M u n darij a



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/95
tarix21.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#118955
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
744c11cd454b1b94aac88582bc98150b Matematik TSH

Ikkinchi kichik guruh 
Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kunda-lik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun 
tartibi (qat‘iy o‘rnatilgan turish vaqti, tonggi gimnastika, mashg‘ulotlar, ovqatlanish, 
hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish 
uchun real sharoitdir. Sutka davomida tarbiyachi bolalar e‘tiborinn ular faoliyatlari xa-
rakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi. 
Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi faoliyat turlarini 
sanab o‘tadi, masalan: «Hozir er-talab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonush-ta 
qilasiz». yoki «Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa 
shug‘ullanamiz». 
Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan kechasi, 
ertalab (uyg‘onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib berishni so‘raydi. 
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlan-tirishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda 
bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi 
bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lgan faoliyat turlari tasvirlangan 
rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: «rasmda tasvirlangan bolalar nnma 
qilnshmoqda? Buni ular qaysn vaqtda qilshnmoqda?» Ushbu savollarga javob berish 
taklif qilinadi: «Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va h.k. 
Kichkpntonlarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurum tasvirlangan rasmlarni sutkaning 
berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan seminar faoliyatlari tavsiflangan hikoyalardan
she‘rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalapish mumkin. 
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ularnipg sutkaning u yoki bu vaqtiga mos keladigan 
faoliyatlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi, illyustrativ 
materiallardan foydalanib va ularsiz didaktik o‘yinlar o‘tkazadi, suhbatlashadi, hikoyalar, 
ertaklar o‘qiydi. 
Tarbiyachn asta-sekin bolalar sutka qnsmlarining xarakterli belgilarinn farqlashlarnga, 
ularni gapirib berishlariga erishadi. 
Ishni vaqtning oraliqlarn, ya‘ni kunduz-kecha, ergalab-kechqurun, yaqqol tasvirlangan 
rasmlarni qarashdan boshlagan ma‘qul. Bunda tarbiyachi bolalarning vaqtning u yoki bu 
oralig‘idagi faoliyatlari haqidagi xotiralarini faollashtiradi. Masalan, kun tas-virlangan 
rasmni ko‘rsatadi va so‘raydi: «Rasmda nima tasvirlangan?» 
Bolalar. Bolalar o‘yiashmoqda. Quyosh yorntmoqda. Qushchalar uchgloqda. 
Tarbiyachi. Qachon quyosh yorqin nur sochadi? 
Bolalar. Kunduzi. 
Tarbiyachi- Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz? 
Bolalar. Uynaymiz, ovqatlanamiz, shug‘ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz. 
Tarbiyachi. Ota-onalarimiz kunduzi nima qilishadi? 
Bolalar. Ota-onalarimiz kunduzp ishga borishadi. 
Shundap keyin, kechasi tasvirlangan rasmni qarab, bolalar kechasi qorong‘i bo‘lishini, 
osmonda yulduzlar va oy bo‘lishini, uylarda elektr lampochkalar yonayotganini, kechasi 
hamma uxlashini ta‘kidlaydilar. 
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ertalab va kechqurun tasvirlangan rasmlarni ham 
xuddi shu usulda qaraydi. Tabiatda va odamlar faoliyatida sutkaning u yoki bu qismi 
yorqin tasvirlangan (ajratilgan) rasmlarni tanlashadi. 


Bolalar olgan bilimlarini keyingi mashg‘ulotda mustahkamlash zarur. Shu maqsadda 
sutkaning har bir qismiga oid belgilar yorqin tasvirlangan ertak aytib berish 
mumkin. Masalan, tarbiyachi quyonchani stolga o‘tkazadi va u o‘rmondan 
kelganligini aytadi. Quyoncha bolalar bilan salomlashadi «Hozir, — deydi 
tarbiyachi, — shu quyoncha haqida ertak aytib beraman». Urmonda bir quyoncha 
yashar edi. Bir kun ertalab vaqtli uyg‘ondi, derazadan qaradi va o‘rmon yorug‘, 
quyosh ko‘tarilib kelayotganini, qushlar sayrayotganini ko‘rdi. Quyoncha 
bo‘sag‘aga chiqdi — kun issik, badantarbiya qildi. Tishlarini tozaladi, yuvindi. 
Shundan keyin nonushta qilish uchun stol yoniga o‘tirdi... Nonushta qilib 
bo‘lganidan keyin, o‘z do‘stlari — quyonchalar bilan o‘ynash uchun o‘rmonga 
chopib ketdi. 
Tush payti bo‘ldi. Urmon juda islb ketdi. Quyoncha uyiga chopib bordi, 
panjalarini yuvdi va ovqatlanish uchun stol yoniga o‘tirdi. Tushlikdan keyin 
hordiq olish uchun karavotchaga yotdi, uxlab u yg‘onganidan keyin yana o‘ykash 
uchun o‘rmonga chopib ketdi. 
Mana endi quyosh bota boshladi. Qorong‘u tushaboshladi. Qushchalar 
sayrashdan to‘xtashdi. Qyech bo‘ldi. Quyoncha o‘z o‘rtoqlari bilan xaprlashib, 
uynga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uxlash uchun yotdi. 
Tym qorong‘i kecha boshlandi. Urmonda hamma narsa — quyoncha ham, qushcha 
ham, kapalak ham uxlamoqda, quyosh ham uxlamoqda, Faqat yulduzlar bilan oy 
bedor. Ular tim qorong‘u kechada yorqin nur sochib turishibdi. 
Bolalar, quyoncha o‘z fotosuratini o‘rmondan keltirdi, u qachon suratga 
tushganini, ya‘ni ertalab, kech-qurun, kunduzi yoki kechasi suratga tushganini 
bilishni istaydi». 
Tarbiyachi quyonning sutkaning har vaqtidagi hara-katlari tasvirlangan 
rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi-Bolalar qachon nima bo‘lishini aniqlaydilar va nega 
bunday deb o‘ylashlarini tushuntirib beradilar. 
Keyingi mashg‘ulotda tarbiyachi har qaysi bolaga ertalab, kechqurun, kunduzi 
va kechasi tasvirlangan to‘rttadan rasm beradi va sutkaning u yoki bu vaqti 
tasvirlangan rasmni ko‘rsatishni so‘raydn. Eng yaxshisi bolalarning va 
kattalarning harakatlarn yoki tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni tanlash 
maqsadga muvofiq. Bu mashg‘ulotda vazifa yanada murakkablashtiriladi. Bolalar 
mustaqil ravishda sutkaning har-xil qismlari uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni 
ajratishlari kerak, bitta emas, balki birdaniga to‘rtada rasmni tahlil qilib, ularni 
tarbiyachi aytgan tartibda joylashlari, ketma-ketligini aniqlashlari kerak. 
To‘rtinchi mashg‘ulotda bolalarning sutkaning qism-larn haqidagi bilimlari 
mustahkamlanadi. Mashg‘ulot didaktik o‘yin tariqasida o‘tkaziladi. Tarbiyachi 
bolalarga qachon nima bo‘lishini topishni taklif qiladi. 
O‘yinda sutkaning har xil qismi uchun xarakterli bo‘lgan belgilarni aytishadi, 
bolalar esa bu qachon bo‘lishini aniqlashadi. Masalan, «Quyosh chiqadi. Onalar va 
otalar ishga ketishadi, bolalar esa bog‘chaga borishadi». Quyosh yuqori 
ko‘tariladi. Bolalar sayr vaqtida o‘ynashadi. Yoki «Ko‘cha qorong‘i. Osmonni oy 
yoritmoqda, uylarning derazalarida esa chiroqlar yorug‘i ko‘rinib turibdi» va h.k. 
Kichik guruhda bolalarni sutkaning qismlarini ularning xarakterli belgilari 
bo‘yicha farqlashga taxminan shunday o‘rgatish mumkin. 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin