M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Ikkinchi kichik gurux. 
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o‘rgatishdagi bosh 
vazifalardan biri bir to‘prlam elementlarini ikkinchi to‘plam elementlari bilan 
taqqochlash, solishtirish yo‘li orqali bolalarni to‘plamlarni taqqoslashga o‘rgatishdan 
iborat. Bu dastlabki bosqich kelgusida sanoq faoliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga 
ega. Bola miqdoriy taqqoslash usullarini egallaydi. Bola sanashni bilmaydi, shu sababli u 
oldin taqqoslanayotgan to‘plamlarning qaysinisi ko‘p qaysinisi kam ekanini, yoki ular 
teng quvvatli ekanini aniqlashni o‘rganadi. Bolalarda kelgusida matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish ko‘p jihatdan sanoqqa o‘rgatishning boshlang‘ich davriga bog‘liq. 
Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarda to‘plam alohida bir jinsli elementlar 
(buyumlar) majmui haqidagi tasavvurni rivojlantirishi kerak. 


O‘qitishni buyumlarining sifat, xossalarini ajratishga oid mashqlardan boshlash 
kerak. Masalan, bir qancha o‘yinchoqlar ichidan xuddi tarbiyachi qo‘lidagidek 
o‘yinchoqni topish taklif qilinadi. ―Xuddi shunday o‘yinchoqni topish taklif qilinadi. 
―Xuddi shunday kubchani (bayroqchani, sharni) ber‖. Shundan keyin har kubchani 
(bayroqchani, sharni) ber‖. Shunday keyin har xid rangli (o‘lchamli, shakldagi) 2 -3 ta 
buyum orasidan xuddi shu rangdagi (o‘lchamli, shakldagi) buyumni tanlash topshirig‘i 
beriladi. 
Navbatdagi bosqich berilgan belgi – alomatlari bo‘yicha buyumlarni tanlash va 
guruhlarga ajratishga, oid mashqlardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan: ―Qizil rangli 
hamma kubchalarni mana bu qutiga sol, bu qutiga esa hamma kichik matryoshkalarni 
yig‘, mana bunisiga esa hamma katta matryoshkalarni yig‘‖. Bunday mashqlar natijasida 
bolalar har xil buyumlarning umumiy belgilari bo‘yicha bir guruhga birlashtirish mumkin 
ekanini tushuna boshlaydilar: ―Bular qo‘g‘irchoqlar‖, ―Bular koptoklar‖, ―Bular 
bayroqchalar‖ kabi. 
Tarbiyachi bolalarni guruhdagi buyumlarning birov qismi uchungina umumiy 
bo‘lgan belgilarni ko‘ra olishga o‘rgatadi. Masalan, bayroqchalar ko‘pligini, ammo 
ularning ba‘zilari sariq, bu‘zilari esa ko‘k ekanini ko‘rsatadi. (Sariq bayroqchalar ko‘p, 
ko‘k bayroqchalar ham ko‘p). 
Miqdor haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda bir jinsli (bir xil) buyumlardan 
guruhlar tuzish va guruhni alohida buyumlarga ajratishga doir har xil o‘yin – mashqlar 
ma‘lum o‘rinni olishi kerak. Odatda bu o‘yin – mashqlar ma‘lum o‘rinini olish kerak. 
Odatda bu o‘yin mashqlar darsda ma‘lum izchillikda o‘tkaziladi.
Birinchi mashg‘ulotda bir xil o‘lcham va rangli mutlaq aynan o‘yinchoqlarning – 
sabzilar, archalar, jo‘ja qancha bo‘lsa, o‘yinchoqlar ham shuncha bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi dastlab bolalarga bittadan o‘yinchoq ulashadi, o‘z harakatlarini ushbu so‘zlar 
bilan tushuntiradi: ―Men archalar juda ko‘p. Men bolalarning hammasiga bittadan archa 
berib chiqaman. Menda bitta ham ham archa qolmaydi...‖ shunday keyin bolalarga 
murojaat qiladi ―Har biringizda nechtadan archa bor?‖ Shundan keyin tarbiyachi hamma 
o‘yinchoqni yig‘ib oladi, bunda u bitta ham yo‘q (bolada) juda ko‘p (tarbiyachida) 
so‘zlariga urug‘ beradi. 
Mashqni boshqa o‘yinchoqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin. Har gal 
tarbiyachi ko‘p, bitta, bittadan, bitta ham yo‘q, hech narsa yo‘q so‘zlarini ishlatadi; 
―Qancha?‖, ―Qanchadan?‖ – savollarini qo‘yadi. Kichkintoylar buyumlarni va ular 
qanchadanligini (ko‘p, bitta) aytadilar. Mashg‘ulotning borishida bolalar to‘plam alohida 
yuumlarga ajralishiga va alohida buyumlardan tuzilishi mumkinligiga ishonch hosil 
qiladilar. 
Ikkinchi mashg‘ulot ham shunga o‘xshash o‘tkaziladi. Dastlab oldingi 
mashg‘ulotda foydalanilgan o‘yinchoq turlarining biri bilan ish tashkil qilinadi, keyin esa 
o‘yinchoq yoki buyumlarning yangi xili olinadi, ular bir xil bo‘lishi shart emas: ular 


turlicha o‘lchamli va har xil rangli bo‘lishi mumkpn. O‘yinchoqlar guruhlarga ajratiladi, 
masalan, bir savatga sariq koptoklar, ikkinchi savatga qizil koptoklar yig‘iladi; katta 
baliqchalar katta idishga, kichik baliqchalar kichik idishga solinadi. 
Mashg‘ulotning borishida tarbiyachi umumlashtiradi. Masalan: ―Savatda (yoki to‘r 
xaltada) koptoklar ko‘p‖, ammo ―katta to‘r xaltada katta koptoklar ko‘p, kichik to‘r xalaja 
kichik koptoklar ko‘p‖ yoki ―Ariqda ko‘p baliq suzib yuribdi‖, yoki ―Qizil yoki sariq 
qayiqchalar ko‘p‖. Bu xil mashqlarni kamida to‘rt marta o‘tkazishdan iborat ekanini bilib 
olganlaridan keyin; ular bir xil buyumlar guruhlarini mustaqil ajratishni, tevarak – 
atrofdan alohida (bitta) buyumlarni va buyumlar majmuini (ko‘p) mustaqil topishi 
o‘rganadilar. 
Honada qanday buyumlar ko‘p, qaysi buyumlar bittaligini ayta olish uchun 
kichkintoylar murakkab fazoviy –miqdoriy tahlilni amalga oshiradilar, ya‘ni qandaydir 
bir buyumni ajratadilar. So‘ngra unga diqqat bilan qarab qanday buyumlar bor – 
yo‘qligini qarab, bir xil buyumlarni yagona to‘plamga xayolan birlashtirishlari kerak. 
A.M.Leushina bolalarda buyumlarning miqdoriy tomonlarini abstraktlashtirish va 
bir xil buyumlarni yagona to‘lamga hayolan birlashtirish malakasini sekin –asta 
rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab chiqdi. 
Kichkintoylarning ―Bitta‖ va ―ko‘p‖ tushunchalarini mustahkamlash uchun 
ko‘rsatilgan miqdordagi buyumlarni har xil rangli ikkita qatorga joylashtirishni taklif 
qilish mumkin. 
Tarbiyachi quyidagicha topshiriq beradi: ―Chapdagi ko‘k qatorga bitta jo‘ja, 
o‘ngdagi yashil qatorga ko‘p jo‘ja qo‘ying‖. Qatorlarning o‘rnini almashtirib yoki har 
qaysi qatorga joylashtirish kerak bo‘lgan buyumlar soni haqidagi ko‘rsatmani o‘zgartirib, 
tarbiyachi bolalarni buyumlar miqdorini oldin qatorlar rangi bilan, keyin esa ularning 
fazoviy joylashuvlari bilan bog‘lashni o‘rgatadi. 
Shuningdek, kichkintoylar buyumlarning chapda, o‘ngda, yuqorida, pastda bir – 
biriga nisbatan qanday joylashganliklarini aniqlashni ham o‘rganadilar. 
Topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi bolalardan har qaysi qatorda 
qanchadan o‘yinchoq (bitta yoki ko‘p) borligini so‘raydi. Bu xil ishga kamida ikki – uch 
mashg‘ulot ajratiladi. 
Tarbiyachi ―Topshiriq‖ o‘yinini tashkil qilishi mumkin, bu o‘yinda bolalar 
to‘plamni aniqlashni, buyumlarni mustaqil tanlashni o‘rganadilar. Bu o‘yin uchun 
buyumlar birlik va ko‘plikda berilmog‘i lozim, masalan birinchi stolga bitta, ikkinchi 
stolga ko‘p o‘rdakcha qo‘yish mumkin. Bolalar tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra oldin 
ko‘p, keyin esa bitta o‘rdakchani olib kelishadi. Topshiriqni qiyinlashtirish ham mumkin: 
bir stolning o‘ziga bitta archa va ko‘p qo‘ziqorin qo‘yish mumkn. Bu gaoda bolalar 
o‘yinchoqlarni olib kelmaydilar, balki stolga yaqin kelib. Unda nimalarni 
ko‘rayotganlarini gapirib berishadi. 


O‘yinchoq guruhlarini tobora har xil joyga, ya‘ni: stollarga, deraga tokchalariga, 
gilamga joylashtirish mumkin. Topshiriqni bajarishda oldin bolalarning e‘tiborini 
xonaning alohida joylariga (deraza tokchasi, gilamning o‘ng tomonidagi burchak va b.) 
qaratish kerak, shundan keyin ularning o‘zlari g‘am yaxshi orientir (mo‘ljal) ola 
boshlaydilar. 
Bolalar avval ―ko‘p gullar‖, ―Bitta daraxt‖ kabi sodda gaplardan foydalanadilar. 
Keyin ular ikkita sodda gapni bitta murakkab gapga birlashtirishni o‘rganadilar: ―Gullar 
ko‘p, daraxtlar esa bitta‖. 
―Bitta‖ va ―ko‘p‖ tushunchalarini mustahkamlash uchun har xil usullardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Bolalarga ko‘p marta chapak chalishni, bir marta baland 
sakrashni, bolg‘a bilan ko‘p marta taqiqllatishni, so‘ngra tarbiyachi bolg‘a bilan necha 
marta taqiillatgan bo‘lsa (2-3 martadan ko‘p emas), shuncha marta taqillatishni taklif 
qilish mumkin. Ritmikt‖ kabi sodda gaplardan foydalanadilar. Keyin ular ikkita sodda 
gapni bitta murakkab gapga birlashtirishni o‘rganadilar: ―Gullar ko‘p, daraxtlar esa bitta‖. 
―Bitta‖ va ―ko‘p‖ tushunc 
alarini mustahkamlash uchun har xil usullardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Bolalarga ko‘p marta chapak chalishni, bir marta baland sakrashni, bolg‘a bilan ko‘p 
marta taqiql 
atishni, so‘ngra tarbiyachi bolg‘a bilan necha marta taqiillatgan bo‘lsa (2-3 
martadan ko‘p emas), shuncha marta taqillatishni taklif qilish mumkin. Ritmikrin terishga 
boradi. Har qaysi bolaning qo‘lida savati bor. Tarbiyachi o‘yin syujetini rivojlantiradi: 
―Bolalar o‘rmonga borishdi. Lola qizil qalpoqchali katta qo‘ziqorin topdi. Vali esa 
jigarrang qalpoqchali kichkina qo‘ziqorin topdi. Zamira ham katta qo‘ziqorin topdi. 
Shuhrat esa kichkina qo‘ziqorinini stolga qo‘yadi. Tarbiyachi yakunlaydi: ―Har 
qaysingizda bittadan qo‘ziqorin bor, edi, endi ko‘p qo‘ziqorin bo‘ldi‖. 
―Uloqlar bilan echki‖ o‘yini. Bu o‘yinning maqsadi ayrim elementlardan to‘plam 
tuzish bo‘yicha mashq qildirish, o‘yin boshlanishiga qadar kichkintoylarni ―Bo‘ri bilan 
etti uloq‖ ertagi bilan tanishtirish, eyaki bitta, uloqlar esa ko‘p ekanini aniqlash, 
o‘yinchoq echki bilan uloqlarni ko‘rish. Shundan keyin bolalardan kimdir ko‘zini 
berkitadi, tarbiyasi esa uloqlarni har xil joyga yashiradi. Echki ma‘raydi: ―Me-e‖, bola 
ko‘zini ochib, uloqlarni qidira boshlaydi. Tarbiyachi bunday deydi: ―Uloqlar shoxdor 
echkidan yashirinishdi, qaydasiz uloqchalar, qaydasiz, jajjivoylar?‖. Bola uloqni topib, bir 
so‘zi bilan uni stolga qo‘yishi zamonoq eyaki yana ma‘raydi: ―Me-e‖. Tarbiyachi echki 
yana bitta uloqni qidirishni so‘rayapti, deydi. O‘yin hamma uloq topilguncha davom 
etadi. Eng oxirida eyaki ―Rahmat‖ uloqlar ko‘p, ularning hammasi topildi‖, - deydi.
―Jajjivoy‖ o‘yini oldingi o‘yinga o‘xshash o‘tkaziladi. Bitta mushuk va ko‘p 
mushukcha, bitta tovuq va ko‘p jo‘ja, bitta o‘rdak va ko‘p o‘rdakcha bo‘lishi mumkin va 
h.k. 


―Bitta‖ va ―ko‘p‖ tushunchalarini farq qildirish uchun sharlar, xalqachalar, 
toshchalar va boshqa narsalar bilan o‘yin o‘tkazishi mumkin. Tarbiyachi stolga bitta va 
ko‘p buyum qo‘yadi. U bitta buyumni ko‘rsatib, ―Bitta shar (tugma, xalqacha)‖ deydi. 
Shundan keyin buyumlar guruhlarini ko‘rsatadi va deydi: ―Ko‘p narsalar (tugmalar, 
halqalar)‖. Tarbiyachi bolalarga bittadan shar olishni taklif qiladi va shunday deydi: 
―Naimada bitta shar, Jasurda bitta shar, Voxidda bitta shar. Yana bitta shar kimda, 
ko‘rsating. Har kim o‘z sharini stolga savatga, qutiga qo‘ysin. Har kim o‘z sharini stolga 
savatga, qutiga qo‘ysin. Har kimda bittadan edi, endi nechta bo‘ldi? Ko‘p‖. 
Bolalarga xaltachalar, savatchalar, qutichalar tarqatish va ularga oldin bittabuyum, 
keyin esa ko‘p buyum solishni taklif qilish mumkin. 
―Bitta‖ va ko‘p tushunchalarini mustahkamlash uchun o‘yin – mashqlardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Tarbiyachi stolga bir varaq qog‘ozni qo‘yadi, uning ustiga 
istalgan hayvon o‘yinchoqlardan, masalan, olmaxonlarning bir nechtasini (5-5 tasini) 
qo‘yadi. Shundan keyin bolalarga murojjat qiladi: ―Maysazorda olmaxonlar‖ ko‘p. Men 
bitta olmaxonni mehmonga chaqiraman. Sen ham chaqir. Iroda (Said). Iroda (Said) nechta 
olmaxonni chaqirdi? Mendagi olmaxonlar nechta?‖. 
Bolalar navbati bilanto qog‘ozda bitta ham o‘yinchoq qolmaguncha bittadan 
o‘yinchoq oladilar. Tarbiyachi so‘raydi: ―Maysazorda nechta olmaxon qoldi? (Bitta ham 
qolmadi). Mendagi olmaxonlar qancha? (Ko‘p). Yana maysazorda olmaxonlar ko‘p 
bo‘lsin uchun kelinglar bunday qilaylik. (O‘yinchoqlarni oldingi joylariga qo‘yadi(. Said 
(Vohid), senda nechta olmaxon qoldi? (Qolmadi) Maysazorda olmaxonlar nechta bo‘ldi? 
(ko‘p)‖. 
Bunday o‘yin – mashqlarni boshqa hayvonlar to‘plami bilan ham o‘tkazish 
mumkin, bular o‘rdak bilan o‘rdakchalar; ayiq bilan ayiqchalar, cho‘chqa bilan 
cho‘chqachalar bo‘lishi mumkin. Bu xilmashqlarning borishida bola har bir guruh alohida 
buyumlardan iborat ekanini tushuna boshlaydi, guruhdan bitta buyumni ajratishni, ―ko‘p‖, 
―bitta‖ tushunchalarini farq qilishni o‘rganadi. Bu o‘rinda mazkur tushunchalar bir – 
biriga qarshi qo‘yilmaydi (mana- ko‘p, mana – bitta), balki bir – biriga taqqoslanadi. 
―Bitta‖ guruhning tarkibiy qismi sifatida qatnashadi. Bu mashqlarni o‘tkazishda 
tarbiyachi bolalarga tez – tez ―Qancha?‖ savolini berishi kerak; ularni ko‘p, bitta, bitta 
ham yo‘q so‘zlarini ishlatishga undashi kerak. Kichkintoylar javob berayotganida 
buyumlarning o‘zini ham, ularning miqdorini (bitta quyoncha, ko‘p quyoncha) ham 
aytishlarini talab qilish zarur. 
Mashg‘ulotga har xil illyustrasiya materiallarning kiritilishi ham bolalarning ―bitta‖ 
va ―ko‘p‖ tushunchalarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Chunonchi ―Mushuk 
mushukchalari bilan‖, ―It bilan itchalar‖ rasmlarini qarab, bolalar bitta mushuk va ko‘p 
mushukchalar, bitta it va ko‘p itchalar deyishadi, bolalar bitta sabzavot va ko‘p mevalarni 
topadilar, bitta katta nomidor va ko‘p kichik pomidorlarni topadilar. 


Jismoniy tarbiya va musiqa, tasviriy faoliyatlarga oid mashg‘ulotlarda bolalar g‘ar 
doim ―ko‘p‖ va ―birlik‖ tushunchasi bilan uchrashadilar. Masalan, koptoklar va cho‘plar 
ko‘p, xoda esa bitta, bayroqchalar va ro‘molchalar ko‘p, zina esa bitta. 
Rasm solish vaqtida tarbiyachi bolalarning qalami nechataligini so‘raydi (har 
kimda bittadan, hammada esa ko‘p). 
Musiqa mashg‘ulotida bolalar barabanning har bir taqillashiga yoki boshqa musiqa 
asbobining har bir ovoziga stulga yoki stolga bittadan o‘yinchoq qo‘yadilar. 
Tarbiyachi o‘z ishida kundalik turmushdan ham keng foydalanishi mumkin. Uning 
topshirig‘i bilan bola bitta, keyin yana bitta qoshiq keltiradi. Yoki bitta katta va ko‘p 
kichik qoshiqlarni keltiradi. Tarbiyachi bolalarga kitob o‘qib berar ekan, kitobining 
bittaligini, uning varaqlari esa ko‘pgina ekanini ta‘kidlaydi. Uchaskada sayr qilib 
yurganda tarbiyachi, bolalar e‘tiborini bitta terak va ko‘p qarag‘ay o‘sayotganiga, qumli 
joy bittaligiga, skameykalar esa ko‘p ekaniga qaratadi. 
Kichik guruh bolalari to‘plamda alohida elementni ajratishga va shu elementlarni 
bitta to‘plamga birlashtirishga, to‘plamni yagona butun deb qabul qilishga shunday qilib 
o‘rgatiladi. 
Miqdoriy tasavvurlarni shakllantirishga oid ishning navbatdagi bosqichi 
maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlar guruhlarini taqqoslashga o‘rgatish, 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin