Ikkinchi kichik guruh
Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni ―o‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishga
o‘rgatishdan, iborat, boshqacha aytgancha, kichkintoy bunda ―o‘ziga‖nisbatan o‘ng,
chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo‘la olishi kerak. O‘z tanasiga
nisbatan fazoda tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning birinchi
umumlashtirilgan usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ga nisbatan mo‘ljal olish bu mo‘ljal
olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ ga nisbatan mo‘ljal
olishda ―o‘ng – chapni‖ni farqlash eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Mana shuning uchun
ham bola oldin o‘z qo‘llarini farqlashga o‘rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash
keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi.
Bolaning o‘ziga nisbatan mo‘ljal olishi dasturining yangi vazifasiga –boshqa
odamga, buyumlarga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish vazifasiga – o‘tish uchun
zarur asos bo‘ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish faqat o‘z gavdasi
sxemasini bilgandagina mumkin bo‘ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa obektlarga
nisbatan ko‘chiradi va o‘xshashlik bo‘yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan
ajratadi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi.
Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e‘tiborini haarkterli detallarga qaratadi. Masalan,
mashina qaralayotgan bo‘lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va keyingi
g‘ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda
detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya‘ni obektning fazoviy
buyumlarini (ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomoni –yosh
tomonidan va ikkinchi tomonidan) o‘zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali obektning
o‘ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi, bu murakkab malaka maktabgacha katta
yoshda o‘zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy harakteristikasini tushunish
qisman o‘zlashtiriladi. U holda, deb so‘raladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga
nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish zarurmi? ―O‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishning o‘zi etarli
bo‘lishi mumkinmi?
Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya‘ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil
buyumlar to‘plami to‘lib toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo‘ljal olish ularning har xil
parametrlarini, jumladan, ―oldindan‖, ―orqasidan‖, ―yonidan‖, ―ustidan‖, ―ostidan‖,
keyinroq buyumning ―chap‖ yoki ―o‘ng‖ tomoni kabi parametrlarini hisobga olish
majburiyatini yuklaydi. Oldin o‘ziga, so‘ngra boshqa odamga, buyumlarga nisbatan
qarama –qarshi tomonlarni ajratish, birichidan, istiqbolda bolaning faqat ―o‘ziga‖
nisbatangina emas, balki boshqa obektlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish
malakasini egallashini ta‘minlaydi.
Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni
bilib olish uchun zarur. Biz bu munosabatlar haqida ularning tomonlariga – oldingi (yuz
tomonga), yon, yuqori 9ustki) va h.k. tomonlarga mos kelishlariga qarab, mulohaza
yuritamiz. Nihoyat, uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham
(guruh xonasi, yoki xonaning bir qismi, stolning usti, qog‘oz varag‘i va h.k.) mo‘ljal
olishning asosiy yo‘nalishlarini bilishni nazarda tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to‘liq
o‘zlashtirilgandan keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin.
Maktabgacha kichik yoshda bolalar yo‘nalishlarning asosiy guruhlarini farqlashga
(oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o‘ngga –chapga) o‘rgatiladi. Bola bu yo‘nalishlarni
o‘z gavdasining tomonlarini bilganligi asosida o‘zlashtiradi. Bolakaylar bungu kundalik
turmush faoliyatida o‘rgatiladi. Masalan, yuvinish, kiyinish jarayonida tarbiyachi
bolalarning gavda qismlarini aytib ularni o‘ng va chap qo‘lni farqlashga o‘rgatadi; tushlik
vaqtida qoshiqni o‘ng qo‘lda ushlashni, chap qo‘lda esa bir burda nonni ushlashni
o‘rgatadi, bolalarga chap qulog‘i, o‘ng qulog‘i, chap oyog‘i, o‘ng oyog‘i qaerdaligini
ko‘rsatishni taklif qiladi; chap oyoq, chap ko‘z, chap quloq, chap qo‘l joylashgan
tomonda, o‘ng oyoq, o‘ng ko‘z, o‘ng quloq esa o‘ng qo‘l tomonda joylashganligini
tushuntiradi.
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarida bu vazifalar.
―Qo‘g‘irchoqni cho‘miltirish‖, ―Qo‘g‘irchoqni uzlashga yotqizish‖, ―Qo‘g‘irchoqni
kiyintirish‖ kabi didaktik o‘yinlarda aniqlashtiriladi. Masalan, tarbiyachi kichkintoylarga
qo‘g‘irchoqning boshini, yuzini (oyoqlarini) yuvishni, so‘ngra esa, uning (bolaning) o‘zi
yuzi, boshi va boshqa a‘zolari qaerda ekanligini ko‘rsatishni so‘raydi.
Bolalarga fazoviy yo‘nalishlarni o‘z gavdasining aniq qismlariga mos qo‘yishni
o‘rgatish kerak, yuqoriga – bosh tomonga, pastda – oyoqlar, oldinda yuz, chapda – chap
qo‘l, o‘ngda – o‘ng qo‘l.
Mashg‘ulotlarda kichkintoylarni pastda – yuqorida, oldinda – orqada, chapda –
o‘ngda kabi juft qarama – qarshi yo‘nalishlarni farqlashga o‘rgatish kerak.
Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni ―o‘zidan‖ga nisbatan oldinga- orqaga,
o‘ngga –chapga kabi fazoviy yo‘nalishlarni ko‘rsatish va aytishga o‘rgaish kerak.
Masalan, ayiqchaga oldin o‘ng qo‘l, keyin chap qo‘l bilan silkashni, qo‘g‘irchoq qaysi
tomonga ketganini (o‘ngga, chapga, zinadan yuqoriga, pastga), koptok qayoqqa
dumalaganini ko‘rsatish va aytishni so‘raydi; bayroqchalarni oldin tepaga ko‘tarish,
so‘ngra pastga tushirishni; qo‘llarni oldinga (o‘z oldiga, to‘g‘risiga), chapga, o‘ngga
cho‘zish, ularni orqaga yashirishni va h.k.ni so‘raydi. Bu xil mashqlar vaqtida hg‘amma
bola va tarbiyachi bir tomonga qarab o‘tirishlari yoki turishlari kerak.
Dastur vazifa (masala) larini amalga oshirish ―Bayroqcha qaysi tomonni
ko‘rsatmoqda?‖ kabi o‘yin-mashqlar yordamida bajariladi. Bolalar, masalan, bayroqcha
bilan qaysi yo‘nalish (yuqori yoki past, to‘g‘ri yoki orqa, chekaa) ko‘rsatilayotganini
payqab olishlari kerak. Ularning o‘zlari bayroqchalar, lentalar, pufaklar (sharlar),
koptoklar yordamida ko‘rsatilgan o‘yin – topshiriqlarni bajaradilar. Yo‘nalishlarni
hisobga olgan holda fazoda mo‘ljal olishning birinchi tajribasi, fazoning o‘zini idrok
qilishning qayta qurilishi shunday sekin – asta tarkib topadi.
Asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashqi dunyoning fazoviy tavsifini o‘zlashtirish uzoq
davom etadigan jarayondir. Maktab yoshidagi o‘quvchilarda fazoni bunday idrok qilish
va asosiy yo‘nalishlarni bilganlik asosida mo‘ljal olish uchun ba‘zi asoslargina yaratiladi.
Bu bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, tekislikda mo‘ljal olishning ba‘zi malakalari
(rasm solish, elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarining
borishida) egallanadi. Bolalar varaq o‘rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini
farqlashni, har xil yo‘nalishlarda (chapdan o‘ngga, yuqoridan pastga qarab) oziqlar
o‘tkazishni o‘rganadilar, sanoq materialini ustki va pastki poloskalarga qo‘yishni, uni
varaqda, kartochkada chapga yoki o‘ngga joylashtirishni o‘rganadilar.
To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalarning ish mazmunida yana bitta vazifani,ya‘ni
buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarning ba‘zi variantlarini (―ustida‖, ―ostida‖,
―orqasida‖, ―ichida‖, ―oldida‖, ―orqasida‖, ―yuqorisida‖, ―pastida‖) bilib olish vazifasini
ta‘kidlash kerak. Bu vazifa o‘yinlar (―O‘yinchoqlar berkinmachoq o‘ynaydi‖, ―Quyoncha
qaerga yashirindi?‖, ―O‘yinchoqni qaerdan topdingiz?‖ shaklida qiziqarli hal qilinadi.
Dastur vazifasini bajarish kontekstida lug‘at ustida ishlash ham olib boriladi.
Maktabgacha yoshdagi kichik bolani dasturda nazarda tutilgan fazoviy belgilashlarni
to‘g‘ri tushunishining o‘zi, u (hatto ba‘zida) yo‘naltiruvchi savollar yordamida bu
munosabatlardan mustaqil foydalana oladigan bo‘lishining o‘zi mutlaqo kifoya.
Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o‘ng va chapni farqlash juda qiyinlik bilan
amalga oshadi. ―O‘ngga –chapga‖ yo‘nalishlarini farqlashga o‘rgatishning dastlabki
bosqichida qanday pedagogik yo‘l -yo‘riq amalga oshirilishi kerakligi haqida fikr
yuritamiz.
O‘z qo‘llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o‘ng va chap qo‘llari chun xos
bo‘lgan harakatlarni bajarish jarayonida seziladi. Masalan, ovqatlanish vaqtida u qoshiqni
o‘ng qo‘li bilan, nonni esa chap qo‘li bilan ushlaydi; rasm cholish mashg‘ulotlarida bola
chap qo‘li bilan rasmni tutib turadi, o‘ng qo‘lida esa qalam, mo‘yqalam bo‘ladi. Bu ikki
vaziyatdan tarbiyachi, bunday foydalanadi; mashg‘ulot boshlanishida (yoki ovqat eyish
oldidan) bolalar e‘tiborini qalam (yoki qoshiq) ni har doim o‘ng qo‘lda tutish kerakligini,
chap qo‘l bilan esa, qog‘oz varag‘ini (yoki taqsimchani) tutib turish (nonni ushlash)
kerakligini uqtiradi. Tarbiyachi bunga bolalar e‘tiborini tortibgina qolmay, balki
ko‘rsatadi ham. Hatoga yo‘l qo‘ygan (yanglishgan) bolaga tarbiyachi ikkinchi marta
ko‘rsatadi (―Mana endi hammasi to‘g‘ri; qalam o‘ng qo‘lingda, chap qo‘ling bilan esa
qog‘ozni tutib turasan‖)
Bolalarning harakatlarini tekshirishda tarbiyachi ular bilan suhbatlashadi,
ma‘qullaydi. Pedagogik baho his –tuyg‘uga to‘la bo‘lishi, to‘la qanoatlanganlikni
ifodalashi, o‘z tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishi‖ni ifodalashi
muhimdir.
Bunday baholash o‘ziga xos pedagogik usul bo‘lib, bolaning harakatlari
to‘g‘riligini ifodalabgina qolmay, balki his – hayajonli kayfiyat hosil qilida, ularning
bunday mashqlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, o‘z qo‘llarining fraqlashni tezroq
o‘rganib olishga istak uyg‘otadi.
1.Tarbiyachi dastlab bolalarga qo‘llarini nomlari bo‘yicha farqlashni o‘rgatadi.
Tarbiyachi bolalarning qo‘llarini belgilaydi, bolalar ularni fraqlashadi. Shu
maqsadda bu bolaga murojaat qilib so‘raydi:
- Sening o‘ng qo‘ling qani?
- Mana (ko‘rsatadi)
- Sening o‘ng qo‘lingdagi nima?
- Qoshiq.
- Sening chap qo‘lingdagi nima?
- Non
- Balli, sen qaysi qo‘ling o‘ng, qaysi qo‘ling chap ekanini juda yaxshi bilar ekansan.
Bir necha mashg‘ulotdan keyin, bunday deb so‘rash mumkin: ―Hozir, men
sizlardan o‘z o‘ng va chap qo‘lingizni bilish bilmasligingizni so‘rab, tekshiraman.
―Odatda, bolalar tarbiyachining savollariga faollik ko‘rsatib, mamnuniyat bilan javob
beradilar (―Mendan hali so‘ramandingiz‖, ―Men g‘am bilaman‖, ―Qoshiq qaysi qo‘limda
ekanini mendan so‘rang‖, ―Toping-chi, qalam qaysi qo‘limda‖). Bunda tarbiyachining
vazifasi bu faollikni quvvatlab turishdan iborat. U so‘raganda, bolalar ba‘zida xato
qiladilar (bunday xatolardan bolakaylarning hayajonli ta‘sirlanishini ko‘ra bilish kerak).
Xato o‘ziga xos pedagogik usuldir. Unda bola qaysi qo‘li o‘ng, qaysi qo‘li chap qo‘l
ekaini pedagogga mamnuniyat bilan tushuntiradi.
Bunday kichik mashqlar nihoyatda zarurdir. Bu xid mashqlarning davomiyligi bir
yarim – ikki minutdir. Mashqlar bolalar e‘tiborini asosni faoliyatdan chetga tortadi, deb
aslo xavotir olmaslik kerak. Aksincha, bunday mashqlar bolalarning hayotiy faoliyatiga
to‘liq ravishda ijobiy ta‘sir etib, ularni faollashtiradi. Mashqlar o‘ziga xos ―ma‘naviy – his
– tuyg‘uga to‘la tetiklashtirishning o‘rnini bosadi, e‘tiborning yo‘nalishini o‘zgartirish
mexanizsomini mashq qildiradi. Ularning ta‘limiy samarasi ravshan, bu samara
mashqlarning kollektiv shakllarini o‘tkazish rejimida (―haftasiga 3-4 marta individual ish
bilan qo‘shib olib borilganda) atigig bir – bir yarim oy o‘tganidan keyin so‘zila boshlaydi.
Shunga qaramay, bunday savol paydo bo‘lishi mumkin: ―Aniq maqsadga
yo‘naltirilgan ta‘limning boshlanishida nega ilk bor bunday mashqlar, albatta, faqat
ma‘lum pedagogik vaziyatlarga jiddiy ―Bog‘langan‖ bo‘lishi zarur? Gap shundaki, rasm
solish mashg‘ulotlarida, noneshta, tashki ovqat, kechki ovqat vaqtida bolalar har qaysi
qo‘l uchun ―arakterli bo‘lgan harakatlarni bevosita bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar
bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli
noto‘g‘ri beriladigan javoblar miqdori ortib ketadi. Ana shuning uchun ham mashqlar
samaradorligini orttirishning muhim sharti – oldinggi tajribani aktuallashtirib borishdan
iborat. Qiyinchilik paydo bo‘lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini eslatib qo‘yish
zarur (―O‘ng qo‘lingda har doim qoshiqni ushlaysan‖ va h.q) Harakaterli tmooni
shundaki, tarbiyachining yordami bolalarda faol harakat reaksiyasini uyg‘otadi: ular
tasavvurdagi qoshiqni (qalamni) qaysi qo‘lda ushlash qulay ekanini qandaydlir darajada
sinab ko‘rishadi. Shu bilan ilgari shakllangan sensomator bog‘lanishlar kompleks
ravishda jonlantiriladi, shundan keyin bolalar taklif qilingan topshiriqlarni ko‘proq
ishonch bilan bajaradilar.
Mashqlardan bog‘cha tartibotining har xil momentlari (yuvinish, kiyinish, sayrga
chiqishga yig‘ilish)da foydalanish mumkin. O‘z qo‘llarini fraqlash malakasi uchun
konkret pedagogik vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalash mashg‘ulotlarida,
harakatli o‘yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish
mumkin.
Masalan, ikkinchi kichik guruhda o‘tkaziladigan matematika mashg‘ulotlarida
tarbiyachi dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning
uchun galdagi vazifa xuddi oldingidek, o‘z qo‘llarini farqlash ko‘nikmasini
takomillashtirishdan iborat. Shu asosda keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o‘z
tarbiyalanuvchilarini o‘ng va chap oyoqlarini, ko‘zlarini bir – biridan farqlashga
o‘rgatadi. Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi
tomonlarni aniqlashga olib keladi.
Mashg‘ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o‘tkazish ham mumkin.
Mashqlarning o‘yin shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng
foydalanishning mumkinligi mazkur didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana
shu o‘yin – mashqlarning varaintlari bo‘lib, ularning maqsadi – qo‘llarni o‘z nomlari
bo‘yicha amalda fraqlashdan iborat. Bu mashqlarning davomiyligi 4-5 minutdan
ortmaydi.
―Qo‘llaring qayerda?‖ Topshiriq: qo‘llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin
bolaning o‘ng qo‘li qayerda, chap qo‘li qayerda ekanini topadi, so‘ngra bitta (yoki bir
nechta) bolaga o‘z qo‘llarini ko‘rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi.
―Zoldir qani?‖ Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi zoldir
qaysi qo‘lda – o‘ng qo‘ldami yoki chap qo‘lda ekanini topish. Shundan keyin tarbiyachi
bolalarga navbati bilan o‘zlarining chap va o‘ng qo‘llarini ko‘rsatishni, ularni atashni,
zoldir qaysi qo‘lga yashirilganini aytishni taklif qiladi.
―Bayroqchani ol‖. Tarbiyachi bolalar qaysi qo‘l o‘ng (chap) qo‘l ekanini
eslashlarini, shu qo‘l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo‘lga o‘tkazishni,
qo‘lni yuqori ko‘tarishni, bayroqlani silkitishni va yana boshqa (chap) qo‘lga o‘tkazishni
taklif qiladi. Yoki ko‘k bayroqcha (chap) qo‘lga o‘tkazishni taklif qiladi. Yoki ko‘k
bayroqcha (lentacha) o‘ng qo‘lda, sariq bayroqcha chap qo‘lda. Topshiriq: bayrochalar
o‘rinlarini almashtirish. Shunday keyin tarbiyachi so‘raydi: ―Bayroqning rangi qanday? U
qaysi qo‘lda?‖.
―O‘yinchoq qaysi qo‘lda?‖ Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o‘yinchoqni o‘ng
(chap) qo‘l bilan olishni aytadi. keyin esa, bola o‘yinchoqni qaysi qo‘liga olishni xohlasa,
o‘sha qo‘liga olishini va o‘yinchoq qaysi qo‘lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o‘ng
qo‘lida qanday o‘yinchoq, chap qo‘lida qanday o‘yinchoq borligini aytishi kerak.
―Toshlarni boshqa qo‘lingga o‘tkaz‖. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo‘ldan ikkinchi
qo‘lga o‘tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o‘z qo‘llarini farqlaydi,
ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola ―bitta‖ va ―ko‘p‖ atamalarini farqlashni
o‘rganadi.
O‘z qo‘llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan
bajariladi.
―Nima og‘ir?‖ Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og‘ir )yengil) ekanini aniqlang:
qaysi qo‘ldagi (o‘ng yoki chap qo‘ldagi) buyum og‘ir, qaysi qo‘ldagisi yengil ekanini
aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlar asosida ―o‘ngga chapga‖ ―fazoviy
yo‘nalishlar) bilan tanishadilar. Bu yosh guruhlarida bolalar bu yo‘nalishlarni
farqlashgagina o‘rgatiladi. (bilib olish, mustaqil aytish va ko‘rsatish).
Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizontal tekislikda (qog‘oz
varag‘i, sanoq mateirallini qo‘yish uchun kartochka) ―O‘ngga chapga) yo‘nalishlari
bo‘yicha mo‘ljal olishning dastlabki malakalarini rivojlantirishdan iborat. Bolalar o‘ng
qo‘llari bilan sanoq materialini tanlab olib, ularni kartochkaga chapdan o‘ngga yo‘nalish
bo‘yicha qo‘yishni o‘rganadilar. Topshiriq; tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki
lentacha bilan taqqoslash uchun teksilik ush, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo‘ljal
olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan
cheklanamiz:
1. Bolalar o‘ng va chap
qo‘l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang seminar tajribasini
to‘plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o‘ng qo‘lda qoshiqni,
qalamni, mo‘yqalamni ushlash, chap qo‘lda taqsimcha, qog‘oz varag‘i va hokazolarni
tutib turish) mustahkamlash, so‘ngra bolalarni qo‘llarining nomlari bo‘yicha farqlashsh,
nihoyat, uchinchidan tekislikda mo‘ljal olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni
(tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan cheklanamiz:
1. Bolalar o‘ng va chap qo‘l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang
barang seminar tajribasini to‘plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial
harakterini (o‘ng qo‘lda qoshiqni, qalamni, mo‘yqalamni ushlash, chap qo‘lda taqsimcha,
qog‘oz varag‘i va hokazolarni tutib turish) mustahkamlash, so‘ngra bolalarni qo‘llarining
nomlari bo‘yicha farqlash va mustaqil nomlashga undash zarur.
2. Qo‘llarning nomi bilan har qaysi qo‘l uchun xos bo‘lgan harakatlar xarakteri
(bola o‘ng va chap qo‘li bilan nima qiladi) orasidagi aloqani mustahkamlash.
3. O‘rgatuvchi mashqlarda ikkala qo‘lning nomi va harakat xarakteri bo‘yicha
qiyoslash kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi.
4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtira borilishi kerak.
a) o‘ng va chap qo‘l uchun xarakterli bo‘lgan tabiiy harakatlarni bajarish jarayonini
aniqlashdan bu harakatlar haqidagi tasavvurlar asosidagina farqlashgacha;
b) berilgan masala yagona va mustaqil bo‘lgan (―Sening qo‘llaring qayerda?‖,
―Bayroqchani ol‖, ―Zoldir qani?‖) vaiyatda aniqlashdan, natijada uni bajarish jarayonidan
(―Qaysi qo‘l bilan uzoqqa?)‖, ―Qaysi qo‘l bilan aniqroq?‖) farqlashgacha murakkablashib
borishi kerak.
Pedagogik tajribani tahlil qilish ko‘pincha bolalar bilan ishlash natijalari
kutilganidan anchagina past ekanini ko‘rsatmoqda. Buning sababi uslubiy harakterlagi
xatolarga yashirinib yotibdi. Ularni harakterlab o‘tamiz.
Ko‘pincha tarbiyachilar qo‘llarning aniq nomlari (―chap, ―o‘ng‖) o‘rniga bu qo‘l‖
yoki ―yo‘q, bu qo‘l emas, boshqasi‖, deyishadi. Boshqa bir xato. Tarbiyachi qo‘llarni o‘z
vaqtida va to‘g‘ri belgilaydi, bolalarni ularni mustaqil nomlashga undaydi. Ammo og‘zaki
bilimlarda asosiy mezon – har qaysi qo‘l uchun haarkterli bo‘lgan haarkat faoliyatini
tushunib yetishdan uzilgan holda shakllantiriladi. Sensor komponentdan uzilgan holda
og‘zaki farqlash jiddiy uslubiy xatodir.
Navbatdagi xato. Tarbiyachi ko‘pincha xatoni mustaqil tuzatish muhimligini
yetarlicha baholamaydi. U yerdan berishga shoshiladi, bayroqchani chap qo‘ldan o‘ng
qo‘lga o‘tkazadi. Natija ravshan: kichkintoy endi bayroqchani o‘ng qo‘lida ushlab turibdi,
yo‘l qo‘yilgan xatoga tushunib yetilmagan. Yana bitta xato. Bilish jarayonini
jadallashtirish maqsadida tarbiyachi mezon sifatida mo‘ljallangan buyumlarni aytadi,
masalan, ―derazaga yaqin turgan qo‘l o‘ng qo‘l, chap qo‘l esa devorga yaqin turgan
qo‘ldir‖. Aniq shart – sharoitda, tushunarliki, hammasi xatosiz aniqlanadi. Ammo shuni
hisobga olish kerakki, bu holda bolalar eng oldin buyum oriyentirlarni farqlaydilar.
Bizning hozirgi ―o‘ng – chap‖ dunyomiz keng va turli tumandir. Uni hatto katta
yoshdagi bolaning ham mustaqil ravishda tushunib olishi oson emas, unda, masalan,
fazoviy xarakteristikaning nisbiyligi, uning hisob boshlanadigan nuqtaga nisbatan
bog‘liqnligi aralashib ketishi mumkin. Bunday holda nima absolyut va o‘zgarmas?
Bolaning o‘z fazoviy sxemasi (koordinatlari) o‘zgarmas. Har qaysi odamning sxemasi va
buyum olmi obyektlarining fazoviy sxemasi o‘zgarmas. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning maktabgacha muassasalar dasturining ―Fazoda mo‘ljal olish‖ bo‘limi
bo‘yicha elementar ―fazoviy ta‘limi‖ mana shu haqiqatlarni o‘zlashtirib olishdan
boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |