M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Xalqaro amaliyotda farmatsevtik vasiylik



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

3.5. Xalqaro amaliyotda farmatsevtik vasiylik
Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti 90-yillar boshida sog‘liqni 
saqlashning milliy tizimini rivojlantirishda yangi strategik yo‘nalishni 
aniqladi. Bu har bir bemorga sifatli tibbiy va farmatsevtik vasiylik 
(yordam, muhofaza) ko‘rsatish.
Farmatsevtik vasiylik - aholi kasalligining oldini olish va sog‘ligini 
ta’minlash bo‘yicha farmatsevtni va vrachni faol ishga jalb qilishdir. U 
aniq bemor oldida dori vositasining sotilishidan boshlab to uning oxirgi 
ta’sirigacha davolanish natijalarida farmatsevtning faol ishtiroki va 
nazoratini ta’minlaydi.
Sifatli farmatsevtik vasiylikni o‘tkazish uchun quyidagi sharoitlar
zarur:
Birinchidan, 
farmatsevtlar farmakologiya, patofiziologiya, biokimyo, 
farmakokinetika va keng tarqalgan kasalliklami davolash sxemasi 
farmakodinamikasidan yetarli bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Ikkinchidan, 
farmatsevtik bozorga tushadigan ma’lumotlarni 
to‘g‘riligini nazorat qilish tizimi mavjudligi.
43


Uchinchidan 
dori vositalari va uning nojo‘ya ta’siri bo’yicha to‘liq 
hajmda va professional bilimga ega bo‘lisb kerak.
To‘rtinchidan, 
kompaniya vakillari, vrachlar, dorixonaga keluvchi 
bemorlar bilan muloqotda farmatsevt professional axloq va etika, 
deontologiya me’yorlariga rioya qilishi zarur.
Farmatsevtik vasiylik o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- optimal dori shakllarini va dori vositalaridan foydalanish yoMlarini 
tanlash;
- turli dori vositalarini bir vaqtda ishlatish qoidalarini tushuntirish;
- individual dozalash xususiyatlarini aniqlash;
- dori vositasi va oziq-ovqatning o‘zaro ta’sirini tushuntirish;
- dori vositani qabul qilishda kerakli vaqtni to‘g‘ri aniqlash;
- inson organlari funksiyasiga dorilarning nojo‘ya ta’sirini ko‘rsatish;
- vositalarni saqlash bo‘yicha tegishli amaliy yordam ko‘rsatish;
- retseptsiz sotiladigan dorilar mavjud boMmaganda o'xshash dorilar 
bilan almashtirish;
- iste’molchilarga retseptsiz sotiladigan dorilarning zamonaviy ro‘yxati, 
narxi, ishlab chiqaruvchi firma va boshqalar haqida ma’lumotlar 
berish.
Farmatsevtik vasiylik milliy sogMiqni saqlash tizimini takomillash- 
tirishda javobgar mustaqil o‘z-o‘zini davolash konseptsiyasi-ning normal 
rivojlanishida muhim sharoitlardan hisoblanadi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin