Tibbiyot dokasi
- noyob setkasimon gazlama bo‘lib, ikki turi
chiqariladi: gigroskopik va tarang oqartirilgan. Doka toza paxta, qog‘oz
tolali va sirg‘aluvchi tolali (50% yoki 30%) bo‘ladi.
Dokali tibbiyot binti
- fiksatsiya va qo‘yish uchun, yana bogTov
materiallarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Bintlar steril va nosteril boMadi.
Steril bintlar eni 5, 7, 10, 14 va 16 sm li va uzunligi 2, 5, 7 va 10 m,
nosteril bintlar eni 3 dan 16 sm gacha va uzunligi 2 dan 10 m gacha
boMadi. Bintlarda chok boMmasligi kerak.
Bint qadog‘idagi markirovkasi: ishlab chiqargan muassasa nomi, bint
turi va hajmlari, standart ko‘rsatkichlari (GOST), steril yoki nosterilligi,
chiqarilgan vaqti. Steril bintlarda sterilizatsiya muddati (yaroqlilik
muddati) va qadoqni ochish tartibi ko‘rsatiladi.
Tibbiyot paxtasi
- maqsadga ko‘ra gigroskopik va kompressli
boTadi. Kompressli paxtaga suv kam singadi, u shinalarni qo‘yishda,
isitiladigan kompresslarda ishlatiladi. Gigroskopik tibbiyot paxtasi 3 turga
bo‘Iinadi: ko‘z, xirurgik va gigienik. Gigroskopik paxta bog‘lovlar uchun
ishlatiladi. Paxta steril yoki nosteril bo‘ladi, rulonlarda 25, 50, 100 va 250
g dan va KIP holida 20, 30, 40, 50 kg dan chiqariladi. Nosteril paxta ruloni
oddiy qog‘oz yoki polietilen bilan qoplanadi. Steril paxta ruloni 2 qavat-
ichki va tashqi boiadi.
Har bir o ‘ramdagi paxtaning markirovkasi boMishi shart. Unda ishlab
chiqaruvchi nomi, tovar belgisi, paxta turi, massasi, steril yoki nosterilligi,
ishlangan yili, standart ko‘rsatkichi (GOST) ko‘rsatiladi.
Doka, dokali bint va paxta asosida: tibbiyot bogiov paketlari, steril
tibbiyot bogTovlari, salfetkalar, tibbiyot dokali boTaklar va boshqalar
ishlatiladi.
Tibbiyot naychasimon dokasi trikotaj bo‘lib, tarang sirg‘aluvchi
boylamdan iborat. Elastik naychasimon tibbiyot dokalari - setkali
tuzilishga ega va elastomerli ipdan ishlanadi. Eniga qarab 7 xil oTchami
bor: 10, 20, 25, 30, 35, 40, 75 mm.
Dostları ilə paylaş: