M u n darij a


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Nazorat savol va topshiriqlari 
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to`plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
2. Hisoblash faoliyati elementlariga o`rgatish.
3. Son. Sonlarning natural qatori va ularnint rivojlanish tarixi.
Mustaqil ish topshiriqlari: 
1. Al Xorazmiy asarlarida arifmetikaning rivojlanish haqida. 
2. Bikbaeva N.U. Ќosimova X.I. larning maktabgacha ta‘lim muassasalarida 
matematikaning o‘tilishi yuzasidan ma‘lumotlar to‘plash. 
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar
1. Z.Otajonova «Matematika o`qitishda o`rta osiyolik olimlar ijodidan foydalanish».
2. A.A.SitSalimar «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik 
tasavvurlarni shakllantirish» M., 1998. 
3. Nepomnyahaya N.I. ―3-7 yosh bolalar ta'limining psixologik analizi‖. M., 1993.


3-mavzu: Pedagogik psixologik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda 
matematik tasavvurlari rivojlantirish masalalari 
 
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga sharq matematik olimlarining asarlarida 
arifmetikaning rivojlanishi haqida bilimlar berish. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Algebra, algoritm- «Hozirgi zamon algebrasining 
otasi» Al- Xorazmiy no‘li bilan bog`liqdir. Uning «Al- Jabr val- muqobala» risolasi 
keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Zij — yil hisobi jadvallari, trigono‘letrik jadvallari, sayyoralar harakati jadvali va 
yulduzlar ro`yxati bor. 
Reja: 
1. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni 
matematika elementlariga o`rgatish to`g`risida.
2. Bikbaeva N.U. 50-90 yillarda O’zbekistondagi bolalar bog`chalarida elementar 
matematik tasavvurlarni shakllantirishga o`rgatish metodikasi masalalari. 
 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlangich maktab yoshida elementar 
matematika tasavvurlarini taraqqiy ettirish muammolari ustida ilmiy ishlar olib borgan 
pedagoglardan: Ye.N.Tixeevaning sistema va qarashlarini tanqid qildi. Bolalarni aqliy 
tomondan tarbiyalashda boshlang`ich matematik tushunchaga katta ahamiyat beradi. 
Tixeeva «bola bilimni hayotdan olishi kerak, hayotning o`zi har qadamda bolaning 
oldiga seminar vazifalarni qo`yadi, ya'ni o`lchash, sanash, ayirishlar. Har bir normal bola 
kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o`nlik 
sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi. U bolani sanashga o`rgatishda majbur 
qilmaslik kerak, faqat unga ko`rgazmali, didaktik material berish kerak deydi. Maxsus 
material bilan birgalikda tabiiy materiallar tashlandiq materiallar berish kerak, deydi. 
Tixeeva birinchi bo`lib matematik tasavvurlarga o`rgatish programmasini tuzishga urinib 
ko`radi. Son-sanoqqa o`rgatishda o`n ichida sanash, bir va ko`p tushunchasidan boshlab 
raqamlar bilan tanishtirishning soat bilan tanish masalalar yechish, kasrlar bilan 
tanishtirishni kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko`zda tutadi. Tixeeva sanamasdan 
sonlarni bir ko`rishda ilib olish metodini tavsiya etadi, ya'ni monografik metod asosida. 
1915 yilda Tixeeva ―Bog`chada son-sanoq‖ kitobini yozadi. Uning qarashlari bir-biriga 
ziddir. Nazariyada bolalarning taraqqiyotiga aralashmaslik kerak desa, amalda esa 
tarbiyachining o`yin va mashqlarida rahbarlik rollarini qo`llab-quvvatlaydi. Son haqidagi 
tushuncha tug`ma deb, bolalarni maxsus mashg`ulotlarda sanashga o`rgatishga yo`l 
qo`ymaslik kerak, deydi. Shuning uchun son-sanoq metodikasini ishlab chiqmaydi, balki 
son-sanoqqa o`rgatish programmasini belgilab chiqadi. Tixeeva didaktik va hayotiy 
materiallarning rolini ko`rsatdi, uni o`rgatishda ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik 
printsipiga amal qilishni ko`rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o`rgatishda asosiy metod 


faqat didaktik o`yin metodi deb hisoblaydi. Lekin Ye.I. Tixeevaning didaktik o`yinlari va 
didaktik materiallaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin