Ikkinchi kichik guruh
Kattalik. Ikkinchi kichik guruhda tarbiyachi bolalarga uzunligi, kengligi,
balandligi, shuningdek, kattaligi bo‘yicha butunlay kechkin farq qiluvchi buyumlarni
(lentalar, qog‘oz, karton polsokalari, brusoklar va b) taqqoslashni o‘rgatadi.
Buyumlarning o‘lchamlari bo‘yicha nisbatanlarini aniq so‘zlaridan foydalanib ifodalashga
o‘rgatadi: uzun –qisqa, uzunliklari bo‘yicha bir xil (teng); keng –tor, kenligi bo‘yicha bir
xil (teng) baland –past, balandligi bo‘yicha bir xil (teng), ortiq –kam, miqdori bo‘yicha
bir xil (teng).
Bunday taqqoslash uchun avval bir – biridan kattaligi bo‘yicha biror alomatiga
ko‘ra farq qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi jihatdan bir xil, bir xil rangl, bir xil
materialdan tayyorlangan, uzunliklari bo‘yicha bir xil bo‘lgan lentalarni berish mumkin.
Bir lenta ikkinchisidan biroz uzunroq (qisqaroq0 bo‘lishi kerak. Bu bolalarning
buyumlardagi masofa elementlarini ajratib yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalik alomatlari bo‘yicha buyumlarni
taqqoslashga o‘rgatishda u yoki bu obektning uzunligi kengligi, balandligi, deb nimani
aytilishini qo‘l harakati bilan ko‘rsatish zarur. Masalan, 2 ta dentaning uzunliklari
bo‘yicha taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini birinchi denta bo‘ylab ham, ikkinchi denta
bo‘ylab ham (chapdan o‘ngga) yuritib, ―bu denta uzunroq, bu lenta esa qisqaroq
(kaltaroq)‖ deb tushuntiradi. Shundan keyin bolaga barmog‘i (kafti) bilan lenta bo‘ylab
(uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha) o‘tishni taklif qiladi. Obektlarning
balandliklari bo‘yicha taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini buyum bo‘ylab pastdan yuqoriga,
asosidan ustki qirrasigacha o‘tkazadi; buyumlarning butunicha kattaligi bo‘yicha
taqqoslashda tarbiyachi qo‘lini oldin birinchi, keyin ikkinchi buyum atrofida aylantirib
chiqadi.
Bolalar buyumlarning uzunligi, kengligi, balandligi bo‘yicha yonma –yon qo‘yib
va birini ikkichisining ustiga qo‘yib taqqoslashga o‘rgatiladi. Dastlab buyumlarni yoniga
qo‘yib taqqoslashdan boshlash maqsadga muvofiq, chunki taqqoslash uchun bir xil
rangdagi buyumlar beriladi, bunday buyumlar bir –birining ustiga qo‘yib taqqoslansa,
qo‘shilib ketadi. Har xil rangdagi buyumlardan foydalanayotganda ustiga qo‘yib
taqqoslash usulidan foydalanish kerak. Tarbiyachi bu usullardan foydalanish kerak.
Tarbiyachi bu usullardan qanday qildib to‘g‘ri foydalanishni ko‘rsatadi: buyumlarning
uzunligini yoshiga qo‘yib taqqoslaganda buyumlarni shunday qator qilib qo‘yish kerakki,
ularning bir tomondagi (masalan, chapdagi) oxirlari yonma- yon tursin. Ustiga qo‘yish
usulidan foydalanganda buyumlarning nafaqat (chapdagi) oxirlarini, balki ularning ustki
va ostki qirralari (chekalari) ni ham ustma –ust joylashtiriladi. Tarbyaichi bir qismi
ko‘rinib turgan buyum uzunroq ekanini tushuntiradi.
Tarbiyachi bolalarga ajratilgan belgilarni, taqqoslanayotgan ikkala buyumning
nomini so‘zlar bilan aytishni o‘rgatadi (―Qizil lenta yashil lentadan uzun, yashil lenta esa
qizil lentadan qisqa‖).
Tarbiyachi buyumlardagi belgilarni (kenglik, baladlik) taqqoslashga doir
mashqlarga bolalarning qiziqishlarini oshirish uchun har xil o‘yin vaziyatlarini hosil
qiladi. Masalan, ayiqchalarga sharflar bog‘laydi, qo‘g‘irchoqlarga esa lentalar taqishadi.
Bitta sharf (lenta) bog‘lanadi, ikkinchisi esa bog‘lanmadi. Nega? Bir sharfni (lentani)
ikkinchisiga yonma- yon qo‘yib, tarbiyachi birinchisi ikkinchisidan qisqa ekanini
ko‘rsatadi. Ikkinchi bir o‘yin o‘yin vaziyatida nega bir ko‘prikchadan parovoz o‘tgan –u,
ikkinchisidan nega o‘tmaganini aniqlash; mashina qaysi darvozadan o‘tgan, qaysi
darvozadan o‘tmaganini, nega o‘tmaginini aniqlash talab qilinadi. ―Kimning barmoqlari
uzun?‖ ―Kimning uyi baland‖, ―Kimning sharfi keng?‖ va boshqa turdagi o‘yin –
mashqlarni o‘tkazish ham mumkin.
Shundan keyin bir xil shakldagi, har xil rangdagi bittadan boqsha komponentlari
(parametrlari) teng buyumlarni taqqoslashga kirishiladi, bunda (balandligi yoki uzunligi
va b.) bolalarning e‘tibori teng bo‘lmagan parametrlarga qaratiladi. Ajralib turgan
parametri, kattaligi bo‘yicha kontrast bo‘lgan buyumlar taqqoslash uchun olinadi, bu hol
ularni ajratishni ancha osonlashtiradi. O‘yin vaziyatidan foydalanish mumkin. Masalan,
ikkinchi kichik guruh bolalari bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda (uzunlik haqidagi
tasavvurlarni tarkib toptirishda) tarbiyachi har qaysi bolaga bir –biridan uzunligi bilan
farq qiluvchi ikkitadan rangli qalam beradi. O‘yinchoq quyon uzun qalamlarni, o‘yinchoq
mushuk esa kalta qalamlarni ―yig‘adi‖. Tarbiyachi bolalarning e‘tiborini quyonning
quloqlari uo‘un, dumi esa kalta ekaniga, mushukning dumi uzun, quloqlari esa kalta
ekaniga qaratadi.
Shundan keyin tarbiyachi bolalarni ajratilgan parametri bo‘yicha buyumlarni
bevosita taqqoslashga o‘rgatadi. Bu bosqichda bolalar seminar harakatlar (ustiga qo‘yish,
yoniga qo‘yish va b.) ni o‘zlashtirishadi. Bunday harakatlar natijasida bolalar nisbiy
kattalikni aniqlaydilar. Shu maqsadda taqqoslanuvchi parametrlari kontrast bo‘lmagan
buyumlardan foydalanishadi. Shu bilan bir vaqtda bolalarning tenglik haqidagi tasavvuri
(―balandligi, uzunligi. Kengligi‖ va b. Bo‘yicha teng) tarkib topadi. Chunonchi, ―baland –
past – teng‖ (balandligi bo‘yicha) ekanligi haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda
balandlikning o‘zini ajratilganidan keyin bolalarga, masalan, balandlikning o‘zini
ajratilganidan keyin bolalarga, masalan, balandligi bo‘yicha (kontrast bo‘lgan) farq
qilmaydigan ikkita minorachani berish mumkin. Tarbiyachi ikkita minorachani stolning
har xil chetlariga qo‘yadi va bolalardan ular balandliklari bo‘yicha teng yoki teng
emasliklarini so‘raydi. Odatdagidek bolalarning fikrlari bir xil bo‘lmaydi. Ulardan
qaysilari haq, qaysi minora baland ekanini qanday bilish mumki? Tarbiyachi ikkila
minorani yonma- yon qo‘yib, o‘z harakatlarini tushuntiradi. Bunday holatda qaysi
minoracha baland ekani hammaga ko‘rinib turadi.
Bolalarning masofalarni aniqlashlarini osonlashtirish uchun atrof – muhitdagi
shunday buyumlardan foydalanish kerakki, ularda masofa ko‘proq o‘rinni egallasin, shu
bilan bir qatorda dastlabki mashg‘ulotlarda yassi byumlardan ko‘proq foydalanish kerak.
Bundan tashqari, bolalar uchun seminar ahamiyatga ega bo‘lgan, har xil
faoliyatlardan ular keng foydalanadigan buyumlardan foydalanishga harakat qilish kerak;
bular har xil uzunlik va kenglikdagi lentalar, har xil uzunlikdagi sakragichlar, qurilish
materiallari detallari (har xil uzunlikdagi brusoklar, kengligi har xi plastinalar,
yo‘g‘onliklari har xil qilindrlar, tayoqlar), har xil balandlikdagi piramidalar, kegllar,
archachalar va boshqa ko‘pgina buyumlar va o‘yinchoqlar bo‘lishi mumkin. Har qaysi
mashg‘ulotda bolalarga tarqatma material (kengligi teng bo‘lgan holda har xil uzunlikdagi
qog‘oz poloskalar va aksincha, uzunligi teng bo‘lgan har xil kenglikdagi qog‘oz
poloskalar; har xil uzunlikdagi, har xil kenglikdagi qog‘oz poloskalar, iplar, har xil
qalinlikdai lattaputtalar va b.) bilan ishlash imkonini berish kerak. Tarqatma materiallar
bilan ishlash har bir bolaga buyumlarning kattaliklarini har tomonlama tekshirish
imkonini beradi.
Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli atamalar bilan
aniqlash malakalari tarkib topishiga va shakllanishiga imkon bergan ba‘zi mashg‘ulotlarni
qaraymiz.
Ikkinchi kichik guruhda o‘tkazilgan birinchi mashg‘ulotning dastur mazmuni
quyidagilardan iborat:
1) bolalarga taqqoslash natijasida buyumlardagi masofani ajratishni o‘rgatish;
2) yoniga qo‘yish va ustiga qo‘yish usullaridan foydalanib, taqqoslash bilan uzun
va kalta buyumlarni farqlash malakasini rivojlantirish;
3) bolalarni har xil uzunlikdagi buyumlarni mos atamalar bilan aniqlash bo‘yicha
mashq qildirish.
Mashg‘ulotlar uchun har xil uzunlikdagi ikkita lenta va ikkita chizg‘ich didaktik
material bo‘lib xizmat qiladi; bolalar uchun va qisqa (kalta) qog‘oz poloskadan
foydalanishadi. Tarbiyachi bolalar e‘tiborini doskadagi biri ikkinchisining tagiga qoqib
qo‘yilgan lentalarga qaratadi va ularning kattaliklarini topishni taklif qiladi. Bolalar bir
lenta baland, ikkinchisi past (Lola);, biri uzun, ikkinchisi qisqa (zamira); biri kalta,
ikkinchisi esa katta (said) deb javob berishadi. Ko‘rib turibmizki, Zamiragina to‘g‘ri
javob bergan. Bolalarning javoblarini aniqlashtirib, tarbiyachi ta‘kidlaydi: ―Lentalar
uzunliklari bo‘yicha har xil. Biri uzun, ikkinchisi kalta‖. Tarbiyachi lentalarning
kattaliklarini aytish bilan bir vaqtda ularni ko‘rsatadi. (―Mana uzun lentaning uzunligi,
mana kalta lentaning uzunligi‖). Shundan keyin bolalar lentalarning uzunliklarini
ko‘rsatishadi, bunda ular ko‘rsatilayotgan lentaning kattaligini aytib turishdi, 5-6 ta
boladan so‘ralganidan keyin tarbiyachi yakun yasagandek bo‘ldi: ―Bu lentalar uzunliklari
bo‘yicha har xil. Bir lenta uzun, ikkinchi lenta esa kalta‖. Har xil uzunlikdagi
chizg‘ichlarning kattaliklari ham xuddi shunday usul bilan taqqochlandi va aniqlandi.
Mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalarning hammasi tarbiyachining ushbu topshirig‘ini
bajarishadi: uzun, kalta poloskani ko‘rsat kalta poloska tagiga uzun poloskani shunday
qo‘yki, ularning chap oxirlari tekis tursin; uzun, kalta poloskaga bayroqcha, kalta
poloskaga koptok rasmini chiz. Har bir topshiriq bajarilganidan keyin tarbiyachi
bolalardan so‘rab, ularni taqqoslanayotgan buyumlarning kattaliklariga aniq ta‘rif
berishga o‘rgata bordi. Mashg‘ulot oxiriga kelib, ba‘zi bolalar hatto bunday yoyiq
gaplarning ham uddasidan chiqishdi; ―Men uzun poloskaga bayroqcha rasmni, kalta
poloskaga koptok rasmini soldim‖.
Bolalarning hammasi uzun va kalta buyumlarni to‘g‘ri ko‘rsatishdi, ammo ba‘zi
bolalar poloskalarni katta va kichik poloska, deb aniqlashni davom ettirishdi. Bunday
aniqlashlarni bir mashg‘ulot davomida amalga oshiri bo‘lmaydi. Shu sababli navbatdagi
ikki mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalarning uzun va kalta buyumlarni mos atamalar
bilan aniqlab taqqoslash va farqlash malakalarini mustahkamladi. Bunda u bolalarda har
qanday uzunlikdagi buyumlar uzun – qisqa (kalta), uzunroq – kaltaroq buyumlar kabi
umumiy tasavvurni tarkib toptirish uchun taqqoslanadigan buyumlar doirasini asta – sekin
kengaytirib borishni lozim topdi.
Shunday mashqlar natijasida bolalar buyumning nisbiy kattaligini asta –sekin ko‘z
bilan chamalab aniqlashga o‘rgatiladi. Bolada kattalik bo‘yicha munosabatlarni aniqlash
usulining o‘zi shakllanadi.
―Keng – tor – teng‖ (kengligi bo‘yicha) tasavvuri ham buyumlarni ustiga qo‘yish
usuli bilan shakllantiriladi.
―Yo‘g‘on – ingichka – teng‖ (qalinligi (qo‘g‘onligi) bo‘yicha) tasavvuri har xil
buyumlarni bevosita taqqoslash (yoniga qo‘yish usuli bilan) da shakllanadi. Buning
qalinligi bo‘yicha har xil, yo‘g‘onligi bo‘yicha har xil qalamlarni olish mumkin.
Bolalar har xil o‘lchamli buyumlarni taqqoslay oladigan va tegishli belgilarni ajrata
oladigan bo‘lganlaridan keyin ―Topshiriq‖ didaktik o‘yini o‘tkaziladi. Topshiriqni
tarbiyachi beradi (masalan, qo‘g‘irchoq nomidan), bolalar esa u aytgan buyumni
)qo‘g‘irchoqni), masalan, baland archani, uzun qalamni, keng lentani (2 – 3 juft buyumlar
orasidan tanlab) ko‘rsatishlari yoki keltirishlari kerak.
Bolalar kontrast o‘lchamli buyumlarni taqqoslashga o‘rgatilganidan keyin
tarbiyachi ularni buyumlarning uzunliklari, balandliklari bo‘yicha teng bo‘lish bilan
tanishtiradi, uzunliklari bo‘yicha bir xil (teng), balandliklari bo‘yicha bir hil (teng)
tegan ifodalardan foydalanishga o‘rgatadi. Shu maqsadda ―shunday uzunlikdagi lentani
top‖, ―balandligi shunday archani top‖ kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |