M u n darij a


Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari Didaktik o'yin ayni zamonda ko'proq 
kichik bolalar uchun xos bo'lgan o'qitish (o'rgatish) formasidir. Uning manbalari xalq 
Pedagogikasida bo'lib, unda qo'shiq aytib, turli xarakatlar bajarib o'ynaladigan o'yinlarni 
birga qo'shish asosida ko'pgina ta'limiy o'yinlar yaratilgan. Qazillarda, qo'shiq aytib 
o'ynaladigan o'yinlarda "Ladushki", "Qo'shim boshi", "Oq terakmi - ko'k terak" kabi 


o'yinlarda ona bolasining diqqat e'tiborini tevarak - atrofdagi narsaiarga qaratadi, ularni 
nomini aytadi. 
Didaktik o'yinda bolalarning o'yin faoliyati uchun xos bo'lgan barcha strukturali 
elementlar: g'oya, mazmun, o'yin xarakatlari, qoidalari natija bor. 
Didaktik vazifaning borligi o'yinning ta'limiy xarakterini, uning mazmuni 
bolalarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilganligini ta'kidlaydi. Mashqulotlarda 
bolalar oldiga to'qridan -to'qri vazifa qo'yiladi. Masalan: "Sehrli qalpoqchalar sirini 
ochamiz" o'yinida tarbiyachi bolalarni narsa haqida gaprib berishga o'rgatish, ularning 
ravon nutqini rivojlantirish vazifasini qo'yadi. O'yin vazifasi - qalpoqcha ostidagi narsani 
bilib olishdan iborat bo'ladi. O'yin vazifasi ba'zan o'yinning nomida berilgan bo'ladi: 
"Ajoyib xaltachada nima bor ekan, bilib olamiz", "Kim qaysi uychada yashaydi" va 
qakazo. O'yinga qiziqish uni bajarishga intilish o'yin xarakatlari bilan aktivlashadi. Ular, 
o'yin xarakatlari qanchalik xilma-xil va mazmunli bo'lsa, bilish va o'yin vazifalari 
shunchalik muvaffaqiyatli qal qiladi. 
Bolalarni o'yin harakatlariga o'rgatish darkor. Shundagina o'yin ta'limiy harakter 
kasb etadi va mazmunli bo'ladi. O'yin harakatlariga esa o'yinda sinash maqsadida yurish, 
harakatning o'zini ko'rsatish, obrazni ochib berish va hakazolar orqali o'rgatiladi. 
Kichik bolalarning o'yinlarida o'yin harakatlari barcha o'ynovchilar uchun bir xil. 
Bolalar uchun o'yin vazifasi - ma'lum masofadan turib sharni darvozaga dumalatish kerak, 
bunda to'p darvozadan o'tayotganda unga osib qo'yilgan qo'nqiroqchalar jaranglab ketishi 
lozim. 
Bolalar guruqlarga ajratilsa yoki o'yinda rollar bo'lsa, o'yin harakatlari xilma-xil 
bo'ladi. Masalan, "Magazin" o'yinida xaridorlar harakati sotuvchilar harakatiga qaraganda 
boshqacha, topishmoq aytish va uni topish o'yinlarida topishmoq aytuvchilar bilan 
jumboqni topuvchilarning o'yin harakatlari turlicha bo'ladi va hokazo. 
O'yin harakatlari xajmi qam turlicha bo'ladi. Kichik guruhalarda - ko'proq 
takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda esa o'yin qarakati besh - 
oltita harakatni o'z ichiga oladi. Sport xarakteridagi o'yinlarda katta maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarning o'yin harakatlari vaqt jixatidan bo'lib yuboriladi va ketma-ket 
amalga oshiriladi. Keyinchalik, o'yin harakatlarini o'zlashtirib olgach, bolalar biror 
maqsadni ko'zlab, aniq, tez, bir - birlari bilan kelishib harakat qiladilar va o'yin vazifasini 
yaxshi bilib olgan sur'atda xal etadilar. 
Qoida didaktik o'yin elementlaridan biridir. U ta'lim vazifasi hamda o'yin mazmuni 
bilan belgilanadi va o'z navbatida, o'yin arakatlari xarakteri va uslubini belgilab beradi, 
bolalarning xatti-xarakatini, ular bilan tarbiyachi o'rtasidagi o'zaro munosabatlami yo'lga 
qo'yadi va boshqaradi. Qoidalar yordamida tarbiyachi bolalarda o'zgaradigan sharoitda 
yo'l topib olish qobiliyati, paydo bo'lgan istaklardan o'zini tiyish, emotsional - irodaviy 
zo'r berish malakasini shakllantiradi. Buning natijasida bolalarda o'z xarakatlarini 
boshqarish, ularni boshqa o'ynovchilar xarakatlari bilan bog'lash qobiliyati rivojlanadi. 


O'yin qoidalari ta'lim beruvchi (o'rgatuvchi), uyushtiruvchi va tartibga (intizomga) 
soluvchi xarakterga ega. Ta'lim beruvchi qoidalar bolalarga nimani qanday bajarish 
kerakligini o'rgatishga yordam beradi; ular o'yin xarakatlari bilan bog'liq bo'ladi, ularning 
rolini oshiradi, bajarish usullarini aniqlashtiradi; qoidalarning uyushtiruvchi xarakteri 
o'yindagi tartib, izchillik va bolalarning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi; o'yinning 
intizomga soluvchi xarakteri esa nimani qilish mumkin emasligini va nima uchun 
shunday qilmaslik kerakligini oldini oladi. 
Tarbiyachi qoidalardan extiyotkorlik bilan foydalanishi, o'yinda ularni ko'paytirib 
yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina qo'llanishi kerak. 
Tarbiyachi tomonidan o'rnatilgan o'yin qoidalarini bolalar asta-sekin o‘zlashtirib
oladilar. Shularni e‘tiborga olib, ular o‘zlari va o'rtoqlari xatti - harakatlarining 
to'g'riligini, o'yindagi o'zaro munosabatlarni baxolaydilar. 
Didaktik o'yin natijasi - har qanday yo'l bilan erishilgan g'alabagina emas, balki 
bolalarning bilimlarini o'zlashtirishda, aqliy faoliyatni rivojlantirishda, o'zaro 
munosabatlarda erishgan yutuqlari ko'rsatkichidir. O'yin vazifalari, harakatlar, qoidalar, 
o'yin natijasi bir-biri bilan o'zaro bog'langan, ana shu tarkibiy qismlardan bo'lmasligi, 
o'yinning bir butunligini buzadi, uning ta'lim va tarbiyaviy ta'sirini kamaytiradi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin