M u n darij a


Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorlanishi



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorlanishi. Mashg‘ulotning sifati va uning natijasi 
tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko‘rganiga bog‘liq. Mashg‘ulotga tayyorlanish 


mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab 
qo‘yish, bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash. 
Tarbiyachi bir bo‘limdan bitta emas, balki butun bir mashg‘ulotlar sistemasini 
rejalashtirgandagina ma‘lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: ―Kiyim qanday 
tikiladi?‖ Mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg‘ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni 
qanday tikish to‘g‘risida gapiradi va tikish uchun kerakli narslaarni ko‘rsatadi; 
yaqinroqdagi atelyega ekskursiyaga boriladi gazlamalar to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi. 
Birinchi mashg‘ulotda bolalarning tikish va kiyim to‘g‘risidagi bilimlari aniqlanadi; 
bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo‘ladigan boshqa asboblar bilan 
tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko‘rsatib, gapirib beradi, qisman tikish jarayonini 
ko‘rsatadi. 
Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar atelyedagi asbob –anjomlarni, tikuvchilarning ish 
jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuv mashinalari, dazmollaydigan 
mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishadi va qanday qiyimlar tikilishini bilib 
olishadi. Uchinchi mashg‘ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, 
ularni bir –biridan fraqlashga o‘rgatiladi. 
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg‘ulot mazmunini qonkretlashtiradi, bajarish 
usullarini tanlaydi, bunda albatta bolalarning yoshi va imkoniyatlari e‘tiborga olinadi. 
Ba‘zi bir mashg‘ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi va u rejada ham aks 
ettiriladi. Masalan, ―Bizning bayram‖ degan Mavzudagi rasm mashg‘ulotidan oldin 
bolalar bilan bayramona yezatilgan ko‘chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko‘rish, oynan 
jahon orqali ko‘rsatilgan bayram eshittirishlari bo‘yicha suhbat o‘tkazish mumkin. 
Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg‘ulotga hissiyot tayyorgarligini ta‘minlaydi. 
Tarbiyachi mashg‘ulotning borishini batafsil o‘ylab ko‘radi. Unga ajratilgan vaqtdan 
samarali foydalanishga intiladi. 
Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan ―kiyim qanday tikiladi?‖ Mavzusiga oid birinchi 
mashg‘ulotning borishi quyidagicha bo‘lishi mumkin: pedagog bolalarga bir –birlarining 
kiyim –boshlarini ko‘zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 -4 
boladan so‘ralsa, bunga 3-4 daqiqa kerak bo‘ladi. Keyin tarbiyachi: ―Kiyimlaringizni kim 
bergan?‖, ―Magazindan tayyor holda sotib olinadigan kiyimlar qayerda tikilishini kim 
biladi?‖, ―Tikish uchun qanday buyumlar kerak?‖ degan savollarni beradi. Bu savollarga 
javob berish ham 3-4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, 
qaychi, santimetr, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko‘zdan kechirish va har bir 
buyumning vazifasini so‘zlab berish taklif etiladi. Bunga 8 -10 daqiqa vaqt ketadi. Shu 
mashg‘ulotning o‘zida tarbiyachi qo‘g‘irchoq kiyimi tikishning ayrim jarayonlarini, 
andaza bo‘yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho‘ntakni tikish, qo‘lda 
tugmalarni qadash va tikishdagi ketma –ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bunday 
mashg‘ulot 20 -25 daqiqa davom etadi.


Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan 
foydalanadi. 
Murakkab mashg‘ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda 
mashg‘ulotning mazmuni (ta‘lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo‘lgan 
jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan daslabki ishlar (agar bunga zarurat bo‘lsa), 
mashg‘ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‘rsatiladi. 
Mashg‘ulot jarayonini bayon etib yozishda mashg‘ulotning booshi va oxirida 9yakun 
chiqarish va keyingi faoliyat turiga o‘tishda) bolalarni uyushtirish va keyingi faoliyat 
turiga o‘tishda) bolalarni uyushtirishni alohida ajratib ko‘rsatish kerak. 
Mashg‘ulot muvaffaqiyatli o‘tishi uchun jihozlarni o‘z vaqtida tayyorlash o‘arur. 
Ularni tanlash mashg‘ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga 
bog‘liq. 
Odatda metodikakabinetida ―Bolalar bog‘chasida ta‘lim tarbiya dasturi‖ning hamma 
bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o‘zi 
tayyorlaydi, ba‘zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Mashg‘ulot 
uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik 
materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligini tekshiradi. 
Agar tarbiyachi ekskursiya o‘tkazadigan bo‘lsa, u oldindan ekskursiya o‘tkaziladigan 
joyga borib kelishi, kuzatish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirishni 
o‘ylab qo‘yishi, eng yaqin va xavfsiz marshrutni atnlashi kerak. Mayda sanoq materiali, 
rasm mashg‘uloti, applikasiya, qurish –yasash, uchun materiallar, she‘r, ertak matnlari 
oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Yua‘zi mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ancha oldin 
boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki ko‘chat o‘tqazishga qiziqsh 
uyg‘otish uchun ularga ko‘karib turgan o‘simlikgi ko‘rsatish kerak. Buning uchun uni 
avval yetishtirish zarur. 
Navbatchilar mashg‘ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay qilib 
joylashtiradilar, qo‘llanma va materiallarni qo‘yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa 
mashg‘ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin