o‘rtoqlarining ishlarnigina emas, balki o‘zlari bajargan ishlarini
ham tahlil qila olishar,
sabab bog‘lanishlarini topa olar ekanlar.
Tarbiyachi mashg‘ulot oxirida bolalar e‘tiborini yana o‘z stoliga qaratadli. Stolda
suv solingan grafin turibdi. Suv sezilib turishi uchun unga ozgina rang berish maqsadga
muvofiq. Grafni bilan stakan ham turadi. Tarbiyachi bolalarga suvni qanday o‘lchashni
ko‘rsatadi, tushuntiradi. Bu ish bajarilish texnikasiga ko‘ra, sochiluvchi jismlarni
o‘lchashni eslatadi, shu sababli tarbiyachining o‘zi ko‘p emas, ikki stakan o‘lchaydi,
bolalar o‘z stollariga tegishli miqdorda fishka qo‘yadilar. Tarbiyachi qolgan suvni
o‘lchash uchun bir qancha bolani bittadan (yoki ikkitadan) chaqiradi, qolgan bolalar o‘z
stollariga fishkalar qo‘yish bilan o‘lchash natijalarini belgilaydilar.
Shu bilan ikkinchi mashg‘ulot tamomlanishi mumkin. Nechta stakan olindi va
aynan nechta yog‘och idish olindi? Stakanlar yog‘och bo‘lishi shart emas plastmassa
bo‘lsa ham bo‘laveradi, ammo shaffof bo‘lmasligi kerak. Shisha stakan to‘g‘ri kelmaydi,
chunki bolalar moddalar miqdorining bir xil sathda ekanligini ko‘radilar va o‘lchashni o‘z
qshinlarining ―javobiga to‘g‘rilash‖ga harakat qiladilar, aslida esa, hammadan don sathi
bir xil ekanini oldindan ko‘rmasdan, har qaysi bola o‘zi o‘lchashni o‘rganishi muhimdir.
Nega stakanlar olinadi? Baland idishdan bolalar guruchni qoshiqqa
oson oladilar, uncha
sermehnat emas, bolalar e‘tiborini o‘lchashning barcha shartlarini bajargandagina
jarayonning o‘zida to‘playdilar, ortiqcha qiyinchiliklarga uchramaydilar.
Bolalarning ko‘nikmalari mustahkamlanib, avtomatlashgandan keyin suyuq yoki
sochiluvchi moddalarni o‘lchash mashg‘ulotlarga kiritiladi, ana o‘shanda yassi idishlar
yordamida o‘lchashlarni ham qarash mumkin bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda suyuqliklarni yoki sochiluvchi moddalarni o‘lchashlarda
bolalar
e‘tiborini shunga tortish kerakki, o‘lchashning boshida suyuqlik yoki don ko‘pligida
stakan yoki qoshiq (umuman, biz nima bilan o‘lchamoqchi bo‘lsak, o‘sha) ixtiyorsiz to‘la
bo‘lishiga, o‘lchashning ozirida esa, stakan yoki qoshiqni to‘ldirish ancha mushkul
bo‘ladi, shu sababli ular etarlicha bo‘lmasliklariga qaratish kerak. Bolalar bu qiyinchilikni
eslarida tutishlari va o‘z ishlarida bir tekislikni, o‘lchashning boshida ham, oxirida ham
o‘lchovlarning bir xilda to‘la bo‘lishlariga amal qilgan holda, saqlashlari muhimdir.
Bolalarni o‘lchashga o‘rgatishga ketma- ket 7-9 mashg‘ulotni ajratish kerak.
Shundan keyin mashg‘ulotga dasturning boshqa masalalari davriy ravishda kiritib turiladi.
Bolalarni yana nimaga o‘rgatish kerak? Ularni buyumlarning uzunligi va
kengshligini o‘lchashga o‘rgatish kerak. Bunda ushbular o‘lchanadigan buyumlar bo‘lishi
mumkin: har xil shakldagi va har xil rangdagi qog‘oz varaqlari; bolalar va kattalar uchun
stollar (bunda bolalar stolni o‘lchaganda nafaqat uning uzunligini va kengligini.
Balki
balandligini ham o‘lchaydilar); bular har xil uzunlikdagi lenta va arg‘amchilar bo‘lishi
mumkin va h.k.
Har bir predmetning uzunligi va kengligi bir o‘lchovning o‘zi bilan o‘lchanishi
muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar o‘lchash natijasida predmetning uzunligi
kengligidan qancha ortiq ekanini ayta oladilar. Bu ma‘lumotni aniqlashda ularga fishkalar
ham yordam beradi.
Qog‘oz varag‘i uzunligini shartli o‘lchov yordamida o‘lchashda bolalar, masalan,
ko‘k doirachalarni, varaqning kengligini o‘lchaganda qizil doirachalarni qo‘yadilar.
Shundan keyin ko‘k doirachalarni ham, qizil doirachalarni ham sanashadi, qaysi
doirachalar ko‘pligini aniqlashadi va tarbiyachining ushbu savoliga javob berishadi:
―Nima uzun va qancha uzun?‖.
Bolalar o‘lchashni etarli darajada egallab olgunlaricha va sanoqda
yanglishmaydigan bo‘lgunlariga qadar o‘lchash natijalarini belgilovchi fishkalar ishlatila
beriladi.
Buyumlarning uzunliklari va kengliklarini o‘lchashni to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklidagi qog‘oz varag‘idan boshlash qulay. Bunda tarbiyachi
oldindan kenglik va
uzunlikni qoldiqsiz, aniq son marta joylashadigan o‘lchovni (masalan, karton tasmachani)
tanlab qo‘yadi. ―Qoldiq‖ qoladigan o‘lchashdan ham qo‘rqmaslik kerak, bu shunday
o‘lchashni, masalan, o‘lchov 4 marta to‘la doylashadi va yana ozgina o‘lchanmagan joy
qoladi. Bolalar bunday holda qancha qolganini qo‘llarida yoki o‘lchov yordamida
ko‘rsatishlari kerak. Ammo bu xil o‘lchashlarni bajarishga shoshilmaslik kerak.
Bolalarni buyumlarning uo‘unlik va kengliklarini har xil kattalikdagi o‘lchovlar
bilan o‘lchash bo‘yicha mashq qildirish kerak. Bolalar qog‘oz varag‘i uo‘unligi va
kengligini karton tasmacha bilan o‘lchab bo‘lganlaridan keyin va o‘lchov necha marta
to‘la joylashganini aniqlab olganlaridan keyin, tarbiyachi bolalarga shartli o‘lchov sifatida
oldingisidan ancha katta tasmani taklif qilishi kerak. Bolalar o‘sha qog‘oz varag‘ini
o‘lchaydilar, o‘lchash natijasida mutlaqo boshqa, oldingilaridan ancha kichik sonlar hosil
bo‘ladi. Nega? O‘lchanayotgan kattalik o‘lgarmagani holda sonlarning o‘lchov kattaligiga
bog‘liqligiga, bu qonuniyatga bolalar e‘tiborini odddiygina qaratish emas, balki shunday
tushuntirish muhimki, bu qonuniyatlar ular uchun tushunarli bo‘lsin. Bu bolalarni
sistematik ravishda mustaqil mashq qilishlari natijasida tushunarli bo‘ladi. Bolalar har xil
kattalikdagi o‘lchovlar bilan nafaqat qog‘oz varag‘i, stollar va boshqa narsalarni
o‘lchashlari, balki, suvni, donlarni o‘lchashlari va har qanday holda ham varag‘lar o‘sha –
o‘sha, don miqdori o‘zgarmay qolganiga, ammo bir holda o‘lchov masalan,
besh marta
joylashganiga, boshqa bir holda o‘n marta joylashganiga, uchinchi holda esa hammasi
bo‘lib ikki marta joylashganiga va ularning hammasi o‘lchovlar har xil bo‘lganligi sabab
ekaniga, o‘lchov qancha katta bo‘lsa, shuncha marta kam sonda joylashganiga, va
aksincha, o‘lchov qancha kichik bo‘lsa, shuncha marta ko‘p son qadar joylashganiga
ishonch hosil qilishlari kerak. Yana shuni ham namoyish qilish muhimki,
idishdagi
suyuqlikning balandligiga qarab, uning hajmi haqida fikr yuritish mumkin emas. Bizga
suv ko‘pdek ko‘ringanda ham, haqiqiy holni bilib olish uchun har doim bir xil o‘lchov
bilan o‘lchash kerak. Buni bolalarga konkret (aniq) misollarda ko‘rsating: tarbiyachining
stolida ikkita yarim litrli bankada sut turibdi. Bolalar sutlarni qarab, bakalar ham bir xil,
ulardagi sust ham teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Shundan keyin tarbiyachi bir
bankadagi sutni baland va ingichka shishaga quyadi, ikkinchi bankadagi sutni esa keng
kostryulkaga quyadi.
Ikkala idishdagi sut miqdori teng bo‘lishiga qaramay, suyuqlik sathi tez o‘zgardi.
Shunday qilib, bolalarni shartli o‘lchov yordamida don va suyuqlik hajmini,
buyumlarning uzunlik va kengliklarini o‘lchashga o‘rgatdik. Bu mashqlarning hammasini
bajarish natijasida bolalar u yoki bu buyumning uzunligi qanday ekanini ko‘z
bilan
chamalab aniqlab olishni o‘rganishadi. Bu haqiqatda ham, shunday ekaniga ishonch hosil
qilish uchun, tarbiyachi mashg‘ulotlarning birida bolalarga lenta va qog‘oz poloskani
ko‘rsatadi hamda bu qog‘oz poloska denta uzunligiga necha marta joylashishini ko‘z
bilan aniqlashni taklif qiladi. Bolalar u yoki bu soni ko‘rsatishadi. Shundan keyin
tarbiyachi lentani o‘lchaydi, bolalar esa hato qilganliklari yoki qilmaganliklarini
ko‘rishadi. Agar mashqlar etarli bo‘lgan bo‘lsa, xatolar sodir bo‘lmaydi. Bolalarga
buyumlarning o‘zini har xil kattalikdagi o‘lchovlar bilan ko‘zda chamalab o‘lchashni
mashq qildirish ma‘qul, bunda har gal xuddi shu o‘lchovni ko‘z bilan chamalashni
haqiqiy o‘lchash bilan tekshirib turilishi kerak.
Taxminan ettinchi mashg‘ulotdan boshlab,
buyumlarni teng qismlarga qanday
Dostları ilə paylaş: