M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

O‘rta guruh 
O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarning aktiv lug‘atlarida sutka qismlarinin g 
nomlarini 
mustahkamlaydi, 
bolalarning 
vaqtning 
bu 
oraliqlari 
haqidagi 
tasavvurlarini chuqurlashtiradi va kengaytiradi. U doimo bolalar e‘tiborlarini 
sutka qismlarining almashinishi ketma-ketligiga qaratadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar har doim ertalab kechasidan keyin kelishini va kunduzi bnlan 
almashinishnni, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasn bilan 
almashinishinn bilib oladilar. 
Sutka qismlarining ketma-ketligini bilishlarini mustahkamlash uchun 
rasmlarni qarashni, ular bo‘picha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga 
muvofnq. Rasmlar qarab bo‘linganidan keyin, bolalarga ularnn stollarga to‘g‘ri 
ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish 
topshnrig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka 
haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va "sutka so‘zining mazmunini ochib 
berish mumkin. 
O‘rta guruhda bolalar «kecha», «bugun», «ertaga» tushunchalarini farqlashni 
o‘rganib olishlari kerak. Kattalar tomonidan tegishli nomlardan har doim 
foydalanish bunnng uchun eng yaxshi sharontdir. Masa-lan, bolalarga yangi 
o‘yinchoqni ko‘rsatishdan oldin tarbnyachn _ularga bugun u yangn o‘yinchoq 
ko‘rsatishi va ular shu o‘yinchoqni o‘ynashlari haqida ogohlantirishy kerak. Yeki 
tarbiyachi bolalarga kecha nima bilan mash-g‘ul bo‘lgapliklarnni, bugun ertalab 
nima qilganlik-larini eslashni taklif qiladi. Bolalarga bunday deyish mumkin: 
«Bugun biz sizlar bilan loy va plastilindan narsalar yasanmiz, ertaga esa, rasm 
chizamiz». Kecha biz sizlar bilan uchastkada sayr qildik, bugun esa parkka 
boramiz» va h.k. Maktabgacha yoshdagi bola-lar tarbiyachi bilan har doim 
shunday muloqotda bo‘lib, bu tushunchalarni o‘zlashtiradilar. Konkret misollarda 
«tez-sekin» tushunchalari bilan tanishadilar. 
Urta guruhda bolalarda vaqt bo‘yicha mo‘ljal olish malakalarini 
shakllantirish ishini kichik guruhda qanday o‘tkazilgan bo‘lsa, shunday 
o‘tkaziladi; tarbiyachi o‘yin usullaridan, illyustrativ materialdan keng foydalanadi, 
bolalarning u yoki bu vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan tabi at hodisalari, 
odamlarning harakatlari haqidagi tasavvurlarini faollashtiradi -Urta guruhda sutka 
qismlarpning ketma-ketligini yaxshi eslab qolish uchun endn ramziy ayoniylik 
elementlaridan foydalanish mumkin. Chunonchi sutkaning qismlari har xil 
rangdagi doirachalar bilan tasvirlanadi. Masalan, oq doiracha kunduzini, qora 
doiracha kechasnni, sariq doiracha ertalabni, ko‘k doiracha kech-qurunni bildiradi. 
Dastlab bolalar xotirasida sutka qismlarining xarakterli belgilarini 
faollashtirish va bolalarni sekin-asta ular ketma-ketligini egallashga olib kelish 
maqsadga muvofiq. Mashg‘ulotni, masalan, bunday o‘tka-zish mumkin. 
Ayiq keladi, bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi nega u g‘amgin ekanini 
so‘raydi. Ayiq rasmlar olib kelganini, bolalarga tartibi bilan: ertalab, kech-qurun, 
kunduzi, kechasini ko‘rsatmoqchi ekanini,ammo hammasini aralashtirib 
yuborganini, endi ertalab qayerda, kunduzi qayerda, kechqurun qayerda, kechasi 
qayerda ekanini bila olmayotganini aytadi. Tarbiyachi rasm -larni tartibga solishda 


aniqqa yordam berishni taklif qiladi, bolalardan rasmlarni qanday joylashtirish 
kerakligini so‘raydi. Doskaga tartibsiz joylashtiril-gan rasmlar orasidan bolalar 
ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi tasvirlangan rasmlarni topadilar va ularni 
kerakli tartibda joylashtiradilar. Bolalar rasmlarni tartibga solib olgunlaricha, 
tarbnyachi ular-ga sutkaning har xil qismlari haqida topishmoqlar aytadi. 
Topishmoqlar ko‘proq qiziqarli bo‘lyshi uchun ularni she‘rlar shaklida olish 
ma‘qul. 
Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi doim ertalabdan keyin kunduzi kelishi, keyin 
kechqurun kelishi, so‘ngra kechasi, kechasidan keyin yana ertalab kelishinn ta‘ -
kidlaydi. 
Keyinroq bolalar sutka qismlari ketma-ketligini, ularning istalganidan 
boshlab aniqlashni o‘rganadilar, «sutka» tushunchasini o‘zlashtiradilar. Bu ishda 
har xil rangdagi doirachalardan sutkaning har xil qismlarini aniqlash uchun 
belgilar sifatida foyda-lanish mumkin. 
Tarbiyachi mashg‘ulotda oldin bolalarning sutka qismlarining ketma-ketligi 
haqidagi bnlimlarini aniqlashtiradi: «Ertalab o‘tishi bilan nima boshla-nadi? 
Ertalab qachon boshlanadi?» Shundan keyin doirachalarni ko‘rsatadi va ular bilan 
ertalabni, kechqurunni, kunni va kechasini belgilash mumkinligini aytadi. Oq 
doiracha kunduzini bildiradi. Qora doiracha kechasini bild iradi. Kechasi qorong‘u 
bo‘ladi. Sa-riq doiracha ertalabni bildiradi. Ertalab quyosh chiqadi. Ko‘k doiracha 
kechqurunni bildiradi. 
Tarbiyachi doirachalarni ushbu tartibda joylash-tiradi: sariq, oq, ko‘k, qora 
va bolalardan doirachalar rangini aytish va ular nimani bildirishnni tushuntirib 
berishni so‘raydi. Shunday doirachalar hamma bolalarga ham beriladi- 
Tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan, ular kunduzni, kechani, ertalabni, 
kechqurunni bildiruvchi doirachalarni ko‘rsatnshadi. 
Keyingi mashg‘ulotda bolalarda sutka qismlari-ning istalganidan 
boshlanadigan ketma-ketligi haqidagi bilimlarni shakllantirishga doir ish qilinadi. 
Pannoga har xil rangdagi doirachalar qo‘yiladi. Bolalar har qaysi doirachaning 
rangi nimani bildirishini eslashadi va ularni rangi bo‘yicha sariq, oq, ko‘k, qora 
(ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi) tartibnda joi -lashtiradilar. Bolalar sutka 
qismlarining ularning istalganidan boshlangan ketma -ketligini o‘rnatish bo‘yicha 
shu usulda mashq qiladilar. 
Tarbiyachi bunday deydi: «Ertalab, kunduzi, kechquro‘n, kschasn — 
bularnnng hammasi sutkannng qnsmlarndnr. Sutka har doim shu to‘rtta qismdan 
iborat. Endi syz sutkaning qaysi qismlarini bilasiz? Ertalabdap keyin sutkaning 
qaisi qismi keladi? Ularni Tartibi bilan ayting. Kechqurundan keyin sut kaning 
qaysi qismn keladi? Ularnn tartibi bilan ayting. Ertalab, kupduzi, kechqurup va 
kechasi birgalikda nimani tashkil qiladi? (sutka)». 
Shundan keyin bolalar sutkalarning almashinishi bnlan tanishadilar, 
«kscha», «bugun», «ertaga» tushunchalarini o‘zlashtiradilar. Doirachalar — sutka 
qism-larining ramzidan foydalanib, bolalar qaysi qismdan xohlashsa, o‘sha 
qismdan boshlab sutkaning hamma qismini tartibi bilan aytadilar - 
Tarbiyachi bolalarga sutkalar har doim bir-birn bilan almashnnishini 
tushuntiradi. 


Kechasi soat zang urganda bir sutka tamom bo‘lnb, pkknnchi sutka 
boshlanadi. Soat zang urguncha bo‘lgan sutqa kecha deb ataladi. U o‘tib bo‘lgan 
bo‘ladi. Soat zang urgandap ksGshn boshlangan sutka b u g u n deb ata-ladi. 
Soatning zang urishidan keyin keladigan sutka ertaga deb ataladi. Sutkalarning 
hammasida to‘rtta qism mavjud: ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi. 
Bolalar kecha ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi kima qilganlarini va 
ertaga nima qilishlarini gapirib beradilar. Kepingi mashg‘ulotlarda bu bili mlar 
mustahkamlanadi. 
O‘rta guruhda bolalar sutkalar va ularning qismlarini farqlashnigina emas, 
balki harakat tezliklarini, ya‘ni tez, sekinni umumiy tarzda aniqlaydilar. Masalan, 
stol yoniga chaqirilgan ikkita bola sayr qilish uchun qo‘g‘irchoqni kiyinti radilar, 
yaproqlardan pamunaga qarab gul tuzadilar va h.k. Qolgan bolalar bu ishni kim 
tezroq, kim sekinroq bajarganini kuza-tyb turadilar. Bolalar mavjud tasavvurlariga 
taya-nnb, nima tezroq uchishini (chopishini, suzishini), tayyorami (samolyotmi) 
yoki qushmi, o‘rdakmi yoki baliq-mi, itmi yoki sigirmi va h.k. taqqoslashadi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin