M u n darij a


Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Mashg‘ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o‘tkazishga tayyorgarligi. 
Tarbiyachi bolalar bog‘chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g‘oyaviy –tarbiyaviy 
ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi 
tarbiyachining g‘oyaviy –siyosiy va ilmiy –pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik 
hisisga, pedagogik mahoratiga va ishga bo‘lgan ijodiy munosabatiga bog‘liq. 
Bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ko‘proq uning tarbiyachi shaxsiga 
munosabati bilan belgilanadi. 
Tarbiyachining o‘ziga xos xususiyati –uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi –
bolaning ruhiyatini, yosh va o‘ziga xos ruhiy –fiziologik xususiyatlarini bilishdir. 
Bolalar bog‘chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini 
hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda 


qanday namoyon bo‘lishini oldindan ko‘ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan 
tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. 
Tarbiyachi o‘z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomonidan yaxshi rivojlanishi
uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy,mehnat, estetik 
tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart –sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir 
boladagi o‘ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o‘ziga xos xususiyatlarni 
(zararli bo‘lsa) yo‘qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo‘yadi. 
Tarbiyachi har bir bolaning kelajakja haqiqiy inson bo‘lishiga yordam beradigan 
sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida 
tarbiyachining bolaga shaxsiy ta‘siri juda katta bo‘ladi. Chunki bu davrdagi har bir 
taassurot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. 
Bolani tushuna bilish va uning ma‘naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo‘r kasb 
tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo‘lish –fikrlar manbai, 
pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini 
tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Mashg‘ulotda tarbiyachi o‘z ovozidan qurol sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tins 
ovoz bolaga yaxshiroq ta‘sir etishini pedagog bo‘lishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat‘iy 
gapirish mumkin, ammo bunda so‘z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta‘sir etishi lozim. 
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti asosi bo‘lgan jismoniy 
rivojlanishiga alohida e‘tibor berishi lozim. 
Bolaning ko‘p vaqt harakatsiz o‘tirishi uning sog‘lig‘i uchun juda zararli, u bolaning 
har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko‘p harakatlarni o‘tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto‘g‘ri o‘sishiga 
olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirib borish maqsadga muvofiqdir. 
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, quvnoq muhitni tashkil etish 
lozim. Bolani: ―Tezroq yuvininglar –nonushtaga kech qolyapmiz‖, ―O‘yinchoqni tezroq 
yig‘ishtiringlar, sayrga yoki mashg‘ulotga kech qolyapmiz‖ va hokazo deb shoshiltirish 
kerak emas. 
Ta‘lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va har biri 
ijobiy natijaga erishsin. 
Bolalarning mashg‘ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida 
qo‘llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo‘llay olishlari ularning yaxshi 
o‘zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya‘ni ular hyech qanday qiyinchiliksiz bu 
bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta‘limning amaliy ahamiyati ham ana shunday 
iboratdir. 
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo‘lsa, ular bilan xilma –xil 
mashg‘ulotlar o‘tkazish mumkin, bu mashg‘ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy 
foydalanishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki yasashlari, hikoya 
qilib berishlari mumkin. Bu mashg‘ulotlar odatdagi mashg‘ulotlardan boshqacharoq qilib 


tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil materiallar beriladi va ularga rasm Mavzusini o‘zi 
bo‘lgilash, qurilishni o‘zi o‘ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday 
mashg‘ulotlar dasturning ayrim bo‘limlari bo‘yicha ta‘limning yakunlovchi bosqichlarida 
o‘tkaziladi. 
Bolalar olgan bilimlaridan o‘z o‘yinlarida keng foydalanadilar:rasm chizish, qirqib 
olish, qurish –yasash sohasidagi malakalarni qo‘llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, 
inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilimlar turli xil o‘yinlarning mazmunida 
aks ettiriladi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin