3
KIRISH
Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat,
erkin
fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan ishlar o‘zlikni anglash
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy, intellektual,
aqliy-
amaliy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Bu esa
o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklarga insonning o‘ziga
yangicha munosabat va yondashuvni talab qiladi. Yangicha
yondashuvlar yosh davrlar va pedagogik psixologiya
fanining obyekti va
predmeti ko‘lamini kengayishiga olib keladi. Yosh davrlar va pedagogik
psixologiya fanlari faqat yosh davrlar klassifikatsiyasi,
yosh davrlarni
psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganib ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy
ta’minlovchi fan emas, balki
komil inson shakllanishini, rivojlanishini
ta’minlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi.
«Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz- deb yozadi,
mashhur romannavis yozuvchi German Melvill – bizning hayotimiz
boshqalarning hayoti bilan bir-biriga
minglab rishtalar orqali
chambarchas bog‘langandir».
Yosh davrlar va pedogogik psixologiya aynan inson psixik
rivojlanishdagi omillar, ta’lim psixologiyasi,
tarbiya psixologiyasi
o‘qituvchi psixologiyasini o‘rganish bilan shug‘ullanivchi fan hisob-
lanib, nima uchun jamiyatda kishilar bir-birlariga ta’sir o‘tkazishlari, bir-
birlarini o‘ylashlariga oid, tarbiyalanganlik, tarbiya mezonlari o‘qituvchi
psixologiyasiga oid ma’lumotlarning ilmiy asoslarini o‘rganadi.
Ushbu qo‘llanma zamonaviy psixologiyada
hozirgi kun uchun
dolzarb bo‘lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu
mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyandalarining
o‘tkazgan tadqiqotlaridan va qarashlaridan foydalandik.
Dostları ilə paylaş: