli hol emas, chunki bu hol tarbiyachiga mashg‘ulot natijalarini qarayotganda, 
ya‘ni to‘ri o‘lchashning afzalligi eng ayoniy bo‘lgan paytda bolalarning xatolariga e‘tibor 
berish imkonini beradi. Keyingi hamma mashg‘ulotlar davomida o‘lchovning to‘la 
bo‘lishini kuzatib borish kerak. Bolalarning birinchi o‘lchashlarida xato qilishlari turgan 
gap bo‘lgan holda qiyin ahvoldan qanday chiqish kerak? Biz o‘tkazgan mashg‘ulotlardan 
misol keltiramiz. 
Donni qanday o‘lchash tushuntirilganidan keyin, bolalar ishlashga kirishadilar. 
Idishlardagi donni taqsimchaga to‘kishadi, har gal natijani cho‘tda belgilab borishadi. 
Mashg‘ulot davomida o‘lchovning to‘la bo‘lishi kerakligini bolalarga eslatib turdik
ammo hozircha eslatish ish boshlash uchun yo‘llanma ema sedi, shunga ko‘ra bolalar 
cho‘t donalarini surishardi. Natijada Anvarda 5 dongina surildi, Samadda hatto 20 ta 
soqqa bo‘ldi, boshqalarda ham anchagina soqqa surildi, Biz Anvardan stakanida qancha 
don borilini so‘radik, ammo u togan natija boshqalarnikidan shunchalik kam ekanidan 
jula siqilib, javobni eshittirib aytishni xohlamadi va tarbiyachining o‘zigagina aytish 
uchun javob so‘radi. Boshqa bolalarning o‘lchash natijalarini oydinlashtirdik: kimda 7, 
kimda 13, kimda 26 chiqqanini so‘radik. ―Endi esa, - dedi tarbiyachi, - men sizlarga sirni 
ochib beraman: har qaysi idishda besh qoshiqlangina don bor edi. Bittagina aniq javob 
bunday bo‘lishi mumkin: ―Mening stakanimda 5 qoshiq don bor‖. 
Anvar o‘rindan turib, baland tovush bilan aytdi: ―Men to‘g‘ri topdim, mening 
bokalimda 5 qoshiq don bor. Men buni o‘lchab bildim. Men qoshiqqa siz ko‘rsatgandek, 
miqdorda don soldim‖. 
Endi, nega shunchali har xil javob chiqqanini bolalarning o‘zlari qanchalik 
tushunganliklarini aniqlash muhim edi. Shu tufayli tarbiyachi bolalarga tegishli savollarni 
berdi, Mana ularning javoblari. 
Lola. Saidda shuncha qo‘y chiqishining sababi, u qoshiqlarni to‘ldirmay olabergan 
va cho‘tda, qoshiqlarni donga to‘la, deb hisoblab, donalarni surabergan. Buning ustiga u 
nomdagi guruchlarni ham terib olgan va taqsimchaga solgan, buni to‘la qoshiq, deb 
hisoblab donalarni surabergan. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin