- aholi sogMigini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish chora-
tadbirlarini rivojlantirish;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish;
- respublika sanitariya-epidemiologiya holatining yaxshi bo‘lishini
ta’minlash;
- aholini va davolash-profdaktika muassasalarini dori vositalari,
virusga qarshi va tashhis vositalari, tibbiyotda ishlatiladigan hamda boshqa
buyumlar bilan ta’minlash;
- davlat rejalariga asoslanib, davolash-profdaktika
muassasalari va
dorixona tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- tibbiy va farmatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirib,
uning samaradoligini oshirib, ularni sogMiqni saqlash va farmatsiya
amaliyotida qoMlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
- tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlashni, ular malakasini oshirish
borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni yuqori saviyaga ko‘tarish;
- mehnatni ilmiy asosda tashkil etilgan, boshqarish asosida sogMiqni
saqlash muassasalarini tegishli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlab,
aholi sogMigMni tiklashda yuqori
natijalarga erishish;
- hukumat tomonidan sogMiqni saqlash ishlariga ajratilgan byudjet
mablagMaridan samarali fovdalanib, sogMiqni saqlash binolarini ta’mirlash va
yangidan quriladiganlarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini amalga
oshirish.
Bu ishlami amalga oshirish uchun ma’lum bir boshqaruv tizimi
shakllangan boMib, u ma’lum boshqarma, boMim va tashkilotlar orqali
amalga oshiriladi.
Vazirlik qoshida hay’at (kollegiya) tashkil etilgan bo‘lib, unga
sogMiqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolami vazirlikning kollegiya
a’zolari bilan birgalikda hal qilish vazifasi yuklatilgan. Ilmiy, amaliy,
klinik
va epidemiologik muammolami muhokama qilish, ularni reja asosida
amalga oshirish, tibbiyot va farmatsiyadagi ilmiy va amaliy ish natijalarini
respublika tibbiyotida qoMlash va shu yoM bilan sogMiqni saqlash
sohasidagi amaliy va ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish uchun vazirlik
qoshida Olimlar tibbiyot ilmiy kengashi tashkil qilingan. Bu kengash
tarkibiga jamoatchilik asosida respublikaning ko‘zga ko‘ringan
yirik
olimlari kiritilgan boMib, ular tibbiyotga va farmatsiyaga oid ilmiy
yo‘nalishni rivojlantirish bilan birga uni sogMiqni saqlash va farmatsiya
amaliyotida qoMlash ishlari bilan shug‘ullanadilar.
Bundan tashqari, Davolash-profdaktika yordami ko’rsatish bosh
boshqarmasi, Onalik va bolalikni muhofaza qilish
bosh boshqarmasi, Davlat
i l
sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti, Iqtisodiyot va mablag1
bilan ta’minlash bosh boshqarmasi, Kadrlar va o'quv yurtlari bosh
boshqarmasi, Ma’muriy xo'jalik boshqarmasi, Nazorat inspeksiyasi, Dori
vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Dori
vositalari siyosati markazi va boshqa bolimlar sog‘liqni saqlash ishlarini
respublika miqyosida boshqarishda muhim vazifalarni bajaradilar.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-
maydagi 181-sonli Qaroriga va (Yzbekiston Respublikasi SSVning 1995-
yil 2-iyundagi 250-sonli buyrug'iga asosan vazirlik qoshida Dori vositalari
va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tashkil etildi.
SSV ning Dori vositalarini va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish
bosh boshqarmasida Dori vositalari ekspertizasi
va standartizatsiyasi
Davlat markazi, Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnikalar
kabi qo‘mitalar, Giyohvandlar nazorati qo'mitasi, Dori vositalari va tibbiy
texnikani qayd etish bo‘limi hamda nazorat qilish bo'yicha Farmatsevtik
inspeksiyasi mavjud.
Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi
qoshida:
- vaksina, zardob vositalari va mikrobiologik tadqiqotlar o ‘tkazish
laboratoriyasi;
- dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi;
- tibbiy texnika sifatini
nazorat qilish laboratoriyasi;
- farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi;
- ilmiy uslubiy va axborot bo'limi tashkil etilgan.
Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- O'zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va
import qilinayotgan dori vositalari sifatini nazorat qiladi;
- isfemolchilar va ta’minotchilar o‘rtasida dori vositalari sifati
masalasida anglashilmovchilik, kelishmovchilik va baxs boiib qolgan
taqdirda, dori vositalari sifatini arbitraj analizi o'tkazib oxirgi
yakunlovchi xulosa beradi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasiga chet eldan sotib
olib keltirilayotgan dori
vositalari va tibbiyot buyumlarini Davlat ro'yxatidan o ‘tkazishdan
avval ulaming sifatini har taraflama nazorat qiladi;
- yangi dori vositalariga ishlab chiqilgan me’yoriy texnik hujjatlar
loyihasiga xulosalar beradi;
- dori vositalari sifatini nazorat qilishning amalda qo‘llanilayotgan
usullarini takomillashtiradi va yangi usulni ishlab chiqish bo‘yicha
ilmiy izlanishlar olib boradi;
12
- yangi dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar bilan shug'ullanadi;
0 ‘zbekiston
Respublikasi
hududida
ishlab
chiqarilayotgan,
saqlanayotgan, qo‘llanilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlari
sifatini dastlabki davlat nazoratidan o ‘tkazadi;
- eskirib qolgan dori vositalarini Davlat reestridan chiqarish to‘g‘risida
tavsiyanomalar tayyorlaydi.
Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
unda ekspertlar kengashi tashkil qilingan.
Dostları ilə paylaş: