emas, balki hamma bolalarni e‘tibor bilan eshitib o‘tirishga o‘rgatish kerak. Zarurat
tug‘ilsagina takrorlash mumkin.
Bog‘chadagi bolalar o‘qish, yozishni bilmaganlari uchun o‘tilgan materialni qaytarib
mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash
uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik
qaytarish,
yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan
chiqadi.
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to‘ldirib, tartibga solib boradi, bu
bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otadi va shu narsa to‘g‘risidagi tasavvur va
tushunchalarini chuqurlashtirali. Mashg‘ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab
mustahkamlashning har xil usullari qo‘llaniladi.
Bolalar o‘zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo‘lgan material so‘z orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga
oshirmoqchi ekanini so‘z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son –sanoqqa
o‘rgatishda, qurish –yasashda,
rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan
bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushuntirib berishi talab
etiladi).
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani
o‘z ichiga olsa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Masalan, son –sanoq mashg‘ulotida bolalar sanash materiali bilan o‘zlari mashqlarni
mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshirig‘iga qarab narsalar sonini kamaytirishadi
yoki ko‘paytirishadi. Buning uchun o‘yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.
Mashg‘ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o‘z vaqtida
puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg‘ulot
yakka tartibda olib
boriladigan bo‘lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish –yasash,
konstruksiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg‘ulot
tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg‘ulotni tugatish kerakligi to‘g‘risida ularni
ogohlantiradi.
Mashg‘ulotni tugatayotib, tarbiyachi o‘tkazilgan mashg‘ulotga yakun yasaydi:
bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg‘ulotda
qatnashganini gapiradi, ba‘zan kelgusi mashg‘ulotda nimalar o‘tishlarini aytadi.
Bolalarning o‘quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to‘g‘ri baholashga
bog‘liq.
Qo‘yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to‘g‘ri
baholab, ―to‘g‘ri‖ yoki ―noto‘g‘ri‖ deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha
qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida
ishini tuzatib olishiga
yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg‘ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o‘yinga taklif etadi, boshqa mashg‘lot
bo‘lmasa, sayrga tayyorlanishadi.
Mashg‘ulotda tarbiyachining bolalarga qo‘yadigan talabi ularning yoshi va
imkoniyatlariga mos bo‘lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo‘lib
mashg‘ulot o‘tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tiladi.
Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg‘ulot o‘tkazganda ikkinchi guruh bolalariga
enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida hamma bolalarning faol
qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to‘g‘ri javob berishlarini, ko‘rsatilgan narsaning
nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi.
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo‘lishsa, daslabki 1 -2 haftada
tarbiyachi faqat ―ohlagan bolalar bilangina mashg‘ulot o‘tkazadi: bolalar yangi sharoitni
yaxshi o‘zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Daslabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo‘g‘irchoq va
o‘yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo‘g‘irchoqlar yordamida mashg‘ulot o‘tkazadi.
Tarbiyachi avval bolalarda mashg‘ulotga qiziqio‘ uyg‘otadi, keyin esa mashg‘ulotning
hamma uchun majburiy ekanligini sekin –asta bolalar ongiga singdirib boradi.
Sekin –asta mashg‘ulot bolalar xulqiga moslab murakaablashtirib boriladi. Ular
mashg‘ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar: to‘g‘ri o‘tirish, chalg‘imaslik,
tarbiyachi va o‘rtoqlarini diqqat bilan eshitish, tarbiyachi so‘ragandagina
javob berish,
javob berganda o‘rnidan turish, kerak bo‘lsa stolning oldiga borish va hokazolarni
o‘rganadilar.
Katta bolalar o‘zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga osonlik bilan o‘tishlari, mashg‘ulot vaqtida ish joylarini ozoda saqlashlari,
rasmga qarab so‘zlaganda ko‘rsatkichdan foydalanishlari, javob berganda gavdalarini
to‘g‘ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo‘lishi, starli
darajada baland ovozda
gapirishlari, to‘la javob berishlari, mashg‘ulotdan keyin o‘z ish joylarini yig‘ishtirib
qo‘yishlari kerak.
Mashg‘ulot paytida talabni bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerak. Bu ikki
narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro‘siga asoslanilsa, ikkinchisi
ma‘lum talabning rivojlanishi bilan (o‘qib olish va bajarish uchun eshitish kerak, qiziqarli
bajarish zarur) amalga oshiriladi. Taqaridan qaraganda bolalar xulqida hyech qanday farq
ko‘rinmaydi –bu odatdagi intizomga xulqida hyech qanday farq ko‘rinmaydi – bu
odatdagi intizomga bo‘ysunishning natijasi,
ikkinchidan, bu o‘quv faoliyati
rivojlanganligining belgisi, ta‘limning ta‘siridir.
Mashg‘ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, maktab ta‘limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy –axloqiy qismi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: