11-mavzu: Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
Dars o‘quv maqsadi: Bolalarda predmetlarining kattaligi haqidagi tasavvurlarni
shakllantirish bo‘yicha talabalarga tushuncha berish.
Tayanch so‘zlar va iboralar: maktabgacha yosh,
kattalik, taqqoslash, malaka,
o‘lchash, faoliyat, narsalarning shakli, dastur, faoliyat.
Reja:
1. Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni buyumlarning kattaliklari
bilan tanishtirish
2. Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan
tanishtirish masalasi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning
o’lchami bilan tanishtirish
Katta guruh
Katta guruhda ishlash bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi.
―Uzunlik‖, ―kenglik‖, ―balandlik‖, ―qalinlik‖ (―yo‘g‘onlik‖)
buyumlarning
kattaliklarida mustaqil orientir olish tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va
kattaliklar bo‘yicha munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi.
Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha konkret munosabatlarni o‘rnatish
tajribasi
qanchalik boy va turli –tuman bo‘lsa, keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni
umumlashtirishga, konkret tavsiflarni abstrakt ta‘riflarga, ya‘ni ―teng‖, ―ortiq‖, ―kam‖
(―katta‖, ―kichik‖) tushunchalariga o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga va uning oldin buyumlar
masofalarining bir turi
bilan farq qiladigan holda, keyinroq masofalarning ikki turi,
nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o‘rganadilar.
Shu asosda qaysi hollarda buyumlar katta va qaysi hollarda kichik deb atalishi
tushunchasi beriladi. Agar buyumlar bir xil o‘lchamdagi masofalar bilan farq qilsa,
holda
ushbu aniq so‘zlar ishlatiladi; ―uzun‖, ―qisqa‖, ―keng‖, ―tor‖ va b.
Agar buyumlar ikki –uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo‘lsa, ularni katta va
kichik deb aytiladi; katta
va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog‘oz varag‘i va b.
Bolalar
kattalikning o‘zgaruvchanlik, taqqoslanuvchanlik, belgini aniqlashdagi
nisbiylik (qizil lenta ko‘k lentadan uzunroq, ammo oq lentadan kaltaroq) kabi xossalari
bilan
tanishadilar,
buyumning kattaliklari bo‘yicha munosabatlarining bir qiymatli
Dostları ilə paylaş: