umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta‘riflarga, ya‘ni ―teng‖, ―ortiq‖, ―kam‖
(―katta‖, ―kichik‖) tushunchalariga o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar
masofalarining bir turi bilan farq qiladigan holda, keyinroq
masofalarning ikki turi,
nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o‘rganadilar.
Shu asosda qaysi hollarda buyumlar katta va qaysi hollarda kichik deb atalishi
tushunchasi beriladi. Agar buyumlar bir xil o‘lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, holda
ushbu aniq so‘zlar ishlatiladi; ―uzun‖, ―qisqa‖, ―keng‖, ―tor‖ va b.
Agar buyumlar ikki –uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo‘lsa, ularni katta va
kichik deb
aytiladi; katta va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog‘oz varag‘i va b.
Bolalar
kattalikning o‘zgaruvchanlik, taqqoslanuvchanlik, belgini aniqlashdagi
nisbiylik (qizil lenta ko‘k lentadan uzunroq, ammo oq lentadan kaltaroq) kabi xossalari
bilan
tanishadilar,
buyumning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarining bir qiymatli
va o‘zaro teskari xarakterini tushunib etadilar.
Bolalarni
kattaliklarning tartiblangan xossalari bilan tanishtirish mumkin bo‘lib
qoladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini o‘sib borishi, kamayib borishi atrtibida
joylashtirish bo‘yicha mashq qilib, serasion qatorning yo‘nalganligining
aniqligi,
alomatni aniqlashdagi nisbiylik, qatorning qo‘shni hadlari orasidagi farqlarning tengligi
kabi xossalarini bilib oladilar. Munosabatlar tranzitivligini o‘rgatishga katta ahamiyat
beriladi.
Bu bolalarni har qanday buyumning kattaligini bir xi
kattaliklar qatorida aniq
o‘rinni egalovchi kattalik deb qarashga o‘rgatib, bolalarning buyumlarning kattaliklari
bo‘yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki ularning
matematik –va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi.
Bolalarning
ko‘z bilan chamalash malakalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
ish yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O‘qitishning bir
qator usullarini keltiramitz, bu usullar, bizning fikrimizcha,
bolalarni kattalikning xossalari bilan muvaffaqiyatliroq tanishtiribgina qolmay,
balki
bolalarning fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Bir alomatni ajratish bu alomatni boshqa alomatlar bilan taqqoslash bilangina
amalga oshishni hisobga olib, masofaning har xil turlari bilan tanishtirishni juft,
qarama
Dostları ilə paylaş: