Bolalarni kam kontrastli buyumlarning kattaliklarini farqlash va qiyosiy sifatlarini
ishlatish bo‘yicha mashq qildirish uchun ularga har xil uzunlikdagi brusokdan yoki
poloskalardan zina tuzishni taklif qilish mumkin. Bundan oldin ―zina‖ pog‘onalarini,
uzunliklarini ko‘rsatib,
ikkitalab taqqoslashni, so‘ngresa butun pog‘onani o‘sib borish
tartibida ham, kamayib borish tartibida ham taqqoslashni taklif qilish maqsadga muvofiq.
Buyumlarning ayrim masofalarini differensiallashda va ular orasidagi o‘lchov
munosabatlarini o‘rnatishda etakchi o‘rinni o‘lchashga ajratilishi yuqorida aytilgan edi.
Ammo o‘lchash faoliyati ham boshqa har qanday foaliyatlar kabi maxsus malakalar
egallangandagina samarali bo‘ladi. Bu malakalar ham doim ular takrorlab turilgandagina,
o‘lchash ko‘nikmalariga ztadi. Kattalar tomonidan maqsadga muvofiq boshqarilib
turilgandagina o‘lchash malakalarini egallash (o‘zlashtirish0 mumkin bo‘ladi. Ish tajribasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘lchash malakalarini egallash besh yoshga qadam qo‘ygan
bolalarda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki
bu harakatlar katta aniqlikni,
o‘lchovni surishda qo‘l harakatlarining muvofiqlashtirilganini, sanoq va o‘lchashni birga
qo‘shib borishni talab qiladi. Shu bilan birga, A.M.Leushinaning tekshirishlari
ko‘rsatishicha, bolalar hayotining beshinchi yoshida sanoqning asosiy qoidalariningina
egallab ola boshlaydilar.
Bir vaqtning o‘zida sanoq va o‘lchash malakalarini (ularning asl ma‘nosida)
o‘zlashtirib olish bolalar uchun qiyinchilik qiladi. Shu sabbali o‘rta guruhda o‘lchashlarni
―modellashtirish‖, ya‘ni o‘lchanayotgan masofani unga joylashgan o‘lchov miqdori bilan
taqqoslashdan foydalanish maqsadga muvofiq. Misol keltiramiz.
Bolalarning stollarida har xil uo‘unlik va har xil rangdagi poloskalar qo‘yilgan.
Tarbiyachining ―Kattaliklari bo‘yicha bular qanday poloskalar?‖ – degan savoliga bolalar
bunday javob berishadi. ―Uzunliklar bo‘yicha har xil poloskalar‖, ―Biri uzun, biri kalta
poloskalar‖ va h.k.
Tarbiyachining ―Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning uzunligini bilish
uchun nima qilish kerak?‖ – degan savoliga bolalar bunday javob berishadi: ―Ularni
qarash kerak‖. ―Ularni taqqoslash kerak‖. Tarbiyachi qarash ham mumkin, o‘lchash ham
mumkin, ammo eng yaxshisi o‘lchash kerakligini aytadi.
Shunda biz har qaysi
poloskaning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o‘lchov bilan o‘lchaymiz. Tarbiyachi
bolalarga o‘lchovni ko‘rsatadi, ularni o‘lchovni ko‘rishga taklif qiladi. Qanday o‘lchash
kerakligini tushuntiradi: ―O‘lchovni men poloskaning chapdan eng chekkasiga qo‘yaman.
Birinchi o‘lchov yoniga yana bitta o‘lchovni qo‘yaman. Boshqa o‘lchov sig‘maydi‖.
Bolalar katta poloskaning uo‘unligi ikkita o‘lchovga tengligini shunday tushunib oladilar.
Shundan keyin ularga stollarida yotgan ikkinchi kesmani o‘lchash taklif qilinadi. Bolalar
har xil, ammo ko‘pincha eng uzun poloskalarni o‘lchashadi. Shundan keyin tarbiyachi
ular qanday polsokalarngi o‘lchaganliklarini, unga o‘lchov necha marta joylashganini
oydinlashtirib oladi. Bolalarning javoblarini tinglab, umumlashtiradi: ―Ko‘rayapsizmi,
hammangizning poloskachalaringizning
uzunligi har xil, poloskalaringizga o‘lchov 4
marta ham, 3 marta ham, 2 marta ham joylashgan‖. Bolalar uo‘un va qisqa poloskaning
uzunliklarini o‘lchashadi, uo‘un va qisqa poloskalarning uzunliklari nechtadan o‘lchamga
tengligini gapirib beradilar, qayis poloskaga o‘lchov ko‘p, qaysi poloskaga kam
joylashganini, nega shundayligini aniqlaydilar. Bolalarning javoblari: ―Chunki uzun
poloska kalta poloskadan uo‘unroq‖ (Munira), ―Chunki kalta poloskaning uzunligi kichik,
uzun poloskaning uzunligi katta‖ (Lola). Javoblar bolalarning taqqoslanayotgan buyumlar
orasidagi munosabatlarni tushunishlari, bu munosabatlarni so‘zlar bilan so‘zlar bilan
aniqlay olishlaridan guvohlik beradi.
Ammo bolalar nega bir poloska ikkinchi poloskadan uchun ekanini ko‘ra olishlari
uchun bunday ishni doska oldida flanelegrafda bajarish bilan chegaralanish kerak.
(birinchi poloskaga 4 ta, ikkinchisiga esa faqat e ta bir xil o‘lchov qo‘yiladi).
Shunday qilib, ikkinchi kichik va o‘rta guruhlarning
asosiy vazifalari bolalarda
buyumlarning uzunliklari, kengliklari va balandliklari (qalinliklari) ga nisbatan masofa
turlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o‘lovlari kontrast bo‘lgan ikkita buyumni taqqoslashda;
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni taqqoslashda;
v) bolalar tomonidan seriasion qatorga tartibga solib qo‘yiladigan o‘lchovlari
bo‘yicha ko‘proq kontrast bo‘lgan to‘rt – besh va undan ortiq buyumlarni taqqoslashda
buyumlarning kattaliklarini farqlash va ularni so‘zlash
bilan aniqlash malakalarini
rivojlantirishdan iborat.
Bunda bolalar bir vaqtning o‘zida o‘zaro teskari munosabatlarni o‘rnatish bilan
buyumlar kattaliklarining kamayish va o‘sish darajalarining qiyosiy bahosi (uzunroq –
kaltaroq) ni ham, ular kattaliklarining nisbiy bahosini ham (uzun – qisqa) o‘zlashtirib
oladilar. Bu bilimlarni o‘zlashtirish hajmli buyumlarning uch o‘lchovli ekanligi haqidagi
tasavvurlarni bundan keyin rivojlantirish uchun asos bo‘ladi.
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga oshirish kerak.
Chunonchi, eng oldin bolalarni yassi buyumlarda uzunlikni aniqlashga, buyumlarning
uzunliklari bo‘yicha taqqoslashga va ularning katatliklariga oid ta‘riflar berishga o‘rgatish
maqsadga muvofiq. So‘ngra buyumlarning kengligi bo‘yicha, ularning kattaliklarini
aniqlab, taqqoslash kerak. Shundan keyin
bolalar buyumlarda balandlikni, nihoyat,
qalinlik (yo‘g‘onlik) ni ajratish malakaisni egallaydilar.
Dostları ilə paylaş: