4-mavzu: MTT ning turli yosh guruxlarida matematika mashg‘ulotlarini tashkil
qilish
Dars o‘quv maqsadi: Talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim
berishning mazmuni,ta‘limning tashkiliy shakllari: mashg‘ulot va unga tarbiyachining
tayyorgarligi to‘g‘risida bilimlar berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: sensor tarbiya, etalon, didaktika, ta‘lim,
mashg‘ulot.
Reja:
1.Bolalar bog’chasida sensor tarbiya berish
2.Mashg’ulot- maktabgacha ta’limda o’qitishning asosiy shakli.
3. Mashg’ulotning turlari va tuzilishi.
4. Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan
mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish,
loy va plastilindan buyumlar, applikasiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun
qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga
ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning
rangiga qarab taqqoslashga o‘rgatiladi, suratlarni ko‘zdan kechirishda esa qanday qilib
rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko‘rish qobiliyati rivojlanadi.
Bog‘chada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga
o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining
xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo‘lish tufayli gul, toshlarning nomini
osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi,
nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ―oldinga‖, ―orqaga‖, ―tepada –pastda‖, ―uzoq –
yaqin‖, ―chapda –o‘ngda‖ kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar va hayotiy
vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o‘lchamining farqiga yetadilar,
ularni o‘zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiat bilan tobora ko‘proq aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari eshitib
ta‘sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning
shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur –shuturi va momaqaldiroqning
gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri –tekshirishdir.
Tekshirish –buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib,
uning natijalaridan keyinchalik ma‘lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish
jarayonida bolalar katta –kichiklikni, shaklin, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq
tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish va
farqlashga o‘rganadilar.
Mashg‘ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol
o‘ynaydi. Holbuki shu mashg‘ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarini
tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiqlab qarash, ba‘zi tovushlarni yaxshilab
eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va
hodisalarni idrok qilish malakai hosil bo‘ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va
hodisalarni idrok qilishga o‘rgatib, ularga qiladigan ishlarining ma‘nosini aniq tushuntirib
berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va u biror maqsadga
qaratilgan bo‘ladi: axir, daraxat shoxlari (novdalarini) yaxshilab ko‘zdan kechirilmasa,
uning rasmini chizish ancha qiyin bo‘ladi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko‘rishda tegishli tekshirish
usullari tanlanadi.
Masalan, qog‘oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga
qog‘oz va gazlamani g‘ijimlanganda nima bo‘lishini eshitib ko‘rishni, qog‘oz va bir
parcha gazlamani yirtib ko‘rishni, qog‘oz va gazlamadan qilingan qo‘g‘irchoq ko‘ylagini
suvda yuvishdan taklif etadi.
To‘plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko‘chiradilar, undan
kundalik hayotlarida foydalanadilar: ―kel, qumga suv quyamiz, u nam bo‘ladi, biz undan
toniyel quramiz‖, ―Bu chelakni ko‘tarma, unda qum bor, u juda og‘ir‖.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta‘rifini aniqlash, ularni ma‘lum bir
xossalariga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin va qo‘llanmalardan ham foydalanish
mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma –xil mashg‘ulotlar, mehnat, kuzatishlar
va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo‘shimcha material hisoblanadi.
Mashg‘ulot ta‘limning tashkiliy sharti ekanligi. Ta‘lim shakli deganda ta‘lim
beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun
tartibida ma‘lum bir vaqtda o‘tkaziladi.
Ta‘lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir xususiyatiga,
o‘tkazish joyiga, shuningdek kun tartibida egallagan o‘rniga qarab bir –biridan farq qiladi.
Bolalar bog‘chasida ta‘limning frontal (umumiy), guruppaviy va yakka tartibdagi
shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta‘lim berish ishlari ekskursiya,
didaktik o‘yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg‘ulotdan tashqari har xil
faoliyatlarida, ularning o‘yinlariga rahbarlik qilish jarayonida va shunga o‘xshashlarda
amalga oshirib boriladi.
Mashg‘ulot bolalar bog‘chasida bolalarga ta‘lim berishning asosiy shaklidir.
Mashg‘ulot –pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor
qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta‘lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning
bilimlarini boyitadi, madaniy –gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq –hisob
harakatlari kabi turli –tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta‘lim
berishda bosh rolni mashg‘ulot egallaydi. Mashg‘ulotlar bolalar bog‘chasida ta‘limni
tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun
majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma‘lum o‘rin va
vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda
bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab.
Mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining
mazmuni asta –sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg‘ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulot orqali
bolalar o‘quv malakasini egallab oladilar, o‘z –o‘zini yaxshi tashkil etadigan bo‘lib
qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar
rivojlanadi. Izchillik bilan ta‘lim berish natijasida bilimga qiziqishlari rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi
faoliyatda bolalar bir –birlariga faol ta‘sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini
namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar oldiga umumiy zo‘r berishni talab etuvchi
vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi.
Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish –yasash ishlarini birgalikda bajarish,
umumiy raqs –o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan
birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam
beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Mashg‘ulotda ta‘lim berish orqali bolalarda
maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat
qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to‘g‘ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta‘limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlang‘ich sinflarda
dastur materialini yaxshi o‘zlashtirib olishlarini ta‘minlovchi bilim va malakalar
mashg‘ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg‘ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi,
tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga erishish, hikoya qilinayotgan voqyeadagi
asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga
katta e‘tibor beriladi.
Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik,
bilimga iziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar
chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik hissi
takomillashtirib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o‘rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
Bolalar bog‘chasida kichkintoylarni tevarak –atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish,
ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o‘stirish mashg‘ulotlari, musiqa
mashg‘ulotlari, tasviriy san‘at mashg‘ulotlari, qurish –yasash, jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar katta yoshdagi kishilarning
har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo‘lishidan iborat bo‘lib .bu
mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa
bolalarni mashg‘ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go‘daklar ixtiyoriy diqqat o‘sib borgan
sari, bunday mashg‘ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni
bian bir yo‘la olib boriladi.
Mashg‘ulotlarda ta‘lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi,
ya‘ni u bolaning aktiv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma‘lum natijaga erishish uchun
intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun
mashg‘ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e‘tiborga olish zarur;
mashg‘ulotning vaqtini, kun tartibidagi o‘rnini, dasturning har xil bo‘limlarini to‘g‘ri
almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg‘ulotlarni kunning birinchi yarmida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki,
birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy
yorug‘liq bilan yaxshi ta‘minlangan bo‘ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir
mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha daqiqa davom etishi bolalar bog‘chasi tarbiya
dasturida ularning yosh xussiyatlarini e‘tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg‘ulot bolalarni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘tiladi.
Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo‘ladi. Mashg‘ulot setkasini tuzganda haftada
bolalarning ish oqbiliyati yuqoriroq bo‘ladigan kun tanlanadi. Ma‘lumki, haftaning
o‘rtalarida (seshanba, sorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo‘lar ekan,
bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg‘ulot tanlanadi
(elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o‘rgatish va h.k.) Jadval tuzganda
bu mashg‘ulotlarni birinchi qo‘yish kerak, bolalardan ko‘p harakat qilishni, hissiy
nagruzkani talab etuvchi mashg‘ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat)
ikkinchi qilib qo‘yiladi.
Bolalar o‘zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo‘lishi kerak. Bog‘cha
dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni (bular tabiatga
muhabbat uyg‘otadi, o‘simliklar va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash hissini
tarbiyalaydi), tarkib toptirishini nazarda tutadi: bilimlarni o‘zlashtirib olish asosida
bolalarda jonajon shahriga, o‘z vataniga, halqiga muhabbat, ulug‘ kishilarga muhabbat va
hurmat, o‘lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarja ijtimoiy hodisalar, voqyealar to‘g‘risida umumlashgan tasavvurlar
tarkib topadi. Masalan, qo‘shni o‘lkalardagi bolalarning hayoti va do‘stligi haqidagi
daslabki bilimlar asosida vatan to‘g‘risidagi daslabki tasavvurlar vujudga keladi.
Tarbiyachi yangi mashg‘ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu
mashg‘ulotlarda o‘zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog‘lanishini o‘ylab ko‘rad.
Masalan, oshpaz, kutubxonachi bilan o‘qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma –xil
mehnat turlari haqidagi ma‘lumotlar sistemasining bir qismidir. Pochtadagi turli xodimlar
mehnati haqidagi bilimlar –ijtimoiy mehnatning jamoa xarakteri to‘g‘risidagi bilimlar
sistemasining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyatini tushunish uchun bola
shunga o‘xshash ko‘pdan –ko‘p mehnat turlari bilan tanishishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |