M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

O‘rta guruh 
Kattalik. Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil poloskalardan biror belgi 
(uzunlik, kenglik) ni topishga o‘rgatilgan edi. Mazkur bosqichda maktabgacha yoshdagi 
bolalar bir vaqtning o‘zida uzunlikni, kenglikni topa olish va ularni taqqoslay olish 
malakasini egallab olishlari kerak. Masalan, tarbiyachi hamma bolaga 9 xil rangli va 
uzunligi har xil, ammo kengligi (eni) bir xil bo‘lgan lentalarni tarqatadi va bolalarga 
tanish bo‘lgan usul (masalan, yonma- yon qo‘yish) bilan qaysi lenta uzun, qaysi lenta 
qisqa (kalta) ekanini topish topshirig‘ini beradi. So‘ngra uzun poloskani tanlash va uning 
uzunligi bo‘ylab barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi ―Poloskaning 
kengligi qani?‖ – deb so‘raydi va o‘zi poloskaning eni bo‘ylab qo‘lini yuritadi, keyin esa 
uning bo‘yi bo‘ylab qo‘lini yuritib chiqadi. Bolalardan poloskaning uzunligi (bo‘yi) 
kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so‘rang kerak, so‘ngra esa bo‘yicha katta, eni esa 
kichik bo‘lishini tushuntirib berish kerak. Eng qisqa poloskani qarash bilan ham 
tarbiyachi bolalarni yuqoridagiga o‘xshash xulosaga olib keladi. Mashg‘ulotning oxirida 
bolalarga poloskalarning ei bo‘yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Bolalar bir 


poloskani ikkinchi poloska ustiga qo‘yib, ular uzunliklari bo‘yicha har xil bo‘lsa ham, 
ammo enlari (kengliklari) bo‘yicha teng ekanliklariga ishonch hosil qiladilar. 
O‘ra guruhda bolalarni buyumlar orasidagi uzunlik, kenglik, balandlik bo‘yicha 
arzimas kichik farqlarni ilg‘ab olishga, har xil kattalikdagi 2 tadan ko‘p buyumlarni 
taqqoslay olishga o‘rgatish kerak. Chunonchi, bolalarga har xil uzunlikdagi 2 ta lentani 
taqqoslash taklif qilinadi, so‘ngra taqqoslanayotgan lentalardan uzunroq uchinchi lenta 
qo‘shiladi. Bolalar uzun lenta yanada uzunroq lenta bilan taqqoslaganda qisqa bo‘lib 
qolishini ko‘radilar. Har bir buyum (lenta) jufti boshqa buyumlar bilan taqqoslanadi. 
Masalan, qizil lenta ko‘k lentadan uzun, ammo sariq lentadan qisqa. Shunday qilib
bolada asta –sekin buyumlarning o‘lchamlari nisbiy harakterga ega degan tasavvur hosil 
bo‘ladi; bir obektning o‘zi, qanday buyum bilan taqqoslanayotganiga qarab, goh katta
goh kichik bo‘ladi. 
Bolalarni namunaga qarab, buyumlarni ularning uzunliklari, kengliklari, 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin