4
I. QISM
1-mavzu: YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI FANINING
PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Mashg‘ulot shakli: Obzorli-maruza tushunib olish, esda qolishi
kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma’lumotlarni bayon
etish va tushuntirishga qaratilgan.
Ma’ruza mashg‘uloti rejasi:
1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti.
2.Yosh davrlar psixologiyasi fanining prinsiplari.
3. Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy
vazifalari.
4. Yosh davrlar psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot usullari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Yosh davrlar psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari.
Tarixiy taraqqiyoti. Yosh davrlari psixologiya fanining metodlari.
Boshqa fanlar bilan aloqasi. Uning bo‘lajak o‘qituvchilar tayyor-
lashdagi ahamiyati, prinsip, logityud, ontogenez.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
O‘quv kursi bo‘yicha umumiy tushuncha berish. Talabalarning yosh
va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari,
fanlar tizimidagi o‘rni haqidagi bilimlarini kengaytirish va mustah-
kamlash. Yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida vujudga
kelishi, rivojlanishi, uning metodlari, ontogenezda har bir yosh davrning
xususiyatlari, qonuniyatlari, psixik taraqqiyot mexanizmlari haqida
ma’lumot berish.
Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi
odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (onto-
genezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayo-
nini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini
o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik
jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil
5
faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson
shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu
sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu
bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan voyaga yetgunicha har tomon-
lama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayi-
shi va shaxsining tarkib topishi muammolari psixologik mexanizmlarini
aniqlash va sharhlash yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim
jihatidir. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miq-
dor jihatidan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib
borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik qoidaga amal qiladi.
Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik
rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari me-
zonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan
yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shu-
ning uchun ijtimoiy hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoa-
larda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixolo-
giyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish
jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojla-
nishi qonunlarini hisobga olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning
uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh
davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va
xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir.
Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol
topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga
keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri
xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan
amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini tako-
millashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga,
shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik
iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy
munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat
qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi XIX asrning boshlarida
vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga
borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psi-
xologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda
keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin)
6
bixevoritsik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir.
Shuningdek, metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar
ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar
yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga
qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga keldik. Quyida
ana shularni bayon qilamiz:
1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolutsiya g‘oyasining
(Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarur-
ligi.
2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odam-
lar xatti-harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror
bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish.
3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining
oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega
ekanligi tan olingani.
4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab
o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar,
xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi
sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari,
yetimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar maxsus maktablar, internatlar,
psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va
boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani .
5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-
nevralogiya, psixogigiyena, neyroxirurgiya, sangigiyena bolalar va
kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar
bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya
biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy
tadqiqot ishlari olib borilishi.
6. Yuridik psixologiya va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda
sezilarli o‘rin egalayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik-
ning ortib borayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya,
penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi, voyaga yetmagan
qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi).
7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va
turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini
topayotgani (psixologik maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilar-
monlik o‘yinlari profesiogramma psixodiagnostika va hokazolarga
talab ortishi).
7
8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarish-
lariga doir, bilimlarga eрtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport,
savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq
materiallar zarurligi.
9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari,
millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalari-
ni turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va
inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va
hokazo).
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq
xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy
va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil
o‘rganish zarurligi.
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga
qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada teng huquqlilikni qaror
toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari.
12. Inson uzoq umr ko‘rishning sirlarini – gerontopsixologik
qonuniyatlarni targ‘ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimdan
o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar
pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda odilona muloqot-
da bo‘lish kerakligi yosh davri psixologiyasini rivojlantirishni taqozo
etmoqda.
Turli yoshdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi,
vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jis-
moniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-
sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir nihoyatda
zarur bo‘lib qoldi.
Yosh davri psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega. U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda
eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi
fanlarning ahamiyati katta.Yosh davri va diferinsial psixologiya fani
dialektikani prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferinsial
psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga
tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan
bahs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy
masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi.
8
Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy
psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgi-
laydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi.
1. Dealektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada
tashkil topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning mahsulidir.
Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning
miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok,
tassavur, xotira, tafakkur, nutq xayol kabi bilish jarayonlarida,
shuningdek, shaxsning xususiyatlari va turli vaziyatlardagi his-tuyg‘usi
va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi
dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik
organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida
vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlarida vujudga keladigan
muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari
hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya
po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlov-
ning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro
induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sinda
muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini,
qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zgalishni), muvaqqat
bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish
imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi
muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda
analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi
ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga
munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks
ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida
ifodalanishdan iboratdir.
3. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongi faoliyatini uning ham
nazariy ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining
ongliligi uning turli-tuman faoliyatida xatti-harakatlarida namoyon
bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy
hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy
belgilar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi,
ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi,
ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari,
9
xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodlari, uni
faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari tilaklari, xohishlari,
pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab
turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks
ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli
yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni
tabora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib
kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga
munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks
ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limoticha, insonning
moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina
emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari,
umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikga
munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-
harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma’lumki, inson
zotining rivojlanishi obyektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida
sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy
faoliyati, masalan: o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni
mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning
takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |