M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dori vositalarini retseptsiz berish va dorixona assortimenti



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

3.4. Dori vositalarini retseptsiz berish va dorixona assortimenti
Vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari dorixona chakana 
savdosining asosi hisoblanadi. Masalan, retseptsiz sotiladigan dori va 
boshqa mahsulotlar dorixona oborotining 50 - 60%ini tashkil etadi. 
Boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda 
retseptsiz dori vositalarini sotish hajmi tobora ortib bormoqda. Bunga 
quyidagi omillar ta’sir qilmoqda:
- dori vositalari assortimenti oshib borishi;
- aholi bilim darajasi va saviyasining o‘sishi;
- o ‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish;
- sog‘lom turmush tarziga intilish.
Retseptsiz dorilar berish (dunyo bo‘yicha termin qabul qilingan over 
the counter drug - OTC-drug) dorixona asosini tashkil etadi. Sogdiqni 
saqlash tizimida davlatning olib borgan siyosati, har bir odamning dori 
vositalarini tanlab olish huquqi, sog‘lig‘iga bodgan javobgarligi
38


dorixonadagi bu yo‘nalishni ahamiyatini tobora oshirmoqda. Rivojlangan 
davlatlarda kasallikka chalingan odamlar zamonaviy dori vositalari, 
biologik aktiv moddalar va boshqa usullar yordamida o‘z-o‘zini davolash 
bilan shug‘ullanib, shu omillar ta ’sirida bir qator mamlakatlarda o‘z-o‘zini 
davolash “javobgarligi” konseptsiyasi sog‘liqni saqlash ishlarini davlat 
siyosati miqyosida olib bormoqda.
Yevropa Ittifoqiga kirgan davlatlarda o‘zini davolash deganda o'zlari 
belgilagan simptomlar va xatoliklarni dori vositalari yordamida davolash 
tushuniladi. Amaliyotda esa bu bir oila a’zosi tomonidan ikkinchi a’zosini 
davolashdir.
Retseptsiz beriladigan dori vositalarini ratsional qo‘llanishi o‘z-o‘zini 
davolash javobgarligida quyidagi asosiy yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi:
- vrach retsepti talab etilmaydigan dori vositasini olish tartibini 
aniqlash;
- iste’molchining ko‘proq ma’lumot olishi uchun o ‘zgacha usullami 
ishlab chiqish;
- retseptsiz beriladigan dori vositalari reklamasiga bo‘lgan talablarni 
ishlab chiqish;
- mustaqil ta’lim olish;
- qayd qiiish tartibi.
Dunyo amaliyotida vrach retseptisiz olingan, nojo‘ya ta’siri juda kam 
bo‘lgan dori vositalarining hammasi “Uy aptekasi” nomini oigan. 
Dorixona shaxobchalarida faqat retseptsiz sotiladigan dorilar va ayrim 
parafarmatsevtik turdagi mahsulotlar savdosini amalga oshirish ko‘zda 
tutiladi.
Retseptsiz dori vositalari savdosi, odatda, dorixonada alohida bo‘lim 
tashkil etib olib boriladi. Bu bo‘lim savdo zalida joylashadi va jihozlanishi 
sanitariya hamda texnik me’yorlarga mos bo‘lishi kerak. Dorixona 
assortimentini yaqqol ko‘rsatish va reklama qiiish uchun savdo zalida 
alohida vitrinali stol ochish mumkin.
Bolimni farmatsevt boshqaradi, bo‘limda oliy va o‘rta maxsus 
ma’lumotli farmatsevtlar ishlaydi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin