M u n darij a


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1. SH.A.Sodiqova ―Maktabgacha pedagogikasi‖ ―Tafakkur sarchashmalari‖ nashriyoti. 
T.,2013y. 
2. Bikbayeva N.U. Ibragimova Z.I. Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shaklantirish» T. «O‗qituvchi» ,1995y. 
3.Raxmonqulova 
―Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish‖,T.2010y


10-mavzu: Bolalarda predmetlarning o‘lchami va ularni o‘lchash haqidagi 
tasavvurlarini shakllantirish 
Dars o‘quv maqsadi: Bolalarda predmetlarining kattaligi haqidagi tasavvurlarni 
shakllantirish bo‘yicha talabalarga tushuncha berish. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: maktabgacha yosh, kattalik, taqqoslash, malaka, 
o‘lchash, faoliyat, narsalarning shakli, dastur, faoliyat. 
Reja: 
1. O’lchash haqida tushuncha ,o’lchamning asosiy xususiyatlari 
2. Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan 
tanishtirish masalasi. 
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning 
o’lchami bilan tanishtirish 
 
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘chada elementar matematik tasavvurlarni 
tarkib toptirishda dasturning ―Kattalik‖ bo‘limida narsalarni kattaliklari bo‘yicha 
taqqoclash malakalarini, o‘lchash faoliyatlarini amalga oshirishga, narsalarning 
shakllarini aniqlash va boshqa malakalarga katta ahamiyat beriladi. 
Kattaliklar. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning 
kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma‘lum o‘rinni egallaydi. 
Har qanday buyumga to‘g‘ri to‘liq tavsifnoma berishda buyum kattaliigining 
ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash 
asosidagina buyumning kattaligini ta‘riflash mumkin. 
Rus matematik metodisti D.Galanin ―kattalik‖ tushunchasining ma‘nosini bunday 
ifodalaydi: ―kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu 
xususiyat bo‘yicha buyumlarni bir –biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil 
buyumlarda har xil miqdorda bo‘lishi mumkin‖. Buyumlarni taqqoslashning mezonlariga 
ko‘ra ularning kattaliklari, tengligi yoki tengsizlik munosabati aniqlanadi. Ammo har 
doim ham buyumlar beosita taqqoslanavermaydi. Biz ko‘pincha buyumlarning 
kattaliklarini o‘zimizda hosil bo‘lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu 
o‘rinda idrok qilinayotgan buyumning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan 
taqqoslanadi, bu obrazda buyumlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo‘ladi. 
Kattalik, shuningdek, o‘zgaruvchanlik bilan ham harakterlanadi. V.V.Davidov bunday 
deydi: ―o‘lchamlar – obektning shunday holatiki, u ma‘lum chegaralargacha o‘zgara 
borib, aqqalli berilgan alohida obektni o‘zgartirsa, ham, ammo uning tur, boshlang‘ich 
sifatini o‘zgartirmaydi‖. Stol uzunligining o‘zgarishi uning kattalliginigina o‘zgartiradi, 
ammo uning mazmuni va sifatini o‘zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi. 


Kattalikning uchinchi hossasi nisbiyligidir. Haqiqatan ham, birp buyumning o‘zi 
kattaligi bo‘yicha qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, katta yoki kichik deb 
aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, kattalik buyumning shunday 
xossasiki, uni buyumdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kattalikni buyumdan 
aratib bo‘lmaydi. 
Buyumning kattaligini idrok qilib, biz buyumning hajmi borasida to‘liq mo‘ljal 
(orisitir) olamiz (va shundagina uni (katta –kichik) so‘zlari bilan aniqlaymiz) yoki 
aloihada uzunliklarning (uzunligi, kengligi, balandligi) nisbati haqida ma‘lumtga ega 
bo‘lamiz. Bunda subekt uchun har bir konkret holda seminar ahamiyatga ega bo‘lgan 
uzunlik ko‘p olda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu holda 
kattalikning ―baland‖, ―past‖, ―uzun‖, ―yo‘g‘on‖ kabi aniq ta‘riflaridan foydalanadilar. (― 
Bolaga past stul kerak‖, ―Mashinalar keng yo‘ldan bormoqda‖, ―Baland archa sotib 
olishdi‖ va h.k.)
Bir qator buyumlar borki, ular uchun ―katta – kichik‖ atamalarini ishlatib 
bo‘lmaydi. Masalan, lepta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo‘lishi mumkin; 
sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin va h.k. 
Shu bilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar buyumlarning kattaliklarini aniqlashda ―katta – 
kichik‖, ―ortiq –kam‖ so‘zlaridan foydalanishni afzal ko‘radilar. Buning sababi, 
birinchidan, bolalarning buyumlarning alohida uzunliklari (uzunliigi, kengligi, balandligi) 
ni differensiyalashtira olmasliklari, ular orqasida o‘lchamlik munosabatlarini o‘rnata 
olmasliklari va ularning har birini so‘zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, 
kattalarning o‘zlari ko‘pincha kattalikning aniq ta‘rifi o‘rniga juda umumiy bo‘lgan ―katta 
– kichik‖ atamalarini ishlatishlaridir. Demak, buyumlarning kattaliklarini aynan bir xil 
aniqlash uchun bolalarga buyumlardagi uzunlie paralarni o‘rnatishni o‘rgatish kerak. Bu 
munosabatlarga sonlargina aniqlik berishi mumkin. 
Shu munosabat bilan bolalarning kattalik haqidagi tushunchalarini tarkib toptirish 
bilan bir vaqtda ularning son haqidagi tasavvurlarini va hisoblash malakalarini 
rivojlantirib borish samaraliroq bo‘lishi mumkin. Shu sababli bolalarda kattalik haqidagi 
bilimlarni tarkib toptirishning quyidagi sistemasini maqsadga muvofiq, deb hisoblash 
mumkin: masofa parametrlarini differensiyallashtirish va ular orasidagi o‘lchov 
munosabatlarini (o‘lchashlar yordamida) o‘rnatishdan buyumlarning kattaliklarini 
butunicha hajm bo‘yicha baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E.G.Vasuro 
bunday ko‘rsatadi: ―Haqiqiy umumlashtirish obektlarni shu obektlarning muhim 
xususiyatlari bo‘yicha differensiyallashtirilgandan keyingina amalga oshadi‖. 
Buyumlarning 
kattaligini 
butunicha 
aniqlashning 
muhim 
xususiyati 
masofa 
parametrlarining o‘lcham munosabatlaridan iboratdir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattaliklarning miqdoriy bahosini bilish zarurati 
bilan har doim kundalik hayotlarida, har xil mashg‘ulotlarda, mehnat faoliyatlarida, 


o‘yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o‘rgatilgunga qadar tarqoq va 
aniqmas bo‘ladi. Chunonchi, bolalar ―katta‖ tushunchasini tasavvur qilishda har qanday 
katta miqdor ―arakteristikasini (yuqori, baland, keng, chuqur) qo‘shib yuboradilar, 
masalan, ―uzunroq‖ deyish o‘rniga bolalar ―katta‖ deyishadi, ―kichik‖ni bolalar ―past‖, 
―tor‖ va h.k. deb tasavvur qilishadi.
―Teng‖degan tasavvurni bolalar nutqidan ―bir xil‖ degan tasavvur siqib chiqargan, 
―bir xil‖ so‘zi nihoyatda keng ma‘no kasb
Etadi: bolalar bu so‘z bilan buyumlarning rangi, shakli, tayyorlangan materiali, ba‘zan esa 
kattaligi va miqdori bo‘yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar. 
Tasavvurlarning bunday aniqmasligi matematik aniqlikning va kattalik ta‘rifining, 
shuningdek, miqdor ta‘rifining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bolalarning 
maktabda o‘qishga tayyorliklarini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, kattalikning noaniq 
miqdoriy baholanishi mavjud bo‘lganda ular (ayniqsa, maktabda o‘qishning daslabki 
naytlarida) atrof sharoitdan, daftar va kitob varaqlaridan fazoviy orientasiya olishda katta 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Ba‘zi o‘quvchilar grafik ishoralarning kattaliklariga amal 
qiladilar. Bu malakalar o‘qitish o‘rgatish, jarayonida shakllanadi. Buyumlarning 
balandligi, uzunligi, kengliklari bo‘yicha taqqoslay olishni bilish bolalarning bilim 
darajalarini anchagina oshiradi. 
Kattaliklarning miqdoriy baholarining shakllanishi miqdoriy munosabatlarni 
o‘rganishda, har xil tushunchalarning, ya‘ni son, geometrik va boshqa tushunchalarning 
tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Kattaliklar 
miqdoriy 
baholarining 
shakllanishi 
miqdoriy 
munosabatlarni 
o‘rganishda, har xil tushunchalarning, ya‘ni son, geometrik va boshqa tushunchalarning 
tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Kattaliklar miqdoriy baholarining shakllanish jarayoni bolalarning so‘z – terminlar 
(baland, tor va b.), shuningdek, eng sodda matematik ifodalar (masalan, buyumlarning 
balandliklari bo‘yicha taqqoslaymiz va b) ni egallash bilan bevosita bog‘liq. 
Buyumlarning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarini tegishli belgilashlar bilan 
o‘rnatish uslubiyati kattaliklarning miqdoriy baholarining har xil darajalarining tarkib 
topishining aniq sistemasini hisobga oladi, bu ma‘lum izchillikda amalga oshirilishi 
mumkin. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin