M u n darij a


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Nazorat savol va topshiriqlari 
1. Tarbiyachilar to`g`ri ish olib borishganmi?
2. Mashg`ulotlarda va kundalik hayotda bunday bolalarga individual yondashash 
nimadan iborat bo`lishi kerak?
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Mashg`ulot konspektining ahamiyati.
2. Konspektning tuzilishi.
3. Mashg`ulotlarning davo‘liyligi.
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. T.1997. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., Qosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish — T., «O‘qituvchi» 1995. 
3. Bikbaeva N.U. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
rivojlantirish» T., 1996 y.
 


5-mavzu: Hayotinini uchinchi to‘rtinchi yilida bolalarda miqdoriy tasavvurlarni 
rivojlantirish 
 Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga ilk yoshli bolalarga buyumlarning miqdoriy 
munosabatlari to‘g‘risida tushuncha berish. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: shakl, katta-kichik, taqqoslash, quticha, sensor tarbiya, 
figura. 
Reja: 
1. III-IV yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish hususiyatlari. 
2. Bolalarga geo’metrik figuralar va teshiklarni amalda bir-biri bilan solishtirishni 
o'rgatish. 
3. "Namunaga qarab tanlash" , bolalarni predmetni ko'z bilan ko'rib taqqoslashga 
o'rgatish. 
 
III-IV yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, katta-kichikligi va rangi bilan 
tanishtirish hamda ularda bu xossalarni to'g'ri idrok qilish ko'nikmalarini rivojlantirish 
masalasi sensor tarbiya sohasiga kiradi. Bu tarbiya qanchalik to'g'ri hal qilinsa, bolalarning 
faqat aqliy tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va hatto axloqiy tarbiyasi ham 
shunchalik muvofaqiyatli bo'ladi, ya'ni bolalar umuman samarali rivojlanib boradi. Masalan, 
bir yarim yashar bola ariqning kengligini chamalab ko'rib, uning ustidan hatlab o'ta 
oladimi; ikki yoshli bola besh bo'lakdan iborat martyoshkani to'g'ri yig'a oladimi; 
maktabgacha tarbiya yoshdagi bola shakli va barglariga qarab ikki xil gulni bir-biridan farqlay 
oladimi, bu gullarning shakli va rangini chizayotgan rasmida aks ettira oladimi - bularning 
hammasi ma'lum darajada bolaning idrok qilishining qanchalik rivojlanganiga bog'liq bo'ladi. 
Bola ikki-uch yoshida, - deb yozadi L.A.Venger, - o'zining sensor rivojlanishida 
muhim qadam qo'yishi lozim, ya'ni bu buyumlar o'rtasida, ularning shakli, katta-kichikligi, 
bo'shliqdagi holati, rangi va boshqa hossalari bo'yicha mavjud bo'lgan munosabatlarni ("bir 
xil" va "har xil", "katta" va "kichik" munosabatlarni) belgilab chiqishni o'rganishi kerak. 
Shakllarni to'g'ri idrok qila olish, mo'ljallay bilish qobiliyati seminar faoliyatning ko‘pgina 
turlarida, ayniqsa, ikki-uch yoshli bolalarning asosiy faoliyati - narsalarga oid faoliyatida 
juda ish beradi. O'z navbatida faqat narsaga oid faoliyatgina bir yoki ikki narsaning 
qismlarini birga qo'yish (masalan, qutichani o'z shakliga mos qopqoq bilan berkitish yoki 
matryoshkaning har ikki bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki narsani shakli, katta-kichikligiga 
qarab bir-biriga taqqoslash kabi seminar vazifalarni o‘rtaga qo'yish bilan sensor 
harakatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Narsalarni har tomonlama 
tekshirish, hisobga olish va shakliga qarab solishtirishni bilmaydigan bola bunday seminar 
vazifalarni hal qila olmaydi. 
Bundan 300 yil muqaddam buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 
bolalarga ta'lim va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib, kishida 
narsalarni his qilish qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur, chunki butun 


hayoti mobaynida uning ko'p narsalarni bilib olishi, sinab ko'rishi va bajarishiga to'g'ri 
keladi, deb yozgan edi. Komenskiy bolalarning sensor tarbiyasini to'g'ri tashkil etishga 
katta e'tibor berib, ularni 1-2 yoshidanoq voqealikdagi xilma-xil rangdagi buyumlarni bir-
biridan ajrata bilishga mashq qildirishni taklif etgan edi. U "Ona maktabi" nomli asarida 
katta yoshdagi kishilarga eng kichik bolalarni tarbiyalashda ularning e'tiborini osmon 
gumbazi, daraxtlar, gullar guzalligiga jalb qilish va chiroyli kiyimlar kiyintirishni maslahat 
bergan edi. 
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqealikda ham 
ko'rsatish juda foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi Ko‘lenskiy. 
Sensor tarbiya yuzasidan olib borilgan ish ilk yoshdagi bolalarda narsalar bilan bo‘ladigan 
harakatlarning rivojlanish darajasini, jumladan ularning ikki narsani shakliga qarab bir-
biriga taqqoslay olish ko'nikmasini, mahsus tashkil etiladigan o'yin faoliyatida namoyon 
bo'ladigan bu ko'nikmani o'rganishdan boshlanadi. Olib borilgan ish quyidagilarni: a) 
geo‘letrik figuralarni quticha teshigiga yoki tahta o'yiqlariga solish harakatlarining 
mazmuni va hususiyatlarini; b) ikki yoshga qadam qo‘ygan bolalar ikki narsani qanchalik 
taqqoslay olishlari va bu vazifani hal qilish uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v) 
hajmli va yassi figuralar bilan bir turkumi seriyali o'rgatiuvchi mashg'ulotlar o'tkazishning 
eng maqsadga muvofiq izchilligini, ya'ni dastavval bolaga nimani taklif qilish kerakligini - 
hajmli figuralar bilan o'tkaziladigan harakatlarnimi yoki yassi figuralar bilan bo'ladigan 
harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim. 
1 bosqichda tarkib toptiruvchi vazifalarga muvofiq geo‘letrik figuralarni ularning 
shaklini hisobga olib qutichaga va tahta teshiklariga to'g'ri tushirish yoki qo'yish o'rgatildi. 
O‘rgatish jarayonida ilk yoshdagi bolalar oliy nerv sestemasi va psihikasining 
rivojlanishiga oid bir qatoro'ziga hos hususiyatlarni hisobga oldik. Bu hususiyatlar 
N.M.Shchelovanov va N.M.Aksarina to‘lonidan iolmiy jihatdan asoslab berilgan bo"lib, 
quyidagilardan iborat edi: tormoz - harakatga keltirish reaktsiyalarining etarli darajada 
rivojlanmaganligi (bir yarim yoshgacha bulgan bolalarda), ihtiyoriy harakatlarning sust 
rivojlanganligi (buning natijasida nutq bilan bog'liq bo'lgan top‘hiriqlarni yahshi 
bajarmaydilar), maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga nisbatan ularda diqqatning beqaror 
bo'lishi. 
Shuning uchun ham biz solishtirish harakatlarini o'rgatish vaqtida foydalanilgan 
metodik usullarni ham shunga muvofiq tanladik: 
1. Figiralar bilan teshiklarning shaklini bolalarga barmoqlar yordamida havoda yasab 
ko'rsatish. Bolaning diqqat-e'tiborini harakatlar va predmetlarga jalb qilish, shuningdek 
ularni kattalarga o'hshab figuralar shaklini havoda chizishga undash maqsadida
barcha harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish. 
2. Harakat usullarini ko'rsatish va tushuntirib berish. Masalan, "Sharcha 
dumaloq, uni dumaloq teshikka tushiramiz", "Kubik qanday shaklda bo'lsa, 
tushiriladigan teshik ham shunday shaklda bo'ladi" va hokazo. "Huddi shunday", "Yo'q 


unday emas" degan so'zlarni aytib bolaning diqqatini predmetlarning uhshashi yoki farq 
qilishiga qaratish. 
3. Bolaning harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, figuralarni quticha va 
tahtaning teshiklariga tushirayotganda unga yordam ko'rsatish. 
Biz bolaga solishtirib ko‘rish harakatlarini mashq qilish imkonini berar ekanmiz, 
har bir topshiriqning bajarilishi ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatib boramiz. 
O‘rgatish jarayonida bolaning qiziqishini (mo'ljallash faoliyatini) oshirish 
maqsadida topshiriqlarning uchala usuli bir-biri bilan ketma-ket almashtirib turildi, bu 
navbat keyinchalik ham saqlab qolindi. 
Bizning bundan keyingi tajribalarimiz bolalarning ikkita predmetni shakli bo'yicha 
bir-biriga o'xshasligini belgilash ko'nikmasidan predmetlarni namunaga qarab tanlab 
olish sharoitida, tashqi mo'ljallash harakatlarini bajarishni istesno qiladigan tanlab olish 
sharoitida shakldarning yangi turlariga o'tishga bag‘ishlanadi. 
1 bosqichdagi o'rgatish ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, seminar topshiriqlarni bajarish 
jarayonida tarkib topgan tashqi mo'ljallash 
harakati flguralarning teshikka 
taqqoslanishiga oid seminar vazifaning o'zini ham muvoffaqiyatli bajarish imkonini 
beradi. Bolalar flgura va teshiklarning burchaklari hamda to‘lonlarni bir-biriga mos 
kelishi yo'li bilan ularningbir hilligini yoki bir hil emasligini aniqladilar, bunda ular 
shakllarning fazoda o'zaro mos kelishi kabi mezonga asoslandilar. 
Agar bu o'rinda teshikning shakli etalon fimktsiyasini bajaruvchi namuna, figura 
va tekshirilayotgan ob'ekt bo‘lib hizmat qilsa, bolalar ob'ektlarini o'zaro shakliga qarab 
taqqoslashni o'rganib oladilar, shu bilan birga ob'ektlarning bittasidan boshqasining 
shakliga baho beradigan o'lchov sifatida foydalandilar, deb hisoblash mumkin. 
Biz ikkita ob'ektni fazoda bir-biriga joylashtirish va harakat natijalarini oldindan 
ko'z bilan ko'rib turishharakatlarini muvoffaqiyatli bajargan bolalar "namunaga qarab 
tanlash" vazifasini ham ko'z bilan ko'rib bajara oladilar, ya'ni namuna bilan taqdim qilingan 
har bir ob'ektni tekshirish va ularning bir hilligini shakliga qarab belgilashni biladilar
degan fikrda edik. O‘rgatish natijasida bolalar ikki yarim yoshdan boshlab pertseptiv 
harakatlarni o'zlashtirib olganlaridan keyin murakkab shakldagi figuralarni namunasiga 
qarab tanlash vazifasini bajara oladilar. Ma'lumki, pertseptiv harakatlarda namunaning 
tanlash uchun taklif qilingan ob'ektlar bilan birga joylashuvi amalga oshiriladi va 
shakllarning mos kelishi bir hillik mezoni sifatida foydalaniladi. 
Ko'rsatib o'tilgan tajribada bolalar yassi figuralar bilan ish ko'rgan bo'salar, endi 
ular hajmli jismlar va figuralar .bilan ish ko'radilar. Bu figuralarni bir-biriga joylashtirish 
yoki fazoda namunani va ob'ektni bir-biriga sig'dirish mumkin emas. 
Bajariladigan ishlar qo'yidagilarni o'z ichiga oladi: 
1. Ikki hil shakldagi qiziqorinlarni namunaga qarab tanlash, bunda ularning 
rangiga e'tibor berilmaydi. 
2. Ikki hil shakldagi vazachalarni namunaga qarab tanlash. 


3. Ikki hil shakldagi matryoshkalarni namunaga qarab tanlash (bunda hajmga 
e'tibor berilmaydi). 
4. Uch hil shakldagi bayroqchalarni namunga qarab tanlash (bunga rangga asosiy 
e'tibor qaratilmaydi). 
Ilk yoshdagi bolalar uchun ko'p miqdordagi ob'ektlar ichidan namuna qarab tanlab 
olish vazifasi ob'ektlar orasidagi farqlar kamayganda ham qiyin ekanligini hisobga olib, 
o'rganish jarayonida ularga har to‘lonlama yordam ko'rsatildi. Namunaga qarab tanlash 
bo'yicha berilgan topshiriqlar oralig'ida bolalar ikkita ob'ektni o'zaro taqqoslash 
harakatlarini unutib qo‘ymasliklari uchun ular bilan geo‘letrik figuralarni teshikka tushirish 
bo'yidia mashg'ulotlar o'tkazildi. 
Tarbiyachi bolaga "huddi shunday figurani" ko'rsatishni taklif qilib, namunaning 
shaklini qo'li bilan fazoda yasab ko'rsatdi, uni tanlab olinadigan flguralar bilan bir qatorga 
qo'ydi va namunani figura bilan taqqoslash harakatiga bolaning o‘zini ham jalb qildi, 
uning shakli bo'yicha o'hshashligini yoki farq qilishini aniqlashni topshirdi. 
Ikki hil shakldagi qo'ziqorinni namunaga qarab tanlash. qo'ziqorinlar bilan 
o'tkazilgan mashg‘ulotda tarbiyachi ularning shaklini barmog‘i bilan havoda "yasab" 
ko‘rsatayotib, bolalarga: "Bu qo'ziqorinning oyog"i ingichka, qalpog‘i esa katta", "Ikkinchi 
qo'ziqorinning oyog'i yo‘g'on, qalpog‘i esa kichik", deb tushuntiradi. Tushuntirishdan key 
in har ikkala shakldagi qo'ziqorin bolalar stoli ustiga qator qilib qo'yiladi. Bolalar 
tarbiyachi taklifiga ko'ra har bir qo'ziqoringa mos keladigan 3 ta qiliz va 2 ta jigar rang 
qo'ziqorin tanlashlari kerak. Tarbiyachi ko'rsatadigan qo'ziqorin esa bola tanlab olish 
kerak bo'lgan qo'ziqorin uchun namuna bo‘lib hizmat qiladi. Qo'ziqorinlar bilan bo‘lgan 
mashg'ulotda qatnashgan 26 bolalar 13 tasi vazifani to'g'ri tushunib, uni mustaqil hal qildi, 
ayrim hollardagina topshiriqni takrorlashga va tarbiyachining namunaning shaklini bilan 
yasab ko'rsatishga ehtiyoj sezdilar. Bu bolalar namunaning shaklini yasab ko'rsatishni diqqat 
bilan kuzatib turdilari katta yoshdagi kishiga taqlid qilib, qo'ziqorinning oyoqchasini 
aylantirib chiqishga va uning qalpoqchasini silashga harakat qildilar, har bir qo‘ziqorinni 
uzoq ko'zdan kechirdilar.sinab ko'rilayotgan bolalar dastlabki talabga va "Sendagi huddi 
shunday qo'ziqorin qani?" degan savolga stol ustidagi har ikkala qo'ziqorinni ko'rsatdilar. 
Tarbiyachining: "qaragin, bu qo'ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki yo'g'on, uni qo'yish 
oson)" degan gapini eshitishi bilan, ular bir hildagi qo'ziqorinlarni tanlab, "Oyoqchasit 
ingichkami?", "Mana yana, mana yana!" degan so'zlarni ovoz chiqarib takrorladilar. 
Qo'ziqorinlarni qator qilib tizish, keyin ularni ko'zdan kechirish ko'p bolalarga ma'qul 
bo'ldi. Afsuski, qo'ziqorinlar jo‘rini almashtirish ko'pincha bolalarning e'tiborini asosiy 
vazifa - namunaga qarab tanlashdan nechta tortar edi. 
Mashg‘ulotda qatnashgan bolalardan 10 tasi "Yana shunday qo'ziqorinlar qaerda?" degan 
savolga darrov tushunmadi, shuning uchun ham o'ylab o'tirmasdan, mujmal javob beradi, 
goh u, goh bu qo'ziqorinni ko'rsatdi. Namunalar bilan tanishib, qo'ziqorinlarga doir 
harakatlarga mahliyo bo'ladilar, yo'g'on oyoqli qo‘ziqorinni "ochish" uchun ko'p harakat 


qildilar yoki urinib ko'rdilar, lekin uni oyoqchasi bilan turg'azib qo'yishda qiynalib, 
topshiriqni unutib qo'ydilar. Shuning uchun ham dastlabki tajribalarda tarbiyachi bolalar 
bilan birgalikda qo'ziqorinlarni ikki qator qilib qo'ydi, keyin ulardan o'zining qo'lidagi 
namunaga o'xshash qo'ziqorinlarni shu qatorlardan tanlab olishni so'radi. Yoki taqqoslash 
qulay bo'lishi uchun bolaga qo'ziqorin qalpoqchasini kafti bilan ushlab ko'rish, qo'li bilan 
qo'ziqorinning oyoqchasidan tutib turishini taklif qildi. 
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o'zoq vaqt namunani ko'zdan kechirib turdilar, 
"huddi shundaymi?" deb yana so'radilar, katta yoshdagi kishining qo'1 harakatlarini o‘z qo‘ziqor 
inlarida takrorladilar. Ko'rsatilgan ikkinchi jigar rang qo'ziqorinda ham hatoga yo'l qo'yildi: 
bola buni borshqa shakldagi jigar rang qo'ziqorin qatoriga kiritdi. Samarali o'rgatishning asosiy 
sharti bolaning vazifani
?
bu o'rinda figuraning shakli bilan teshikning shaklini bir-biriga 
taqqoslash vazifasini tushinishidir. 
Taqqoslash harakatlarini o'rgatish vaqtida qo'yidagi usullardan foydalanildi: 
1. Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning barmoqlari bilan 
havoda yasab ko'rsatish, hamma harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish. Bu usul ilk 
yoshdagi bolalarga o'rgatishda katta ahamiyatga egadir; u bir to‘londa, bolaning diqqat 
e'tiborini harakatlariga, predmetlarga jalb qilishga yordamlashsa, ikkinchi to‘londan, katta 
yoshdagi kishining harakatlariga taqlid qilishga undaydi. 
2. Bolaning hatti-harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, quticha va tahta teshiklariga 
figuralarni tushirish vaqtida seminar yordam ko'rsatish. Bolalarga taqqoslash harakatlarini 
mashq qilish imkonini berib, uning ko'zlangan natijaga erishuvini, fikri boshqa narsalarga 
chalg"imasligini,uning harakatlari hamisha ijobiy natijalar bilan tugashini kuzatamiz. Figura 
tushirilishi yoki qo'yilishi lozim bo'lgan teshikni oldin ko'rsatishni ("qaerga qo'yish 
kerak") taklif qilinadigan mahsus usul foydali bo'ladi. Bunda quticha yoki tahta boladan 
birmuncha nariroqda ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruhsat 
etiladi. Bu usul bolaning topshiriqni baj arishdagi amalda sinab ko" rish harakatlaridan ko'z 
bilan ko'rib taqqoslashga o'tishiga yordam beradi. Figurani qo'yishdan oldin bolaning 
e'tiborini figuralar bilan teshiklarning farqini bilib olishga qaratish usuli juda qul keladi. 
Hulq-atvori shoshiladigan, tez tutoqib ketadigan va harakatlari ihtiyorsiz bo'lgan bolalarga 
o'rgatishda bu usul ayniqsa yahshi samara boradi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin