Bolalarni
kattaliklarning tartiblangan xossalari bilan tanishtirish mumkin bo‘lib
qoladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini o‘sib borishi,
kamayib borishi atrtibida
joylashtirish bo‘yicha mashq qilib, serasion qatorning yo‘nalganligining aniqligi,
alomatni aniqlashdagi nisbiylik, qatorning qo‘shni hadlari orasidagi farqlarning tengligi
kabi xossalarini bilib oladilar. Munosabatlar tranzitivligini o‘rgatishga
katta ahamiyat
beriladi.
Bu bolalarni har qanday buyumning kattaligini bir xi kattaliklar qatorida aniq
o‘rinni egalovchi kattalik deb qarashga o‘rgatib, bolalarning buyumlarning kattaliklari
bo‘yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki ularning
matematik –va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi.
Bolalarning
ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
ish yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O‘qitishning bir
qator usullarini keltiramitz, bu usullar, bizning fikrimizcha,
bolalarni kattalikning xossalari bilan muvaffaqiyatliroq tanishtiribgina qolmay, balki
bolalarning fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Bir alomatni ajratish bu alomatni boshqa alomatlar
bilan taqqoslash bilangina
amalga oshishni hisobga olib, masofaning har xil turlari bilan tanishtirishni juft,
qarama
–qarshi tushunchalarni taqqoslash asosida amalga oshiramiz: uzunlikni kenglik bilan,
chuqurlikni balandlik bilan, qalinlikni balandlik va kenglik bilan taqqoslaymiz.
Har bir yangi tushunchani tanish (ma‘lum) tushunchalar sistemasiga, qarama –
qarshi tushunchalarni hamda bolalar hali yaxshi o‘zlashtirmagan tushunchalarni
taqqoslash shu tushunchalarni muvaffaiyatli mustahkamlashga imkon beradi.
Yangi materialni dastlabki idrok qilish qanday katta ahamiyatga egaligi ma‘lum.
Yangi parametrni ajratish uzunlik alomati kontrast bo‘lgan (yorqin ifodalangan) va
ko‘p bo‘lgan buyumlarda amalga oshiriladi. Masalan, uzunlik va knglik bilan
tanishtirishda qog‘oz poloskalari, lentalar va boshqa narsalar taqqoslanadi.
Tajriba
bolalar uzunlik, kenglik, balandlikni aniq yo‘nalishda qo‘l yordamida
belgilanganlarida har xil turdagi masofalarni farq qilish ancha engil bo‘lishini
ko‘rsatmoqda.
Masalan, uzunlikni qo‘lni buyum bo‘ylab chapdan o‘ngga o‘tkazish bilan,
kenglikni qo‘lni yuqoridan pastga qarab ko‘ndalang o‘tkazish bilan, balandlikni qo‘lni
pastdan yuqoriga o‘tkazish bilan ko‘rsatishadi. Buyumlarning uzunliklari, kengliklari,
balandliklarini, shuningdek o‘lchamlardagi farqlarni bir qo‘lning ochilgan barmoqlari
yoki ikkala qo‘lni ochib ko‘rsatishdan keng foydalanishadi.
Brusokning, silindirning holatini o‘zgartirib, bolalar bir xil masofaning o‘zi
narsaning gorizontal holatida
uzunlik deb atalishini, vertikal holatida esa balandlik deb
atalishini ko‘radilar.
Berilgan mashqlar masofalarning har xil turlarini aniq differensiyallash (farq qilish)
malakasining hsil bo‘lishiga imkon beradi, bolalarning ko‘z bilan chamalash
xususiyatlarini rivojlantiradi.
Buyumlar bilan bir qator mashqlar bajarganlaridan keyin, bolalar umumlashtirishga
o‘rgatiladi. ―Uzunlikni (kenglikni, balandlikni) qanday ko‘rsatish kerak‖ yoki ―Bu
uzunlik kanini Siz qanday bildingiz?‖ kabi bolalarga qaratilgan savollar bilimlarni
mustahkamlaydi.
Bolalarning balandlik haqidagi savolga bergan taxminiy javoblarini keltiramiz:
―balandlik bu pastdan yuqoriga qarab turishimizdir‖, ―Balandlik
bu pastdan yuqoriga
qo‘lni o‘tkaish mumkinligidir‖. Aniqlashtiramiz: ―Buyumlarning balandligini aniqlash
uchun yo qo‘lni pastdan yuqorigacha o‘tkazish, yo buyumlarning asosidan yuqori
qirrasigacha ko‘z bilan qarab chiqish kerak‖.
Taqqosla yo‘li bilangina bolalarning e‘tiborini buyumlarning kattaliklari bo‘yicha
nisbatlarini topishga qaratish mumkin, chunki kattalikni idrok qilish jarayoni o‘lchash
jarayonidir.
Bolalar
taqqoslashni ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish yoki o‘lchada o‘lchash yo‘li
bilan amalga oshiradilar.
Bolalar bilan birgalikda buyumlarni bir – birining ustiga,
yoki yoniga qanday
to‘g‘ri qo‘yish, qanday xollarda ustiga, yoki yoniga qo‘yish usulidan foydalanish
aniqlanadi.
Keyinchalik taqqoslashda hamma buyumlarni ham bir –birining ustiga yoki yoniga
qo‘yish mumkin bo‘lavermasligini aniqlashadi. Masalan, shkaf bilan bufet balandliklarini
taqqoslashda shunday bo‘ladi. Buning uchun har qaysi buyumni biror narsa bilan o‘lchash
va o‘lchovlarni taqqoslash kerak.
Shundan keyin o‘lchov sifatida nimalardan foydaanish mumkinligi aniqlanadi.
Masalan: tayoq, kanop, lenta, qo‘l barmoqlaridan o‘lchov sifatida foydalanish mumkin.
Buyumning uzunligini, kengligini aniqlashda o‘lchovdan qanday to‘g‘ri
foydalanish ko‘rsatiladi. Bunda bolalarning e‘tibori uo‘unlikni aniq bir qirradan boshlab
ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash, o‘lchovni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qo‘yish
kerakligiga qaratiladi.
Shunday qilib, bolalar
har xil taqqoslash usullaridan, shuningdek bilvosita
taqqoslashdan, ya‘ni
o‘lchashdan foydalanib, buyumlarni taqqoslashni o‘rganadilar.
Tarbiyachi shartli olingan o‘lchovdan foydalanib, bolalarni buyumlarning nisbiy
kattaliklarini aniqlashga o‘rgatadi. Buyumlarning nisbiy kattaliklarini
topishga bevosita
va bilvosita taqqoslash usullarini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat vujudga keltiriladi.
Masalan, shkaf yoki eshik baland ekanini aniqlash. Shartli olingan o‘lchov (qog‘oz
poloska, lenta, tayoq va b) dan foydaoanib, shkaf va eshikning balandliklari o‘lchanadi.
Bolalar shartli olingan o‘lchov shkafning balandligiga 6 marta, eshikning balandligiga 7
marta joylashganligi uchun eshik shkafdan baland degan xulosaga keladilar.
Katta guruhda bolalar uzunlik va balandlikni aniqlagan mashg‘ulotning bir qismini
keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: