M. X. Xalilova 5-sinf Biologiya fanidan test topshiriqlari



Yüklə 17,1 Mb.
səhifə14/18
tarix19.08.2023
ölçüsü17,1 Mb.
#139875
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5-sinf mavzulashtirilgan testlar 2020

13-§ Umurtqasiz hayvonlar.
1.Umurtqasiz hayvonlarga xos xususiyatni aniqlang?
A.Barchasi bitta hujayradan iborat
B.Ikkiga bo’linish yo’li orqali ko’payadi
C.Hazm qilish jarayoni tana bo’shlig’i va hujayra ichida amalga oshadi
D.Ichki skelet rivojlanmagan
2.Sodda hayvonlarga qaysi hayvonlar mansubligini aniqlang?
A.Amyoba, gidra, meduza B.Aktiniya, odam askaridasi, oq planariya
C.Evglena, shilliqurt, nereida D.Amyoba, evglena, infuzoriya
3.Rasmda berilgan hayvonlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni aniqlang?

A.Tana shakli o’zgaruvchan, fotosintez qila oladi, ikkiga bo’linish usulida ko’payadi
B.Tanasi bitta hujayradan iborat, hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuola mavjud, fotosintez qila oladi
C.Suvda erigan kislorod bilan nafas oladi,asosan ikkiga bo’linish usulida ko’payadi
D.O’simliklarga o’xshab fotosintez qila oladi, xivchinlari yordamida harakatlanadi
4.Sodda hayvonlarga-I, bo’shliqichlilarga –II xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang?
1)hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar mavjud 2)barchasi bitta hujayradan iborat 3)ikkiga bo’linish yo’li orqali ko’payadi 4)hazm qilish jarayoni tana bo’shlig’i va hujayra ichida amalga oshadi 5)ichki skelet rivojlangan 6)tanasi ektoderma va endodermadan iborat 7)regeneratsiya xususiyati rivojlangan 8) nerv sistemasi soda tuzilgan 9)otiluvchi hujayrasi yordamida o’zini himoya qiladi
A.I- 1,2,5 II-6,7,8 B.I-2,3,7 II-1,7,9 C.I-4,7,8 II-3,2,5 D.I-3,2,5 II-4,7,8
5.Amyoba-1, yashil evglena-2, tufelka-3 ga xos xususiyatlarni aniqlang?
a) shakli o’zgaruvchan b)xivchinlari yordamida harakatlanadi c) fotosintez qiladi d)ko’rinishi tuflining tagcharmiga o’xshaydi
A.1-a 2-b 3-c B. 1-a 2-d 3-c C. 1-a 2-b,c 3-d D. 1-d 2-b 3-c
6. Bo’shliqichlilar tipiga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang?
1)hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar mavjud 2)barchasi bitta hujayradan iborat 3)ikkiga bo’linish yo’li orqali ko’payadi 4)hazm qilish jarayoni tana bo’shlig’i va hujayra ichida amalga oshadi 5)ichki skelet rivojlangan 6)tanasi ektoderma va endodermadan iborat 7)regeneratsiya xususiyati rivojlangan 8) nerv sistemasi soda tuzilgan 9)otiluvchi hujayrasi yordamida o’zini himoya qiladi
A. 1,2,5,8 B.2,3,7,9 C.4,7,8,9 D.3,2,5,8
7.Aktiniyalar-1, meduzalar-2 gidradan farqi?
A.1- odimlab harakatlanadi, 2-o’troq yashaydi
B.1-o’troq yashaydi 2-paypaslagichlari ko’p
C.1-paypaslagichlari ko’p 2-reaktiv harakat qiladi
D.1-koloniya hosil qiladi 2-odimlab harakatlanadi
8.Tanasi ektoderma va endodermadan iborat tipga mansub hayvonlarni ko’rsating?
1-nereida, 2-meduza 3-jigar qurti 4-planariya 5-aktiniya 6-zuluk 7-gidra
A.1,6, B.2,5,7, C.3,4, D.1,3,4
9.Rasmda berildan har bir hayvonga xos xususiyatni aniqlang?
1 2 3
A.1-tanasi ikki qavatdan iborat, 2-nerv sistemasi sodda tuzilgan, 3-reaktiv harakat qiladi
B.1-hazm qilish jarayoni ikki bosqichda amalga oshadi, 2-o’troq yashaydi, 3- regeneratsiya xususiyati yaxshi rivojlangan
C.1-otiluvchi hujayralar yordamida o’ljasini tutadi, 2-o’zini himoya qila oladi, 3-tashqi qavati ektoderma hisoblanadi
D.1- paypaslagichlari og’iz teshigi atrofida bir qator bo’lib joylashgan, 2-o’troq yashaydi, 3- reaktiv harakat qiladi
10.Yassi chuvalchanglarga xos bo’lgan ma’lumotni aniqlang.
A.Tanasining orqa qismi o’rtadan chetga tomon yassilashib boradi,tana bo’shlig’i bo’lmaydi
B.Tanasi bitta hujayradan iborat,hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuola mavjud
C.Tanasi tashqi-ektoderma va ichki endoderma qavatlaridan iborat
D.Ko’ndalang kesimi yumaloq shaklda,tashqi tomondan pishiq qobiq –kutikula bilan qoplangan
11.Yassi chuvalchanglarning hazm tizimini ko’rsating?
A.O’giz, halqum, oshqozon B. O’giz, halqum,ichak
C. O’giz, halqum, qizilo’ngach D. O’giz, halqum, jigar
12. Yassi chuvalchanglar tipiga mansub parazitlarni aniqlang?
A.Jigar qurti, qoramol tasmasimon chuvalchangi B.Odam askaridasi, nereida
C. Qoramol tasmasimon chuvalchangi , odam askaridasi D.Jigar qurti, zulluk
13. Rasmda berilgan hayvonlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni aniqlang?

A.Chuchuk suvda erkin hayot kechiradi, tana bo’shlig’i bo’lmaydi
B.Tanasi bitta hujayradan iborat,hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuola mavjud
C. Tanasining orqa qismi o’rtadan chetga tomon yassilashib boradi,tana bo’shlig’i bo’lmaydi
D.Ko’ndalang kesimi yumaloq shaklda,tashqi tomondan pishiq qobiq –kutikula bilan qoplangan
14.Bo’rtma nematodasi qaysi o’simlikda parazitlik qiladi?
A.Atirgul B.Bug’doy C.Loviya D.Kartoshka
15.Harakatlanishga yordam beradigan dastlabki oyoqlar rivojlangan hayvon qaysi tipga mansub?
A.Mollyuska B.Yassi chuvalchang
C.Halqali chuvalchanglar D.To’garak chuvalchanglar
16.Tanasi ikki tomonlama simmetriyali(1),va tanasi pishiq po’st-kitikula bilan qoplangan (2) hayvon turlarini ajrating?
A.1-jigar qurti,planariya, 2-rishta, nematoda
B.1-nereida,yomg’ir chuvalchangi 2-shilliq qurt,baqachannoq
C.1-zulluk,gidra, 2-sakkizoyoq, 2-aktiniya,meduza
D.1-evgilena,gidra, 2-sakkizoyoq, 2-aktiniya,meduza
17.Rasmda berilgan hayvonlarga xos xususiyatlarni aniqlang?

a b
A.Ikki yon tomonida joylashgan uzun tuklarga ega-a, og’zidan ajralgan suyuqlik qonni suyultirib beradi-b
B.Tuproq hosil bo’lishiga yordam beradi-a, tanasi ikki tomonlama simmetriyali-b
C.Qon aylanish sistemasi mavjud-a, dastlabki oyoqlar paydo bo’lgan-b
D.Tanasi pishiq po’st-kitikula bilan qoplangan-a, qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi-b
18.Molyuskalar chig’anog’i qanday qismlardan iborat?
A.Tashqi-organik , o’rta-kamalak , ichki-ohakli
B.Tashqi-organik , o’rta-kamalak
C.Tashqi-organik , o’rta-ohakli, ichki-kamalak
D.Tashqi-organik , o’rta-ohakli
19.Paypaslagichlari so’rg’ichlar bilan ta’minlangan hayvonni ko’rsating?
A.Gidra B.Aktiniya C.Baqachanoq D.Sakkizoyoq
20.A, B,C- rasmda ko’rsatilgan hayvonlar uchun xos bo’lgan umumiy ma’lumot qaysi?

A B C
A.O’ljasini ovlash uchun tutqich to’r to’qiydi
B.O’simlik zararkunandasi bo’lgan shira bitlarini yeb,foyda keltiradi
C.Qisqichlari yordamida o’ljasini tutadi va dushmandan himoyalanadi
D.Tashqi skeleti xitindan iborat
21.Suvarak, ninachi , chigirtka qanday usulda rivojlanadi?
A.Tuxum-lichinka-voyaga yetgan hasharot
B.Tuxum-lichinka-gumbak-voyaga yetgan hasharot
C.Tuxum-voyaga yetgan hasharot
D.Tuxum-g’umbak-voyaga yetgan hasharot
22.Rivojlanish ketma ketligi quyidagicha bo’lgan hasharotlar qaysilar?
Tuxum -- lichinka -- g’umbak -- voyaga yetgan hasharot
A.Kapalak,asalari,pashsha,termit B.Suvarak,asalari,pashsha,termit
C.Kapalak,asalari,pashsha,qo’ng’iz D.Suvarak,ninachi,termit,qandala
23.Aktiniya qaysi tipga(1),bo’rtma nematoda qaysi tipga(2), xonqizi qaysi sinfga(3),ilvirs qaysi turkumga(4) mansubligini aniqlang?
A.1-bo’shlig’ichli, 2-to’garak chuvalchanglar, 3-bo’gimoyoqli, 4-bars
B.1- bo’shlig’ichli, 2-yassi chuvalchanglar,3-bo’g’imoyoqlilar,5-yirtqichlar
C.1-sodda hayvon,2-to’garak chuvalchang,3-hasharot, 4-bars
D. 1-bo’shlig’ichli, 2-to’garak chuvalchanglar, 3-hasharot, 5-yirtqichlar
24.Butli o’rgimchakning tutqich to’ri nechi xil ipdan to’qilgan bo’ladi?
A. 1 B.2 C.3 D.4
25.Termit qaysi tip va qaysi sinfga mansub?
A.Xordalilar, hasharotlar B.Hasharotlar, bo’g’imoyoqlilar
C.Bo’g’imoyoqlilar, hasharotlar D.O’rgimchaklar, umurtqasizlar
26.Asalari hayot siklida 2,4,5- raqamlari bilan nima tasvirlangan?

A.2-tuxum, 4-lichinka, 5-g’umbak
B.2-tuxum, 4-asalari suti bilan oziqlanayotgan lichinka, 5- gumbak
C.2-tuxum, 4-lichinka, 5-rivojlangan gumbak
D.2-lichinka, 4-g’umbak, 5-yosh asalari
27.Asalari lichinkalarini ishchi asalarilar dastlab va keyinchalik nima bilan oziqlantiradi?
A.Asalari suti, nektar
B.Gul changi, asal
C.Asalari suti, gul changi va asal
D.Gul changi va asal



Yüklə 17,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin