M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

o‘rgatish. Bolalar e‘tiborini chalg‘itmaslik uchun ―Men necha stakan guruch soldim?‖ – 
deb so‘rash shart emas. Shu bilan birga, stakanning, ya‘ni o‘lchovning bir xida to‘la 
bo‘lishini kuzatib borish kerak. Tarbiyachi bolalar e‘tiborini va bajarilayotgan ishlar 
mazmuni qanday tushunilganini bunday tekshiradi. Ikkinchi stakan ag‘darilib 
bo‘linganidan keyin, tarbiyachi bolalar e‘tiborini bu stakanda ham oldingi stakanda 


qancha guruch bo‘lsa, shuncha guruch borligiga, shuning uchun fishkani uydagi guruch 
ikkinchi kosaga to‘kib bo‘linganidan keyingina qo‘yilishi kerakligiga qaratadi. 
Navbatdagi, ya‘ni uchinchi stakanga tarbiyachi ataylab, yarmidan oshiribroq guruch 
soladi, uni kosaga yaqinlashtiradi, shu vatqtgacha stakanlar guruchga to‘ldirilib, kosaga 
to‘kilgan edi, bolalar o‘lchash natijasini belgilash uchun fishkaga cho‘zilganlarini ko‘radi. 
Shu vaqtda tarbiyachi bolalar e‘tiborini stakanning to‘la emasligiga qaratadi, oldingi 
stakanlarning to‘laligi qanday bo‘lganligini ko‘rsatadi, tushuntiradi, bolalarga shu 
mashg‘ulotda belgilangan o‘lchov bo‘yicha stakanni guruch bilan to‘ldirishni taklif qiladi, 
shunga amal iqlish majburiyligini ta‘kidlaydi, shundan keyingina bolalarga guruchni 
to‘kish va navbatdagi fishkani qo‘yishga ruxsat beriladi. To‘rtinchi stakanni to‘g‘ri 
to‘ldirish, beshinchi stakanni iloji boricha uyub to‘ldirish kerakki, undagi guruch
oldingilaridan ko‘proq bo‘lsin. Shundan keyin siz bolalarning qancha to‘la bo‘lsa, 
shuncha yaxshi, kam bo‘lgandagina noto‘g‘ri, deb hisoblab, yana fishkaga vaqtidan oldin 
intilayotganlarini ko‘rasiz. Bolalar e‘tiborini yana oldingi stakanlarning qanday 
bo‘lganligiga qaratish, ularga guruch ko‘p bo‘lganini, ammo bundagidan kam bo‘lganiga, 
guruch ko‘p bo‘lganini, ammo bundagidan kam bo‘lganiga, guruch miqdori bir xil, ya‘ni 
baravardan bo‘lgan stakanlaringina sanash kerakligiga qaratish kerak. Shundan keyin 
ortiqcha guruchni to‘king va aytganingizdek qiling, so‘ngra oldin to‘rt stakan guruch 
solingan tog‘arachaga soling, shundan keyingina bolalar fishkani qo‘yishlari kerak. 
Oxirgi stakanni tog‘aragacha ag‘darayotganda tarbiyachi bolalar e‘tiborini yana 
stakanning to‘laligiga qaratadi, oldingi to‘kilgan stakanning to‘laligiga qaratadi, oldingi 
to‘kilgan stakanlardagi guruchlar shunday to‘la bo‘lganinieslatadi (o‘lchash uchun 6-8 
stakan guruch olish maqsadga muvofiq. Ba‘zi tarbiyachilar bolalarni 10 gacha sanash 
bo‘yicha ko‘proq mashq qildirish maqsadida 16 stakan olishni yaxshi ko‘radilar, 6-8 
stakan guruch olinganda bolalar uzoq o‘lchashlar va qayta sanashlar bilan charchab 
qolmaydilar, biz aytgan momentlarning hammasini ko‘rsatishga ulgurish mumkin bo‘ladi. 
Shundan keyin bolalar fishkalarni sanab chiqadilar va bizda qancha guruch bo‘lganini 
aytishadi. 
Bu mashg‘ulot uchun guruch solingan va solinadigan idishlar shaffof bo‘lgani 
yaxshi, shunda bolalar bir idishda guruch kamayib, ikkinchisida ko‘payib borayotganini 
ayoniy ko‘rib turadilar, ya‘ni shunday qilinganda bolalar butun o‘lchash 
texnologiyasining guvohi bo‘ladilar. Shu mashg‘ulot uchun ham shaffof stakanlar olish 
ma‘quldir. 
Endi, hamma guruch o‘lchanib, bolalar hamma stakanlar sonini aytganlaridan 
keyin, tarbiyachi istalgan natijaga bolalar qanday susul bilan erishganlarini aytishi kerak. 
Shu sababli tarbiyachi: ―Bolalar biz sizlar bilan nimalar qildik‖ – deb so‘raydi. 
- Biz sanadik. 
- To‘g‘ri. Sanash uchun esa biz nimalar qildik? 
- Biz stakanlarga guruch soldik va uni to‘kdik. 


- Biz sizlar bilan guruchni o‘lchadik. Biz o‘lchadik va tog‘arachamizda qancha 
guruch borligini bildik. 
Endi guruch faqat stakanlar bilan o‘lchanmasligini [bolalar don (yorma) faqat 
stakanlarda o‘lchanadi, degan noto‘g‘ri tasavvur shakllanib qolmasligi uchun] ko‘rsatish 
payti keldi. Bolalarga piyolani ko‘srating va ―Guruchni piyola bilan o‘lchash 
mumkinmi?‖ – deb so‘rang. Bolalar javoblariga bog‘liqmas holda o‘lchash mumkinligini 
ko‘rsating, buning uchun tog‘arachadagi guruchdan ikkita piyolani to‘ldirib, ikkinchi 
tog‘arachaga ag‘daring. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin