yo‘nalishni aniqlashni, berilgan yo‘nalishda harakat qilishni (oldiga – orqaga, yuqoriga –
pastga, o‘ngga -chapga), o‘ziga nisbatan buyumlarning holatini so‘zlar bilan tushuntiradi.
Ammo oldin bolaga nsibatan qarama- qarshi yo‘nalishda turgan, ya‘ni oldida
orqasida, o‘ngda – chapda turgan 1-2 ta o‘yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga
dir topshiriq beriladi. O‘yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta –sekin 4 taga
yetkaziladi. Dastlabki vaqtlarda buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning
yoniga) joylashtirish ma‘qul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak.
Tarbiyachining topshirig‘iga binoan, bola xonaning ma‘lum bir joyiga turadi va o‘z
oldida chapida va o‘ngida qanday buyumlar turganini aytadi.
shundan keyin tarbiyachi
boladan o‘ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo‘nalishda
turganligini aytishni so‘raydi.
Fazoda (―Top-chi, bunda nima bor?‖, ―Biling –chi, nima o‘zgaribdi?‖ tipidagi)
mo‘ljal olishga doir mashqlar o‘yin xarakteriga ega bo‘lishi kerak.
Bolalarda berilgan yo‘nalishda harakat qilish malakaisni tarbiyalash maqsadida
―Qayerga borsang, shuni topasan2, ―Buyumni top‖, ―Bayroqchani top‖ kabi didaktik
o‘yinlardan foydalanish mumkin. Bolalar o‘yin topshiriqlarni bajarishda asosiy fazoviy
yo‘nalishlarni farqlashni va ularni belgilashni, mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi
bolalar yo‘qligida o‘yinchoqlarni xonaning har xil joyiga (rasm orqasiga, gilam ostiga,
shkafga va h.qga) berkitadi. O‘yin boshlanishidan oldin, u bolalarga berkitilgan
o‘yinchoqlarni qidirishlarini aytadi. shundan keyin, u bolalarni navbati bilan stol yoniga
chaqiradi, o‘yinchoqni qaysi yo‘nalishda qidirish kerakligini aytadi.
Izlanishni
boshlashdan oldin bola qanday o‘yinchoq va qaysi yo‘nalishni takrorlashi kerakligiga
alohida e‘tibor beriladi.
Ishning mazmuni aniq va ixcham ifodalangan. Uni sharhlaymiz. Besh yoshga
qadam qo‘ygan bolalar fazoviy yo‘nalishlarni farqlashlarigina emas, balki unga amal
qilishlari ham kerak. ―Dastur...ja‖ bolalarni berilgan yo‘nalishda
harakat qilishga
o‘rgatish kerakligi ta‘kidlanadi. Shunday qilib, bilimlar bolalar tajribasida akslanishi,
asosiy yo‘nalishlarni hisobga olgan olda mo‘ljal olish malkalarida sezilishi kerak. Bu
yangi masala. Mana shuning uchun ham o‘quv –o‘yin topshiriqlarining bajarilish sur‘ati
dastlab sustroq bo‘ladi. Axir bola berilgan yo‘nalishni aniqlashdan oldin, ikki taklifdan
birini tanlab olishi uchun (―Qayerga borasan? nima topasan?‖
deb ataluvchi mashhur
o‘yin namunasida) oldin o‘ylab olishi kerakda.
Dasturga muvofiq o‘rta guruhda bolalar ko‘proq fazoda o‘zlaridan mo‘ljal olishlari
kerak, fazoda buyumlarning ―o‘ziga nisbatan‖ joylashganligini elementar tasavvur
qilishlari kerak. Bu mazmun elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga
bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda didaktik vositalar – didaktik o‘yinlar, qiziqarli mashqlar,
―Nima o‘zgardi?‖ tipidagi o‘yin –mashqloar yordamida ro‘yobga chiqadi. O‘yinchi oldida
turgan vazifa o‘yinchoqlarning joylari o‘zgartirilmasdan va o‘zgartirilgandan keyingi
joylashuvlarini topishdan iborat. Buyumlar oldin bir – biridan uncha uzoq bo‘lmagan
masofada joylashtiriladi. Ushbularni aniqlash kerak,
uy qanday rangda, u qayerga
joylashgan, boladan boshlangan yo‘lning oxiridami, boladan oldindami, orqadami, undan
o‘ngdami yoki chapdami, uyga borishda yo‘lda qanday o‘yinchoqlar uchraydi, ulardan
qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan va h.q atrofdagi buyumlarning fazoviy
xarakteristikalarini
tushunishlari, uning fazodagi xususiy joylashuviga bog‘liqligi asta –
sekin mana shunday oydinlashtiriladi.
Bu xil o‘yin – mashqlar real buyumli atrofni alohida buyumlar joylashuvining
fazoviy xarakteristikasi bilan birgalikda idrok qilishga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: