nisbatan
arzon
• Iste’molchiga
tushunarli
tilda
yozilgan
ko'rsatmasi
bo'lishi kerak.
• O'rov
materialida
faol
ingredientlar
ko'rsatilgan
bo'lishi kerak.
2 - rasm . OTS - vositalarga qo'yiladigan talablar.
3-№ 9 6
33
OTS - vositalar statusi, odatda, qayd etish guvohnomasi (sertifikati)
berilayotganda to‘la huquqli milliy tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
Biror vositani qo‘llashda yangi qo‘shimcha ma’lumotlarlar paydo
boTganda bu status qayta koTib chiqiladi.
OTS - vositasining EI doirasidagi statusi “Odam uchun dori vositalar
kategoriyasini aniqlash haqida” 1992-yil 31-martdan EI Kengash
Direktivasi tomonidan aniqlanadi.
OTS - vositalarining bozori quyidagi ko‘rinishda olib boriladi (3 -
rasm):
3 - rasm . Retseptsiz sotiiadigan dori vositalarining bozor muomalasi.
OTS - vositalari bozor tizimida iste’molchiga alohida e’tibor beriladi.
Retseptsiz sotiiadigan dori vositalari muomalasi quyidagilarga asoslanib
boTinadi:
- shaxsiy sabablarga va afzalliklarga ko‘ra;
- farmatsevt maslahatlariga ko‘ra;
- yaqinlar, do‘stlar maslahatlariga ko‘ra;
- ommaviy axborot vositalari va reklamaga ko‘ra;
- vosita bahosiga ko‘ra;
- o‘rov materiallarini sifatii bezalganligiga ko‘ra va boshqalar.
34
OTS - vositalari bozori rivojlanishining asosiy shartlariga ishlab
chiqaruvchi firmalar va distrebyuterlarning ustalik bilan olib borgan
farmatsevtik marketingi kiradi.
OTS - vositalarini ishlatishda ratsional fovdalanish iavobgarligi
asosan iste’molchi zimmasida. Bunda farmatsevt qiziqtirilayotgan dori
vositasi haqida albatta to‘liq va obyektiv ma’lumot berishi kerak. Bu
tadbirda farmatsevtlarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- retseptsiz sotiladigan dori bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish, ishlatilishi,
xususiyatlari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar, dori vositalari
va oziq-ovqatlarning o‘zaro ta’sirlari va boshqalar;
- ma’lumot beruvchi varaqa (yo‘riqnoma) mavjudligini tekshirish,
saqlash, ishlatish muddati, vosita, o ‘rov materiallarini butunligi;
- mijoz talabi bo’yicha dori vositasi xususiyatlari to‘g ‘risida chuqurroq
ma’lumot berish;
- ratsional ishlatish va saqlash sharoitlarini koTsatish;
- iste’molchilarni reklama bukletlari, prospektlari, broshyura, lifletlar
bilan tanishtirish va obyektiv xulosa berish.
MUSTAQIL DAVOLANISHNING KONSEPTSIYA MOHIYAT1 VA
PAYDO BO'LISHNING IQTISODIY SHART-SHAROITLARI
Ko‘p yillar davomida turli davlatlarda aholi sog‘lig‘ini saqlash
harajatlarining asosiy qismi majburiy tibbiy sug‘urta tizimi orqali
moliyalashtirilgan. Oltgan asrning 90-yillariga kelib bir qator davlatlarda
tibbiy sug’urtani milliy tizimlari resurslarning jiddiy yetishmasligini
boshdan kechira boshladi.
Bunga, asosan, quyidagi omillar sabab boigan:
- inson o‘rtacha umrining uzayishi natijasida aholi orasida yoshi ulug‘
odamlaming ko‘payishi (ularda surunkali kasalliklar ko‘p uchraydi va
tibbiy yordam xarajatlari katta hajmda ishlatiladi);
- tibbiyot va texnika sohasidagi katta muvaffaqiyatlar natijasida amaliy
tibbiyotda tibbiy xizmatlar spektri kengaydi;
- insonlarning hayot tarzi yaxshilanishi va ularning umumta’lim
darajasi oshganligi natijasida iste’molchilar o‘z sog‘lig‘iga faol ta’sir
ko‘rsata boshladilar, profilaktik tadbirlar va vositalarga qiziqish oshib
bordi;
- dori vositalari bozorining jadal rivojlanishi.
SogMiqni saqlash resursini ikki yo‘l bilan ko'paytirish mumkin:
sotsial ta’minot byudjetini kengaytirish va o ‘z - o‘zini davolashni
35
rag‘batlantirish. Birinchi holatda, fuqaro harajatlari, soliqlarni ko'payishi
egiluvchan tizim yo‘li bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Ikkinchisida,
fuqarolar sog'liqni saqlash bo‘yicha harajatlaming aksariyat qismini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z hisobidan toiaydi va bunda sog‘liqning ozgina
buzilishini, davolash mas’uliyati va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda muammoning birinchi holati,
odatda, kuzatilmaydi, chunki bu davlatlar byudjet harajati normalari
muvofiqlashtirilgan (Yevropa Ittifoqi haqidagi Bitim, Maastrixt bitimi).
Aksariyat davlatlar sog‘liqni saqlash resurslar muomalasi ikkinchi holatga
bo‘ysunadi. Javobgar mustaqil davolanish konseptsiyani qabul qilinishi
Sog‘liqni saqlash harajatlarini ijtimoiy muhofaza darajasida ushlab turishga
va insonlami o‘z sog‘lig‘i haqida o‘zlari qayg‘urishi imkonini beradi.
Javobgar mustaqil o‘z-o‘zini davolashda - oson aniqlanadigan
simptom va o‘zgarishlarni davolash uchun iste’molchi arzon dori
vositalarini ishlatadi. Masalan, shamollash, bosh yoki mushak og"rig‘i,
ovqat hazm qilishning buzilishi, yengil holsizlanish va boshqalar. Amalda
o ‘z-o‘zini davolashni oila a’zolariga, tanishlariga keng tarqatishi mumkin.
0 ‘z-o‘zini davolash vrach davolashiga alternativ bo‘la olmaydi, u o‘z
chegaralariga ega.
Erkin sotuvda boMmagan dori vositalarini malakali maslahat va
nazoratsiz iste’mol qilishda shaxsiv javobgarlikni olish o‘z-o‘zini
davolashga kirmavdi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolashni o‘tkazishda quyidagilarga rioya
qilishi kerak:
- retseptsiz sotiladigan
dori
vositalarini
amaliyotga joriy etib
tasdiqlangan buyruq va Davlat reestrida mavjudligi;
- retseptsiz sotiladigan dorilar bozori yuqori darajada rivojlangan
bo‘lishi: assortimentning xilma-xilligi, vositalar to‘g‘risidagi obyektiv
ma’lumotlardan erkin foydalanish;
- o‘ziga diagnoz qo‘yish qobiliyatiga ega boMish;
- aholi katta qismining yuqori to‘lovga qobiliyatliligi.
Javobgar o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi asoslari “Mustaqil
davolanish uchun tibbiy mahsulotlar bahosi qo‘llanmasi”da to‘liq
yoritilgan.
Bu konseptsiyada xususan quyidagilar aytilgan:
- Insonlar individual yoki kollektiv holda o ‘z sog‘lig‘ini saqlash
huquqiga ega va bunda shaxsiy sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya
qilib qatnashishga majburdirlar;
36
- tibbiy konsultatsiyalar talab qilinmaydigan kasalliklar simptomlarini
tez va samarali bartaraf etish uchun iste’molchiga barcha sharoitlar
yaratib berilishi zarur;
- malakali tibbiy yordam olish qiyin boMgan qishloq joylarda va
ma’lum regionlarda aholiga javobgar o‘z-o‘zini davolashda amaliy
davolanish yordamini kuchaytirishi kerak.
Retseptsiz sotiladigan dorilar bozori umumiy farmatsevtik bozorning
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yirik farmatsevtik kompaniyalar cftgan asrning 80 - yillarida
retseptsiz dorilarni ishlab chiqarishga va savdosiga katta ahamiyat
berishmagan, chunki ularning rentabelligi, original va retseptga muvofiq
beriladigan dorilar bilan solishtirilganda juda past edi, ammo 90 - villar
boshiga kelib birlamchilik huquqi o ‘zgardi va ko‘pgina farmatsevtik
firmalar retseptsiz sotiladigan dorilarni ishlab chiqarish va sotish bo'yicha
maxsus konseptsiyalar ishlab chiqdi. Bunga quyidagi omillar asosiy sabab
boidi:
- Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti tomonidan javobgar o ‘z-o‘zini
davolashni rag'batlantirgani uchun retseptsiz sotiladigan dorilar
iste’molining ko'payishi;
- retsept
bilan
sotiladigan
dori
vositalarini
retseptsiz
sotish
kategoriyasiga aylantirish imkoni o ‘sganligi;
- retseptsiz sotiladigan dorilar bahosining qattiq nazorati bo‘lmaganligi
(chunki
ular bahosi
meditsina
sug‘urta tizimlari
tomonidan
qoplanmaydi);
- original dori vositalarining rentabellik darajasi pasayishi;
- original dori vositasi patentli muhofaza muddati tugagandan so‘ng
hayotiylik tsiklining uzayish imkoniyati.
Retseptsiz sotiladigan dori vositalari bozori hajmi turli davlatlarda
anchagina farq qiladi. Masalan, 1992-yilda u butun dori vositalar savdo
hajmini 8% dan 17% gacha tashkil etgan. Ammo 1995-yilda katta uchlik
davlatlarida retseptsiz sotiladigan dorilar bozori quyidagicha hajmga ega
edi:
Yevropa ittifoqiga kirgan davlatlarda - 10 mlrd. doll, (retseptli
dorilar bozorining 11% hajmi)
AQSh - 15 mlrd. dot. (retseptli dorilar bozorining 25% hajmi)
Yaponiya - 7 mlrd. dol. (retseptli dorilar bozorining 15% hajmi).
1987-yildan 1993-yilgacha bozorning bu sektori o‘sishda yuqori
darajaga ega bo‘lib, 9,9% ni tashkil qilgan. 1993-yildan 2000-yilgacha
retseptsiz sektor bozorining o‘sish darajasi ancha pasaydi . Shuning uchun
37
hozir ko’pgina farmatsevtik kompaniyalar bozorning bu sektori uchun
yangi vositalar ustida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar va rivojlanishning
marketing
strategiyalari
qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Bu tadbirlar
iste’molchilarni jalb etish uchun samarali va jadal ta’sir etuvchi omillarga
kiradi. Chet el mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan ko‘pgina brend va
savdo markalarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, 70% ga yaqin brendlar 10
yildan ortiq, 35% esa - 20 yildan ortiq yoshga ega. Marketing nuqtai
nazardan muvaffaqiyatli retseptsiz sotiladigan dorilar brendlari 50 dan va
undan ortiq yoshga ega boMishi mumkin. Masalan, “Aspirin”, “Vauer”
(Germaniya) yoshi 100 yildan ortiq “Smith Kline Beecham” (Buyuk
Britaniya) firmasining “Panadol” savdo markasi 50 yilga yaqin.
Retseptsiz dorilami asosiy ishlab chiqaruvchilar orasida 0 ‘zbekiston
farmatsevtika bozorida taqdim etilganlardan quyidagilarni aytib o‘tish
mumkin: “Bayer” (Germaniya), “Smith Kline Beacham” (Buyuk
Britaniya), “Lek” (Slovakiya), “Berlin - Chemie” (Germaniya), “KRKA”
(Sloveniya),
“Gedeon Richter”
(Vengriya),
“Egis”
(Vengriya),
“Rivopharm” (Shveytsariya), “UPSA” (Frantsiya), “Zentiva” (Slovakiya),
“Ajanta”
(Hindiston),
“Chinoin”
(Vengriya), “Poffa”
(Polsha),
“Pharmachin” (Bolgariya), “Unigue” (Hindiston), “Galena” (Chexiya),
“Richard Bittner” (Avstriya), “Ratiopharm” (Germaniya) va boshqalar.
2000-yildan boshlab retseptsiz sotiladigan dorilarning dunyo bozori
barqarorlashdi va savdo hajmining o’sishiga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |