MUXAMMAD TARAG`AY ULUG`BYEK (1394 — 1449)
Muxammad Tarag`ay Ulug`bek 1394 yilda Eronda Sultoniyada tug`ilgan. Ulug`bek
— buyuk o`zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336:, 1405) nabirasi. Ulug`bekning
otasi Shohrux (1377 — 1447) ham davlat arbobi bo`lgan. Asli nomi Muxammad
Tarag`ay. 1409 yilda Shohrux otasining davlati o`rnida ikkita mustaqil davlat tuzdi. Biri-
Xyroson - markazi Xirot, ikkinchisi Movaraunnahrni (boshqarishni) markazi Samarqand.
Xirotni Shohrux o`zi boshqardi. Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug`bekka topshirdi.
Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug`bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur
bo`lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni
ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko`proq qiziqtirar edi. U 1447
yil Buxoroda, 1490 yil Samarqandda, 1432 — 1433 yillari Gijduvonda madrasa qurdirdi.
«Bibixonim» masjidi, «Go`ri — Amir» maqbarasi va «Shoxi — Zinda»ni qurilishini
nihoyasiga etkazdi.
Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o`zining
rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo`lib, uning asosiy quroli —
seketantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug`bekning ilm — fanga qiziqishida, birinchidan bobosi — Temur bilan o`zga
yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o`tkaziladigan
suhbatlar, otasi — Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va yig`ishi, yunon olimlari
Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, o`z vatandoshlari — Xorazmiy,
Beruniy Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo`lish, o`sha zamonda O`rta
Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab
bo`lgan. Bu shart — sharoitlarning hammasi Ulug`bek ilmiy yunalishining
shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo`ldi.
Ulug`bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri «Ulug`bek ziji» yoki «Zinj
ko`ragoni» deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij, kirish ya'ni nazariy qism va
Ulug`bek rasadxonasida o`tkazilgan kuzatishlar bo`yicha tuzilgan jadvallardan iborat.
Zijda yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va
yulduzlar ro`yxati bor.
Ulug`bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o`nli xona aniqligida hisoblangan.
Hisoblash vositalari deyarli bo`lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina
hisobchilar talab qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo`lgandir?!
Ulug`bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. Zijda
Ulug`bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi.
Ammo uning bu asari hozircha topilmagan.
Zijning seminar astrono‘liyaga taalluqli qismida ekliptika ekvatorga og`ishi, osmon
yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, erdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi
va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi
masalalar bor. Ulug`bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda:
1. O`zi tuzgan jadvallar yordamida.
2. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar
keltiradi.
Ulug`bekning yulduzlar ro`yxati 1018 yulduzdan iborat bo`lib, u yulduz turkumlari
bo`yicha joylashtirilgan. Ro`yxatda har bir yulduzning turkumdagi nomeridan tashqari,
uning yulduz turkumidagi o`rnining qisqacha tavsifi, 1437 yildagi teng kunlik nuqtasiga
nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.
Buyuk olimning «Risolai Ulug`bek» nomli astronomik va «tarixi arba'ulus» nomi
tarixiy asari ham o`rganilmagan. Bu asarlar, umuman fan tarixida ham ma'lum va
noyobdir.
Shuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatida va umuman, islom madaniyatida
aniq fanlar, ayniqsa, agronomiya va matematika nixoyatda muhim o`rin tutdi, chunki
musulmon qaerda bo`lishidan qat'iy nazar, erta tongdan oqshomga qadar uning uchun
besh vaqt nomoz farzdir. Nomoz vaqtlari esa har bir geografik kenglikda ham quyoshning
erdan balandligiga qarab belgilanadi. Undan tashqari islomda qabul qilingan Hijriy yil
hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat bo`lib, hilolni masjit
minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko`z bilan ko`rib aniqlangan.
Shuning uchun musulmon kishining hayoti astronomiya, matematika, jo`g`rofiya,
hunarmandlik va me'morchilikka aloqador bo`lgan.
Reaktsion doiralar tazyiqi ostida Ulug`bekning o`g`li — Abdullatif 1949 yilning
kuzida otasini Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi.
Ulug`bek jasadi Samarqandda dafn etilgan.
1449 yili Ulug`bekning fojeali o`limidan so`ng Samarqand olimlari asta sekin yaqin
O`rta sharq mamlakatlari bo`ylab tarqalib ketdilar. Ular o`zlari borgan erlarga Samarqand
olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham etkazdilar. Xususan Ali Ќushchi
1473 yil Istambulga borib, u erda rasadxona qurdirdi. Shu tariqa Ulug`bek «Zij»i
Turkiyada tarqaldi va Turkiya orqali Ovrupa mamlakatlariga ham etib bordi.
Hozirgi kundagi ma'lumotlarga ko`ra, ―Zish‖ning 120 ra yaqin forsiy nusxasi va 15
dan ortiq arabiy nusxasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: |