Yangi parametrni ajratish uzunlik alomati kontrast bo‘lgan (yorqin ifodalangan) va
ko‘p bo‘lgan buyumlarda amalga oshiriladi. Masalan, uzunlik va knglik bilan
tanishtirishda qog‘oz poloskalari, lentalar va boshqa narsalar taqqoslanadi.
Tajriba
bolalar uzunlik, kenglik, balandlikni aniq yo‘nalishda qo‘l yordamida
belgilanganlarida har xil turdagi masofalarni farq qilish ancha engil bo‘lishini
ko‘rsatmoqda.
Masalan, uzunlikni qo‘lni buyum bo‘ylab chapdan o‘ngga o‘tkazish bilan,
kenglikni qo‘lni yuqoridan pastga qarab ko‘ndalang o‘tkazish bilan, balandlikni qo‘lni
pastdan yuqoriga o‘tkazish bilan ko‘rsatishadi. Buyumlarning uzunliklari, kengliklari,
balandliklarini, shuningdek o‘lchamlardagi farqlarni bir qo‘lning
ochilgan barmoqlari
yoki ikkala qo‘lni ochib ko‘rsatishdan keng foydalanishadi.
Brusokning, silindirning holatini o‘zgartirib, bolalar bir xil masofaning o‘zi
narsaning gorizontal holatida uzunlik deb atalishini, vertikal holatida esa balandlik deb
atalishini ko‘radilar.
Berilgan mashqlar masofalarning har xil turlarini aniq differensiyallash (farq qilish)
malakasining hsil bo‘lishiga imkon beradi, bolalarning ko‘z
bilan chamalash
xususiyatlarini rivojlantiradi.
Buyumlar bilan bir qator mashqlar bajarganlaridan keyin, bolalar umumlashtirishga
o‘rgatiladi. ―Uzunlikni (kenglikni, balandlikni) qanday ko‘rsatish kerak‖ yoki ―Bu
uzunlik kanini Siz qanday bildingiz?‖ kabi bolalarga qaratilgan savollar bilimlarni
mustahkamlaydi.
Bolalarning balandlik haqidagi savolga bergan taxminiy javoblarini keltiramiz:
―balandlik bu pastdan yuqoriga qarab turishimizdir‖, ―Balandlik bu pastdan yuqoriga
qo‘lni o‘tkaish mumkinligidir‖. Aniqlashtiramiz: ―Buyumlarning balandligini aniqlash
uchun yo qo‘lni pastdan yuqorigacha o‘tkazish, yo buyumlarning
asosidan yuqori
qirrasigacha ko‘z bilan qarab chiqish kerak‖.
Taqqosla yo‘li bilangina bolalarning e‘tiborini buyumlarning kattaliklari bo‘yicha
nisbatlarini topishga qaratish mumkin, chunki kattalikni idrok qilish jarayoni o‘lchash
jarayonidir.
Bolalar
taqqoslashni ustiga qo‘yish, yoniga qo‘yish yoki o‘lchada o‘lchash yo‘li
bilan amalga oshiradilar.
Bolalar bilan birgalikda buyumlarni bir – birining ustiga, yoki yoniga qanday
to‘g‘ri qo‘yish,
qanday xollarda ustiga, yoki yoniga qo‘yish usulidan foydalanish
aniqlanadi.
Keyinchalik taqqoslashda hamma buyumlarni ham bir –birining ustiga yoki yoniga
qo‘yish mumkin bo‘lavermasligini aniqlashadi. Masalan, shkaf bilan bufet balandliklarini
taqqoslashda shunday bo‘ladi. Buning uchun har qaysi buyumni biror narsa bilan o‘lchash
va o‘lchovlarni taqqoslash kerak.
Shundan keyin o‘lchov sifatida nimalardan foydaanish mumkinligi aniqlanadi.
Masalan: tayoq, kanop, lenta, qo‘l barmoqlaridan o‘lchov sifatida foydalanish mumkin.
Buyumning uzunligini, kengligini aniqlashda o‘lchovdan qanday to‘g‘ri
foydalanish ko‘rsatiladi. Bunda bolalarning e‘tibori uo‘unlikni aniq bir qirradan boshlab
ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash, o‘lchovni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qo‘yish
kerakligiga qaratiladi.
Shunday qilib, bolalar
har xil taqqoslash usullaridan, shuningdek bilvosita
taqqoslashdan, ya‘ni
o‘lchashdan foydalanib, buyumlarni taqqoslashni o‘rganadilar.
Tarbiyachi shartli olingan o‘lchovdan foydalanib, bolalarni
buyumlarning nisbiy
kattaliklarini aniqlashga o‘rgatadi. Buyumlarning nisbiy kattaliklarini topishga bevosita
va bilvosita taqqoslash usullarini qo‘llab bo‘lmaydigan vaziyat vujudga keltiriladi.
Masalan, shkaf yoki eshik baland ekanini aniqlash. Shartli olingan o‘lchov (qog‘oz
poloska, lenta, tayoq va b) dan foydaoanib, shkaf va eshikning balandliklari o‘lchanadi.
Bolalar shartli olingan o‘lchov shkafning balandligiga 6 marta, eshikning balandligiga 7
marta joylashganligi uchun eshik shkafdan baland degan xulosaga keladilar.
1. Buyumlarning o‘lchamlari haqidagi tasavvurlarning xususiyatlari: uch o‘lchovli
differensiyalash, buyumlarning o‘lchovlari bo‘yicha, tranzitivlik (to‘ppa – to‘g‘ri)
munosabatlarini o‘rnatish.
2. Bolalarning uzunlik va hajmni o‘lchash usullari va o‘lchovlar haqidagi bilimlaining
o‘ziga xosligi.
3. Bolalar o‘lchash harakatlarining xususiyatlari.
4. Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o‘lchami va kattalik bilan
tanishtirish masalasi.
5. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning o‘lchami
bilan tanishtirish (mashg‘ulotlardan qismlar ko‘rsatish).
6. Bolalarni kattalikni o‘lchashga o‘rgatish
7. Har xil yoshdagi guruhlarda bolalarni buyumarning o‘lchamlari
bilan tanishtirish
uchun didaktik o‘yinlardan foydalanish.
8. Bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun material tanlashga qo‘yiladigan
talablar.
Dostları ilə paylaş: