M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

F. N. BLIXYeR 
F.N.Blixer ko`p yillar bolalarda matematik tasavvurlarini o`stirish masalalari ustida 
ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi:
«Bolalar bog`chasi va nulevoy gruppada matematika», «Didaktik o`yinlar», 
«Birinchi sinfda qiziqarli o`yinlar va mashqlar», 1932, 1934, 1938, 1945, 1958 yillardagi 
tarbiya dasturlarining matematikaga o`rgatish bo`limini ishlab chiqdi.
F.N.Blixer bolalarni sanashga o`rgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak deydi. U 
maxsus mashg`ulotlarni inkor etadi. Faqat tayyorlov gruppalardagina mashg`ulot 
o`tkazish kerak, deydi. U ko`proq yakama-yakka yo`l-yo`lakay o`rgatishni ma'qullaydi. 
Bu bilan u Tixeeva va Shlegerlarning fikrini quvvatlaydi. Blixer didaktik o`yinlarga katta 
ahamiyat beradi. U juda qiziqarli didaktik o`yinlarni ishlab chiqdi. Didaktik o`yin bu 
o`rgatishning eng asosiy metodi deydi. ―Didaktik o`yinlar‖ kitobida tarbiyachilarning ish 
tajribalaridan foydalanadi, lekin ilmiy asoslanmaydi. Chunki biz bilamizki bolalarni faqat 
maxsus mashg`ulotlardagina o`rgatish mumkin.
Didaktik o`yin esa asosiy metodlardan faqat bittasidir. Lekin u birdan bir metod 
bo`la olmaydi. U boshqa metodlar bilan birgalikda qo`llaniladi. Shunday qilib, F.N. 
Blixer 30-40 yillar ichida bog`cha ishiga katta hissa qo`shdi. Lekin hayot bir joyda 
turmaydi, oxirgi 50-60 yillar davomidagi ilmiy ishlarning natijalari bolalar bog`chasida 
elementar matematika tasavvurlarini ishini ilmiy asosda olib borish imkonini berdi. 
Hozirgi vaqtda Blixerning didaktik o`yinlaridan qisman foydalanish mumkin.
A. M. LYUShINA 
 A.M.Lyushina o`zining butun hayotiy faoliyati davomida maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarga sanoqni o`rgatish masalalari bo`yicha ish olib bordi, Lyushinaning 
pedagogik ishlari: Bolalarni bog`chada sanashga o`rgatishga tayyorlash temasi 1959-1961 
yillardan boshlab bosilib chiqdi. «Bolalar bog`chasida sanoq mashg`uloti» 1963 yilda 
bosilib chiqdi. Juda ko`p maqolalari «Doshkolnaya vospitaniya» jurnalida bosilib 
chiqardi. Pedagogika institutlari uchun «Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning 
Maktabgacha 
ta‘limda 
ELEMENTAR 
MATEMATIK 
TASAVVURLARINI 
SHAKLLANTIRISH» kitobi bosilib chiqdi. Lyushina tomonidan 1962-63 yillardagi 
dasturda ham ishlab chiqarilgan. Lyushina bolalarning elementar matematik 
tasavvurlarini o`stirish bo`limining avtori hisoblanadi. Lyushina o`zining keyingi 20-30 
yillik faoliyatida bolalarni sanoqqa o`rgatish masalalari bo`yicha ish olib bordi. U 
bolalarning matematik tasavvurlarni o`stirish bo`yicha ish olib borayotgan pedagoglar va 
shu kafedra olimlariga rahbarlik qildi.
A.M. Lyushina o`zining ishlari asosida ilmiy tekshirish eksperemental ishlari shu 
temadagi psixologlarning tekshirishi, bolalarni yaxshi tarbiyalash ilmiy tekshirishlar, 


bolalarni maktabga tayyorlashda yordam beradi. A.M.Lyushina ishlarining asosiy tanqidi 
bularni o`zining metodida isbotlaydi.
Bundan 30-40 yil oldin psixolog va pedagoglarimiz elementar matematikaning vaqt, 
tevarak-atrof, shakl bo`limlari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Bu albatta juda 
ham kech edi. 1969-70 yillardagi programmaga birinchi bo`lib matematik tasavvurlarning 
boshqa bo`limlari ya'ni vaqt, tevarak atrof, kattalik, shakl bo`limlari kiritildi. 
A.M.Lyushina sanoq bo`limi bo`yicha ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta 
maktabga tayyorlov gruppada, haftasiga 2 marta maxsus mashg`ulotlar o`tkazishni taklif 
qildi. Uning taklifiga binoan bunday mashg`ulotlar 1970 yildan boshlab o`tila boshladi.
Uning xizmatlari evaziga pedagogika institutlari va pedagogika bilim yurtlarida 
matematika kurslari uzaytirilgan. U oxirgi 20-30 yillar davomida bolalarni sanoqqa 
o`rgatish masalasi bo`yicha ish olib borgani uchun matematika tasavvurlarining boshqa 
masalalari bo`yicha ish olib borolmaydi. Lekin shunga qaramay 1968 yilda bolalar 
bog`chasi tarbiya programmasining sanoq bo`limi u tomonidan ishlab chiqildi.
A.M.Lyushinaning 1963 yilda chiqqan «Bolalar bog`chasida sanoq bo`yicha 
mashg`ulotlar» asari bolalar bog`chasining o`zida o`tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari 
qo`lyozma bo`yicha yozilgandir. Olimlar va psixologlar elementar matematika bo`yicha 
bir qancha ishlar olib bormoqdalar. A.M.Lyushina bolalarni son-sanoqqa o`rgatishni 
ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Sanoqqa o`rgatish aqliy vazifalar asosida tuzildi.
Bosqichma-bosqich o`rgatildi. Ko`pliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan tanishtirish, 
miqdor son, tartib son, sonlarni birliklardan iborat tarkibiy miqdori bilan tanishtirish, 5 ni 
2 kichik songa ajratish, kichik sondan 5 sonini hosil qilishga o`rgatish, sonlar o`rtasidagi 
munosabatlarni tushunish arifmetik masalalar yechish, ikki to`plamni taqqoslash, ular 
o`rtasidagi tenglik va notenglikni aniqlashga o`rgatish.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin