M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Q'zbekiston respublikasida tibbiyotva farmatsevtika



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

1.2. Q'zbekiston respublikasida tibbiyotva farmatsevtika
faoliyatini boshqarish
Boshqarish ilmi har qanday xalq xo‘jaligi faoliyatini boshqarish 
asoslarida o ‘zini ma’lum bir xususiyatlari bilan ishtirok etgani kabi 
sog’liqni saqlash tizimi ham o‘zining ma’lum bir boshqarish jarayoniga 
egadir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aholi sog‘lig‘ini saqlash, 
muhofaza qilish va davolash davlat tomonidan kafolatlanganligi qayd 
etiladi. Buning uchun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonun, 
Prezidentning farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror 
va koTsatmalari SSVga yuboriladi. Vazirlik tomonidan bu me'yoriy 
xujjatlar sog'liqni saqlash tashkilotlariga tegishli boshqarma va boMimlar 
orqali quyi korxonalarga, ya’ni sog‘liqni saqlash boshqarmalariga, 
Toshkent shahar sogiiqni saqlash bosh boshqarmasiga, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi SSV ga va viloyat sog‘liqn¡ saqlash bo‘limlariga etkaziladi, 
ular esa bu vazifalarni o‘z tasarrufidagi hamma davolash-profilaktika 
muassasalariga yetkazadilar.
Boshqarish ilmi, boshqarishning ilmiy asoslariga suyanib, boshqarish 
ishlarini yanada takomillashtirishi, unda boshqarishni tashkiliy, tarbiyaviy 
tomonlarini e’tiborga oigan holda rahbarni zamonaviy boshqarish usullari 
bilan qurollantirishi, aholi bilan ishlash, uni ishchanlik faoliyatini 
yaxshilash, aholi sogligini yaxshilash va tiklash borasida eng zamonaviy 
usullarni qo’llab, inson omilini va tafakkurini e’zozlagan holda, har 
taraflama inson sogMigini muhofaza qilishi zarur.
8


0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14- 
yanvardagi 18-sonli “0 ‘zbekiston Respublikasi sogMiqni saqlash tizimida 
boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarorida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “0 ‘zbekiston Respublikasi SogMiqni saqlash 
tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF 
2107 - sonli farmonida aholi sogMigini saqlash ishlari ustidan davlat 
nazoratini ta’minlash choralari qayd etilgan.
Ushbu farmonda sogiiqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga 
oshirish, aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatish, boshqarishning 
barcha darajasida aholiga tibbiy yordamni yaxshilash bilan bir qatorda, tizimni 
mablag1 bilan ta’minlash, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy 
klinikalami tashkil 
etish, 
davolash-profilaktika hamda sanitariya - 
epidemiologiya muassasalari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishga 
doir qonunchilik va boshqa me’yoriy xujjatlarga rioya etilishi, boshqaruv 
organlarining mansabdor shaxslari, sogMiqni saqlash xodimlarining noqonuniy 
xatti- harakati yuzasidan shikoyatlar va arizalar, qoida buzishlar va 
suiiste’molchiliklaming oldini olish masalalari ko‘rsatilgan. Farmonda 
0 ‘zbekiston Respublikasi SSV to‘g‘risidagi nizom, vazirlikning ma’muriy 
boshqaruv xodimlaming soni, 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning Nazorat 
inspeksiyasi to‘g‘risidagi, vazirning o‘rinbosarlari, shu bilan birga, boshqarish 
jarayoni, Toshkent shahar sogMiqni saqlash bosh boshqarmasi boshligM 
lavozimiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning o'rinbosari hisoblanishi 
ko‘rsatilgan. Ushbu farmon va amaldagi qarorlarga ko‘ra 0 ‘zbekiston 
Respublikasida tibbiyot va farmatsiya sogMiqni saqlash tizimining ajralmas 
qismi ekanligi qayd etilgan. Ta’kidlash lozimki, respublikada farmatsevtika 
faoliyatini 
muvofiqlashtirishda, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli Qarori muhim roi o‘ynaydi. 
Shu qarorga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qoMlab-quwatlash davlat qo‘mitasi tomonidan “Farmatsiya” 
ishlab chiqarish birlashmasi “Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi 
(DAU)ga aylantirildi. Uyushma faoliyatini muvofiqlashtirish 0 ‘zbekiston 
Respublikasi SSV zimmasida saqlab qolindi.
“Dori-darmon” DAU va uning hududiy birlashmalari dori vositalari va 
tibbiyot buyumlari 
buyurtmalarining asosiy turlari, ya’ni davlat 
buyurtmalari bo‘yicha sogMiqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan 
hayotiy zarur (asosiy) dori vositalari va tibbiy ashyolar bilan ta’minlashni 
bajarilishi aniq ko‘rsatildi.
Shu qarorga asosan DAU va hududiy “Dori- darmon” davlat 
aktsiyadorlik birlashmalari o ‘zining ishlab chiqarish - xo‘jalik va
9


moliyaviy faoliyati istiqbolini mustaqil belgilaydi, bozor konyukturasini 
tashkil etgan holda, marketing xizmatini ko'rsatadi, daviat va boshqa 
organlarda o'z ta’sischilarining manfaatlarini ifodalaydi.
“Dori - darmon” DAU faoliyatini takomillashtirish maqsadida 
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-may 131-sonli qarori bilan DAU 
“Dori -darmon” aktsiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Ushbu qarorga 
ko‘ra “Dori-darmon” AK ning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘na!ishlari 
etib quyidagilar belgilandi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot 
buyumlari bilan ta’minlash;
-marketing tadqiqotlari o‘tkazish hamda hayotiy muhint bo‘lgan 
asosiy dori -darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan, giyohvand 
va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni shakllantirish 
hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sog‘liqni saqlash tizimi 
muassasalarining ularga boMgan ehtiyojini ta’minlash;
- O ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat 
bo'yicha daviat rezervining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga 
ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
- “Dori -darmon” AK tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari 
to‘g‘risidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tashkil 
etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Ushbu qarorga muvofiq “Dori - darmon” AK tarkibiga kirgan korxona 
va tashkilotlar ro‘yxati va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin